Mavzu. Turizm sohasida xalqaro xavfsizlikning huquqiy asoslari


Pasport va vizaga oid rasmiyatchiliklar quyidagilardan iborat


Download 38.34 Kb.
bet10/10
Sana24.11.2023
Hajmi38.34 Kb.
#1796725
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
5-mavzu (1)

Pasport va vizaga oid rasmiyatchiliklar quyidagilardan iborat:

  • Pasport fuqaro shaxsini tasdiqlovchi rasmiy hujjatdir. Unda jinsi, yoshi, tug‘ilgan va yashaydigan joyi, fuqaroligi haqidagi ma’lumotlar beriladi. Xorijiy pasportdan tashqari alohida vaziyatlarda diplomatik, xizmat, konsullik pasportlaridan foydalanish mumkin;

  • Xorijlik pasporti (shaxsini tasdiqlash) yoki mamlakatda doimiy istiqomat qilayotgan xorijiy fuqaroga beriladigan fuqaroligi yo‘q shaxslar hujjati;

  • Er va xotinga (farzandli yoki farzandsiz) beriladigan oilaviy pasportlar;

  • Bola pasporti, dengizchi pasporti va boshqalar;

  • 1995-yil 26-martdan yettita Yevropa davlatida Shengen bitimi kuchga kirdi va unga muvofiq Belgiya, Niderland, Lyuksemburg, Germaniya, Fransiya, Ispaniya va Portugaliya ichki chegaralarida chegara tekshiruvi osonlashdi. Keyinchalik Shengen bitimiga Yunoniston ham qo‘shildi. Ikki xil vizalar joriy etildi:

  • Yagona Shengen vizasi, uch oygacha muddatga beriladi va Shengen bitimini tuzgan mamlakatlar hududida erkin harakatlanish huquqini beradi.

  • Uch oydan ortiq muddatda beriladigan milliy kirish vizasi, uni berish Shengen bitimiga kirgan davlatning alohida huquqidir. Yevropa ittifoqiga kirmagan davlatlar, jumladan Rossiyalik turistlar uchun kirishning vizali tartibi saqlangan. Kirishning imtiyozli tartibi Vengriya, Polsha, Chexiya, Slovakiya, Latviya va Estoniya fuqaroligiga tegishli.

O‘zbekistondagi bojxona qoidalari. Xorijiy valyuta olib kirish va olib chiqish cheklanmagan, deklaratsiya shartnomasida 2000 AQSH $ dan ortiq miqdorda xorijiy valyutani olib chiqishga mamlakatga muvofiq miqdorda pul olib kirilganini tasdiqlovchi bojxona deklaratsiyasi bo‘lsa, ruxsat beriladi. Milliy valyutani naqd ko‘rinishida olib chiqish va olib kirish 272000 sum qilib cheklangan (274 AQSH $ atrofida). Yirik miqdordagi milliy valyutani olib kirish va olib chiqish Markaziy bank ruxsati bilan mumkin (ko‘plab nazorat punktlarida olib chiqiladigan pullar tekshiruvi amalga oshirilmaydi). 16 yoshdan katta shaxslarga 1000 tagacha sigaret yoki 1000 gr. tamaki mahsulotlari; 1,5 litrgacha alkogol ichimliklar va 2 litrgacha vino; shaxsan foydalanish uchun ma’lum miqdorda pardoz vositalari, shuningdek, umumiy miqdori 10.000 $ dan ko‘p bo‘lmagan shaxsan foydalanish uchun mahsulotlar bojsiz olib kirishga ruxsat berilgan. Giyohvand moddalar va kuchli ta’sir qiluvchi dori-darmon (ularni qo‘llash zaruratini tasdiqlovchi resepsiz), qurol va o‘q-dori, O‘zbekiston davlat siyosati va islom aqidalariga qarshi yo‘naltirilgan foto sur’atlar, bosma va videomaterillarni, hayvonlarni (ularni olib kirish uchun maxsus ruxsat zarur), meva va sabzavotlarni olib kirish ta’qiqlangan. Barcha qimmatbaho buyumlar (taqinchoklar, foto va video kameralar, kompyuterlar va hakozo) bojxona deklaratsiyasida qayd etilgan bo‘lishi shart.
Qimmatbaho materiallar va toshlar, muyna, qurol va o‘q-dori, badiiy va tarixiy qimmatga ega buyumlar (bunga tayyorlanganiga 100 yildan ko‘proq bo‘lgan har qanday buyum kiradi) ni olib chiqish uchun davlat Madaniyat Vazirligining maxsus ruxsati zarurdir.

1 Тухлиев Н., Абдуллаева Т. Основы безопастности в туризме.Т.: 2008.



2 http//www.Lex.uz

Download 38.34 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling