Мавзу: Туризм жисмоний тарбиянинг таркибий қисми эканлиги ва бошқа фанлар билан алоқадорлиги
Sayohatlarda jismoniy tarbiya vositalaridan foydalanish
Download 172.84 Kb.
|
turizim jismoniy tarbiyaning tarkibiy qismi ekanligi va boshqa fanlar bilan bogliqligi
2.3. Sayohatlarda jismoniy tarbiya vositalaridan foydalanish.
Sayirlar asosan turli ulovlarda o’tkazilishi tufayli qatnashchilarning faol harakati ma’lum darajada kamayadi, ba’zan esa umuman bo’lmaydi. Shu sababdan sayrlar jarayonida jismoniy tarbiya vositalaridan foydalanish, eng qulay usullarni qo’llash maqsadga muvofiq bo’ladi. Ularni quyidagi shakllarda o’tkazish mumkin: Ertalabki gigiyenik gimnastika mashqlarini mustaqil bajarish yoki guruh shaklida tashkil qilish. Sayohat manzillaridan chiqish yoki tomoshalar cho’zilgan paytda usha manzilda gavda harakatlariga (yurish, egilish, burilish, o’tirib-turish, joyda sakrash, nafas olish va chiqarish) doir 4-6 ta mashqlarni bajarish. Bunda mustaqil holatda yoki uyushgan holda (guruh) kishilarning yoshi va jinsiga qarab bajarish zarur bo’ladi. Bo’sh paytlarda xiyobonlar, manzarali joylar, sport inshootlarida yurish, yugurish, sakrash, turli o’yinlar (futbol, voleybol, basketbol, stol tennisi, badminton, harakatli o’yinlar, turli estafetalar) va harakatlarni mustaqil yoki uyushgan holda (guruh) bajarish. Sog’lomlashtirish markazlari, turizm maskanlari (baza) va tog’li sharoitlarga olib chiqilganda soylik, tepa-qir va so’lim joylarda yurish, mashqlar bajarish. Hozirgi davr ijtimoiy-madaniy turmush sharoitlar har bir kishidan o’z sog’ligi uchun kurash olib borishni taqozo etadi. Shu sababdan sayohatda ishtirok etuvchilar va ularni tarbiya mashqlarining majmualari (kompleks) va ularni bajarish yo’llarini bilishlari lozimdir. Shu asosda sayr-sayohatlarda jismoniy tarbiya bilan shug’ullanishni kanda qilmaslikka odatlanishlari zarur bo’ladi. Kun bo’yi va bir necha kunlab piyoda yurishlar har qanday chiniqqan kishilarni ham toliqtiradi va zaifroq kishini charchatadi. Shuningdek tun bo’yi uxlash, dam olish, ovqatlanish jarayonlarining cho’zilishi esa kamharakatchanlikka olib boradi. Shu asosda jismoniy tarbiya vositalari bilan shug’ullanish va shug’ullantirishda ikki holatni e’tiborga olinadi, ya’ni: 1. Toliqqan, charchagan gavda (tana) a’zolarini dam oldirish, faoliyatlarni qayta tiklash (rekreasiya) mashqlarini qo’llash (dam oldirish, siypalash, uqalash, sekin harakat qilish). 2. Harakatlar susayib, gavda a’zolarining chigallarini yozishda (uyg’atish), tez harakatchanlikni (yugurish, sakrash, osilish, toshlarni ko’tarish, o’zlari sevgan maxsus mashqlarni bajarish) ta’minlovchi majmuiy (kompleks) mashqlarni mustaqil ravishda yoki uyushgan (guruh) bo’lib bajarish. Buning uchun esa sayohatchilarda avvaldan egallangan amaliy malakalar bo’lishi lozim. Sayohatlar jarayonida har bir qatnashchi qon tomirining urish mezonlari, nafas olish va chiqarish tartiblari, mashqlar oralig’ida dam olish va ular bilan bog’liq amaliy faoliyatlarni bilishi, o’z ustiada tajriba-sinov olib borishlari maqsadga muvofiqdir. Jismoniy mashqlar, sport o’yinlari, harakatli o’yinlar, estafeta va turizm texnikasiga doir ba’zi mashqlarni tashkil qilish va o’tkazishda o’qituvchi-instruktor yoki guruhdagi mas’ul kishi tomonidan olib borilishi, doimiy nazorat qilib borishi shart. Bu esa ba’zi bir kutilmagan hodisalarning oldini olish, ko’ngilsiz voqyealarning yuz bermasligiga kafolat bo’ladi. Xulosa shundan iboratki, turizmning barcha shakllari va turlari shug’ullanuvchi va qatnashchilarning jismoniy tayyorgarligini tarbiyalash, sayohatlar jarayonida nazariy bilimlarni kengaytirish, amaliy malakalarni mustahkamlashda xizmat qiladi. Ayniqsa, piyoda yurish sayohatlarida tog’ turizmi, g’or turizmi, qoyalarni zabt etish turizmi, sportcha chamalab topish va boshqa turlardan maqsadli foydalaniladi. Bunda har bir shug’ullanuvchining sayohat qoidalariga to’la rioya qilish, gavda (tana-organizm) a’zolarining to’g’ri ishlashi, ayniqsa qon aylanishi, nafas olish va ular bilan bog’liq bo’lgan fiziologik, psixologik, biomexanik, biokimyoviy jarayonlar haqidagi bilim va tushunchalarga ega bo’lishni ta’minlaydi. Xulosa. Turizm va uni o’qitish metaodikasi fani jismoniy madaniyatning tarkibiy qismi bo’lib, «Kadrlar tayyorlash milliy dasturi», «Ta’lim to’g’risida»gi qonun va O’zbekiston Respublikasida qabul qilingan «Turizmni rivojlantirish borasida»gi farmon, qarorlari va dasturlari asosida faoliyat olib boradi. O’quvchi yoshlarda vatanga bo’lgan mehr muhabbat, tabiatga bo’lgan ijobiy munosabatni oshirish va jamoada sog’lom muhitni shakllantirish kabilarni o’z oldiga maqsaq qilib qo’yadi. Bu tadbirlarni oshirishda avvalo jismoniy tarbiya darslarini davr talabi asosida o’tish va yangi pedagogik texngologiyalardan foydalanib darslarni tashkil etish maqsadga muvofiq. Undan tashqari musobaqalar tashkil etilib, o’quvchilarni jismoniy sifatlari qatorida aqliy – ma’naviy fazilatlariga ham e’tiborni oshirish va mehnatga, mudofaga tayyorlash hamda jismoniy tarbiya va sport orqali ularda sog’lom turmush tarzini shakllantirish kabi ugitlar va maqsadlar mujassamlashtirilgan. Jismoniy tarbiyaning tarkibiy qismi turizm ham yoshlarni, qolaversa aholini har-qanday qatlamini jismoniy barkamollikka, aqliy-ma’naviy tarbiyalashga qaratilgan bo’lib, ularda sog’lom turmush tarzini turizm Fani orqali maqsadga eirishtirish maqsad qilib olingan. - Amaliy mashg’ulotlarda va turistik paxodlarda yoshlarni jismoniy, ruhiy va ma’naviy fazilatlarini tarbiyalash: - Bulajak mutaxassis kadrlarni turizmning forma va metodlari bilan xabardor qilish, ularning nazariy bilimlarini shakllantirish: - Maktabgacha tarbiya muassasalari, o’rta umumta’lim maktablari, akademik lesey, kasb-xunar kollejlari va oliy ta’lim muassaslarida turistik ish formalarini tashkil etish: - O’quv dasturidagi barcha materiallar bilan qurollantirish: - Turizmning boshlang’ich tushunchalari: paxodlar, sayyohatlar, sayirlar, turistik texnika-taktik tayyorgarlik, turizmni o’rgatish va tashkil etish, turistik slyodlar, sportcha chamalab kerakli nuqtalarni topish orqali o’quvchi yoshlarni jismonan barkamol va yetuk qilib tarbiyalash va hakazolar. Malakaviy bitiruv ishimizning keyingi boblarida umumta’lim maktablarida turizmni tashkil etish va tashkil etishga qo’yilgan talablar tahlil etildi. Bitiruv malakaviy ishni yoritishda turizmga oid darsliklar va o’quv qo’llanmalar va o’quvchilarni tarbiyasini oshirishga xizmat etuvchi manbalardan foydalanildi. Umumta’lim maktablarida turizmni tashkil etish natijasida o’quvchilarni xar tamonlama tarbiyalash yullari urganildi. Agarda umumta’lim maktablarida mana shu yo’llar bilan turizim tashkil etilsa, o’quvchilarda sog’lom turmush tarzini shakillantirib ularni barkamol etib tarbiyalagan bulamiz. Xulosa yakuni shuki, boshlang’ich sinflar va fanlar bo’yicha o’qituvchilar hozirgi davr talablari asosida o’quvchilarning ma’naviy va jismoniy barkamolligini tarbiyalashda asosiy mas’uldirlar. Bu yo’lda sayr-sayohatlarning tashkiliy yo’llari va ularning mazmunlarini bilish muhim vazifa va burch hisoblanadi. Download 172.84 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling