Мавзу: Туризм жисмоний тарбиянинг таркибий қисми эканлиги ва бошқа фанлар билан алоқадорлиги


Fanning boshqa bilimlar tizimida tutgan o’rni


Download 172.84 Kb.
bet10/16
Sana22.06.2023
Hajmi172.84 Kb.
#1649420
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   16
Bog'liq
turizim jismoniy tarbiyaning tarkibiy qismi ekanligi va boshqa fanlar bilan bogliqligi

2.2. Fanning boshqa bilimlar tizimida tutgan o’rni
Turizm inson hayoti va faoliyatining ko’p sohalarini qamrab oladi. Shuning uchun turizmni o’rganish psixologiya, antropologiya, sosiologiya, iqtisodiyot, geografiya, informatika, huquq kabi fanlar bilan uzviy bog’liq. Turistik resurslar yer sharining deyarli barcha burchaklarida, qit’alarida va mamlakatlarida mavjud. Turizm tashkilotchilari turizm yo’nalishi (marshruti) va turizm turini erkin tanlash sharoitida turistik oqimlarni bilishi, istiqbollashi va hatto ularni boshqarishi kerak. Buning uchun esa quyidagi fanlarni bilish juda - juda zarur. Tarizm va uni o’qtish metodikasi fani mazmun va shakl jixatidan ijtimoiy-tarbiyaning jarayon sifatida pedagogika, psixologiya, jismoniy tarbiya nazariyasi va uslubiyati, umum tarixi, jismoniy madaniyat va sport tarixi, geografiya, biomexanika, anatomiya, psixologiya, fiziologiya, gigiyena va boshqa bir qator fanlar mazmuni bilan chambarchas bog’langan.
Psixologiya
Sayohat qilish uchun turist qaysi yo’nalishni tanlaydi? Ushbu mavsumda qaysi mamlakat ko’proq afzallikka yega bo’ladi va turizmning qaysi turlari yeng mashhur bo’ladi? Turizm bozorida kanday tur mahsulotni taklif qilish foydali? O’z turistik mahsulotini harakatini qayerga yo’naltirish kerak? Mijoz xohishlarini yeng yaxshi qondiruvchi turni qanday qilib tuzish kerak? Bu savollarning ko’pchiligiga inson psixologiyasini o’rganmasdan javob berish mumkin emas. Mijoz (turist) xohishi sabablarini o’rganmasdan va tushunmasdan turib, turni to’g’ri tuzish va uni bozorda iste’molchiga taklif qilish mumkin yemas. Kichkinagina uzilish yoki xatolik ham puxta tayyorlangan va tahlil qilingan sayohatdagi ijobiy taassurotni yo’qotishga yetarli bo’ladi.
Sayohatni amalga oshirish - turistlarning yoshi, intellekt darajasi, moliyaviy ahvoli va ko’pgina boshqa omillarga bog’liq. Dam olish, dunyoqarashni kengaytirish, notanish narsalarni bilish, ko’ngil ochish, diniy, davolanish, qarindoshlar va do’stlarni ko’rish va boshqa maqsadlar tufayli kishilar sayoxatni amalga oshiradilar.
Sayohatni tanlashda maqsadlarning o’zgarishi iste’molchi bozorida turistik mahsulotni taklif qiluvchi turistik firma uchun salbiy oqibatlarga olib keladi. Kayfiyat, moda, umumiy siyosiy - iqtisodiy holat va ko’pgina boshqa omillarga ye’tiborsizlik tufayli mijozlar yo’qotiladi, natijada, turistik faoliyatda iqtisodiy qiyinchiliklarga sabab bo’ladi. Masalan, so’nggi yillarda katta shaharlar va sanoat markazlari aholisi yekologik toza tabiat saqlangan joylardagi yekoturizmni afzal ko’rishmoqda.
Turistik mahsulotni loyihalashtirish uni turistik ko’rgazma va yarmarkalarda ulgurji savdoga taklif qilishdan taxminan ikki yil oldin boshlanadi. Shu bois, turistik talabni istiqbollashda psixologik jihatdan chuqur tajriba, sezgirlik va professional bilimga yega bo’lish kerak.

Download 172.84 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   16




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling