Mavzu: turizmda rejalashtirishning iqtisodiy, ekologik va ijtimoiy-madaniy jihatlari
Atrof-muhitni muhofaza qilish bo’yicha tadbirlarni rejalashtirish
Download 58 Kb. Pdf ko'rish
|
12.3-ma`ruza matni. Turizmni rejalashtirish
12.3.2.Atrof-muhitni muhofaza qilish bo’yicha tadbirlarni rejalashtirish.
Turizmni rejalashtirish jarayonining ajralmas qismi atrof-muhitni muhofaza qilish bo’yicha tadbirlar ishlab chiqish hisoblanadi. Bunda turistik tumanlarning qabul qilish saloxiyatini hisobga olish va uni saqlagan holda ekologik barqaror rivojlantirish tamoyili muhim rol o’ynaydi. Atrof-muhitni muhofaza qilishni ta’minlash uchun yaxshi rivojlangan infrastrukturaga ega ma’lum zonalarda turistik ob’ektlarning to’planishi, ekologik ob’ektlarni doimiy nazorat qilib borish va turizmni rivojlantirishga o’z vaqtida o’zgartirishlar kiritib borish muhim ahamiyat kasb etadi. Bundan ko’zlangan maqsad – uning salbiy ta’sirini yo’q qilish yoki eng kam darajaga tushirishdir. Ayniqsa turistik mavsum avjiga chiqqan paytlarda ekologik muammolar ko’proq vujudga keladi. Ayni shu paytda turizm infrasturkturasi zo’riqib ishlaydi natijada diqqatga sazovor joylar, ob’ektlar va xizmatlardan haddan ortiq foydalanish yuzaga keladi. Ekologik salbiy ta’sirlarni kamaytirish uchun turizm rejalarni ishlab chiqayotganda maxsus choralarni ko’zda tutish kerak. Ular jumlasiga quyidagilar kiradi: • turistik ob’ektlar uchun suv va elektr ta’minoti, kanalizatsiya, qattiq chiqindilarni yo’q qilish va suv tarnovlari tizimini qurishda loyihalarga qat’iy amal qilish, to’plangan suvlarni tozalash va qayta ishlash, isitish uchun quyosh batareyalaridan foydalanishni keng joriy qilish va sh.k. Rejalarda bundan foyda olgan holda mahalliy aholining ehtiyojlari uchun foydalanishni ham nazarda tutish; • ekologik toza transpot va yo’l tizimlaridan (elektr dvigatelli avtobuslar) foydalanish. qurilishi tugallanmagan ochiq hududlardan foydalanish, parklar yaratish, turistik zonalardagi hududlarni obodonlashtirish; • erdan foydalanish va ob’ektlarni rejalashtirishning maqsadga muvofiq tamoyillarini qo’llash, zonalashtirish qoidalari, qurish va arxitekturaviy loyihalashtirish me’yorlariga rioya qilish, reklama jovonlari va peshlavhalarini joylashtirishni tartibga solish; • turistik diqqatga sazovor joylar zonalarida keluvchilar oqimini boshqarish, keluvchilarning sonini cheklash yoki ularning kelishini umuman to’xtatib qo’yish. Unda modellashtirish uslublaridan, ya’ni ob’ektning o’ziga turistlar bormagan holda tegishli diqqatga sazovor joyning nusxasini montaj qilish va ko’rsatish; • turistlarga kemping zonalari va piyoda yurish so’qmoqlarida daraxtlarni kesishni, kamyob o’simliklarni to’plashni, yovvoyi hayvonlarning tabiiy xulq- atvorini buzishni man qilish; • faqat nazorat qilinadigan joylardagina baliq ovi va miltiq bilan ov qilishgagina ruxsat etish; • ham turistlar, ham mahalliy aholining foydasi yo’lida ekologik sog’lomlik va xavfsizlik me’yorlarini tayyorlash. Agar tumanda ekologik xavfsizlik va atrof-muhitni saqlash bo’yicha tadbirlar o’tkazilayotgan bo’lsa, u holda ular haqida ushbu choralarga rioya qilish maqsadida turistlarga bu haqda xabar qilinishi kerak. Atrof-muhitni muhofaza qilish tadbirlarini hisoba olgan holda ekologik rejalashtirish tamoyillarini amalga oshirish ko’plab ekologik muammolarning oldini olishga xizmat qiladi. Atrof-muhitga ta’sirni baholash (AMTB)ni turizmni rivojlantirishning har bir aniq loyihasi bo’yicha amalga oshirish zarur. Agar birorta ko’rib chiqilayotgan loyiha ekologiyada salbiy muammolar keltirib chiqarishi mumkinligi aniqlansa, uni tuzatishlar kiritmay turib tasdiqlash mumkin emas. Turizmni rivojlantirishning barcha bosqichlarida AMTB choralarini qo’llash tartibi mamlakat qonunlari bilan belgilanadi. AMTB ta’sirning barcha turlarini – ekologik-iqtisodiy va ijtimoiy-madaniy ta’sirlarni rejalashtirish jarayonini to’la qamrab olishi kerak. Download 58 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling