Мавзу: Туризм жисмоний тарбиянинг таркибий қисми эканлиги ва бошқа фанлар билан алоқадорлиги


Download 172.84 Kb.
bet12/16
Sana22.06.2023
Hajmi172.84 Kb.
#1649420
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   16
Bog'liq
turizim jismoniy tarbiyaning tarkibiy qismi ekanligi va boshqa fanlar bilan bogliqligi

Iqtisodiyot
Turizm - ko’p jihatdan iqtisodiy formasiya va kategoriyadir. U turizm tashkilotchilari uchun ham, turizm iste’molchilari - turistlar uchun ham ko’p qirrali iqtisodiy faoliyat. Jahon va milliy turizm rivojlanishining har bir bosqichi - barcha ishtirokchilarning faoliyati, o’ziga xos xarakteristikasi va ko’rsatkichi bilan xarakterlanadi.
Har bir turistik hudud, har bir mamlakat, har bir shahar va joy iqtisodiy foyda va daromad olish uchun mavjud turistik resurslaridan oqilona foydalanishga harakat qiladi. Xohish juda zo’r bo’lsa ham bunga yerishish oson yemas. Har bir mamlakatda o’zining siyosiy qarashlari, iqtisodiyoti rivojlanishining yo’nalishlari, jamiyat an’analarining ko’p qirralari majud. Turistlarni jalb qilish uchun hatto juda qiziqarli bo’lgan obyektlar va hodisalar uchun ham xizmat ko’rsatishning mos darajasini, xavfsizlikni ta’minlovchi turistik qiziqish va yehtiyojni uyg’unlashtirib qondiruvchi turistik industriya (sanoat) va infratuzilma zarur.
Turistik oqimlarni ko’proq jalb qilish uchun - turistik resurslar va ularning potensial imkoniyatlari, ayniqsa, turistik sanoat obyektlari batafsil o’rganiladi va baholanadi.
Xorij turistlarini qabul qilishga qodir bo’lgan mahalliy aholi muammosini ham unutmaslik kerak. Bunda ko’pchilik muammolar mahalliy norma (me’yor) lar bilan xorijliklarning o’zini tutish odatlari bir - biriga moslanishidan kelib chiqadi. Agar muhitga mos kelmaydiganlari bo’lsa, farqi ko’p bo’lsa, turizm amalga oshmasligi mumkin. Masalan, Birlashgan Arab Amirliklariga qarashli Sharjada turistlarga qo’yilgan talablar - islom qoidalari ta’sirida juda qattiq bo’lganligi uchun (spirtli ichimliklar iste’mol qilish, ayollarning maxsus kiyimi va xulqida mahalliy qonunlarni buzganligi uchun yevropaliklarga tayoqlar bilan tana jazolari va hokazolar) bu turistik markazga turistik oqimlar miqdori kamaygan, ba’zi davrlarda yesa umuman to’xtatilgan. Yaqin qo’shni hudud - Dubay bir vaqtda ushbu talablarni yumshatgan yedi turistik oqim ushbu turistik markazga yo’nalishini o’zgartirdi.
Turizmni "tilla tuxum qo’yuvchi tovuq"qa o’xshatishadi. Lekin, ushbu tovuq boqilmasa, u tuxum qo’yishni to’xtatishi, tuxumlar hajmi va sifati buzilishi yoki tovuqning o’zi o’lib ham qolishi mumkin. Shunga ko’ra, turistik markazlar va hududlar nafaqat turizmdan pul ishlab qolishadi, balki turistik sanoatni barqaror rivojlantirishga, turistik mahsulotni ichki va tashqi bozorlarda harakat qildirishga juda katta miqdorda mablag’lar ajratishadi. Turizmni rivojlantirishga ajratilgan mablag’lar birinchi qarashda astronomik raqamlarda bo’lib ko’rinishi mumkin, lekin amaliyot shuni ko’rsatadiki, bu harajatlar o’zlarini oqlaydi va davlatga turizmdan undan ham katta hajmdagi daromadlarni keltiradi.
Barcha davlatlarda ham turizmga bo’lgan siyosat bir xil tuzilmagan. Masalan, Yaponiya uzoq davr mobaynida keluvchi turistlarga ye’tibor bermagan. Hatto, mehmonxona sanoati ham xorij turistlarini qabul qilishga yo’naltirilmagan, otellar past tabaqali aholi joylashishiga mo’ljallangan va inshoot gabariti va ship balandligi bo’yicha Yevropa standartlariga javob bermaydigan normalar bo’yicha qurilgan. Lekin, uzoq davr mobaynida turizmsiz ham rivojlanayotgan mamlakat iqtisodiyoti hayotiy kuch oqimining yangi manbasini talab qildi. Yapon hukumati mamlakatga kiruvchi turizm konsepsiyalarini yangitdan ko’rib chiqdi va boshqa hududlardan mamlakatga turistik oqimlarni jalb yetish maqsadida jahon turistik bozoriga milliy turistik mahsulotni chiqarish faoliyatiga 2 mlrd.dollarini ajratdi.
Yuqorida ifoda yetilgan faoliyat Xitoyda juda qiziqarli. Chiquvchi turistik oqim bu mamlakatda juda past, chunki davlatda ta’tilni har yili to’lash uchun huquqiy institut shakllanmagan va qishloq xo’jaligida band bo’lgan aholining ko’p qismi xorijda sayohat qilish uchun mablag’ga yega yemas. Tashqariga chiquvchi turizm yiliga 5 mln. kishidan ortmaydi. Bu ko’rsatkich umumiy aholisi 1 mlrd. 250 mlnga teng bo’lgan mamlakat uchun juda past darajada. Lekin, keluvchi turizm rivojlanmoqda. Jahon turizm iqtisodiyotida Xitoy hozirgi kunda turizmning yeng jozibador hududi hisoblanadi. U yerda turistik qiziqish obyektlari mavjudligi, turizm sanoati rivojlanganligi va davlat siyosatining turizmga ijobiy munosabatda yekanligi sabab bo’lmoqda. Xitoy Turizm Tashkiloti yekspertlari baholariga ko’ra, keyingi yillarda Xitoy jahondagi yeng ko’p turistlar keluvchi mamlakatga aylanadi. 1998 - yilda Xitoyga 65 mln. turistlar kelib ketishgan. 2010 - yilda Xitoyga 125 mln. xorij turistlari kelishi rejalashtirilmokda. Bu yesa juda katta raqam.

Download 172.84 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   16




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling