Mavzu. Turizm sohasida xalqaro xavfsizlikning huquqiy asoslari
–moddasi: «Turistlarni sug‘urta qilish»
Download 38.34 Kb.
|
5-mavzu (1)
20–moddasi: «Turistlarni sug‘urta qilish». Turistlarni sug‘urta qilish majburiydir va u turistik faoliyat sub’ektlari tomonidan sug‘urta faoliyati olib borish huquqiga ega bo‘lgan tegishli sug‘urta tashkilotlari bilan tuziladigan bitimlar asosida amalga oshiriladi.
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining «Turizm tashkilotlari faoliyatini tashkil etishni takomillashtirish to‘g‘risida»gi qaroriga2 muvofiq quyidagi moddalar turistlarning hayoti xavfsizligini ta’minlashga qaratilgan: xavf-xatar manbalari bo‘lgan hududlarga chet ellik sayyohlarni olib chiqishlaridan oldin, O‘zbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligining tegishli boshqarmalaridan baxtsiz hodisalar yoki havf-xatarlar kelib chiqishi mumkin bo‘lishi yoki bo‘lmasligi yuzasidan tegishli ma’lumotlar olish; ruxsat etilgan xavfsiz yo‘nalishlar bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligining tegishli hududiy boshqarmasi bilan kelishilgan holda belgilangan xavfsiz yo‘nalish bo‘yicha sayyohat qilishni ta’minlash; belgilangan yo‘nalishning xususiyati va sayyohlarning xatti-harakatiga bog‘liq holda yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan havf-xatar manbalari haqida ularning o‘zini xabardor qilish va xavfsizligini ta’minlash; qabul qiluvchi turistik tashkilot chet el sayyohlari bilan xavfsizlik choralariga rioya etishlari, O‘zbekiston Respublikasida bo‘lish tartibi, ekologik xavfsizlik talablari, milliy urf-odatlarga hamda sanitariya-gigiyena qoidalariga amal qilishlari to‘g‘risida tegishli tushuntirish ishlarini o‘tkazadi. Ekologik turizm marshrutlarini ishlab chiqish mavzusida – «Ekologik turizm marshrutlarida turistlarning hayoti xavfsizligini ta’minlash» yuzasidan marshrut rahbari amalga oshiriladigan ishlar ro‘yxati keltiriladi. Turistik marshrutlarning barchasida turistlarning hayoti xavfsizligini ta’minlash chora tadbirlari ishlab chiqilishi va marshrutni o‘tkazadigan turistik tashkilot rahbarining imzosi va gerbli muhri bilan rasmiylashtirilishi lozim. Download 38.34 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling