Mavzu: Turkistonda 1917 yil Oktyabr to`ntarishidan keyingi siyosiy, ijtimoiy-iqtisodiy axvoli Mundarija: Kirish Asosiy qism
Download 127.5 Kb.
|
Turkistonda 1917 yil Oktyabr to`ntarishidan keyingi siyosiy, ijtimoiy
- Bu sahifa navigatsiya:
- O’zbekiston hududida mamuriy-boshqaruv tizimlari Xalq ommasining etnik va ijtimoiy tarkibi................................................. 8
- Xulosa.......................................................................................................22
Mavzu: Turkistonda 1917 yil Oktyabr to`ntarishidan keyingi siyosiy, ijtimoiy-iqtisodiy axvoli Mundarija: Kirish…………………………………………………………………………..2 Asosiy qism 1917 yil oktyabr davlat to‘ntarishi……………………….. 3 O’zbekiston hududida ma'muriy-boshqaruv tizimlari Xalq ommasining etnik va ijtimoiy tarkibi................................................. 8 Iqtisodiy munosabatlar, xo’jalik faoliyati. Rossiyada 1917-yil voqealari.....................................................................................................10 Xulosa.......................................................................................................22 Foydalanilgan adabiyotlar......................................................................24 KIRISH Mavzuning dolzarbligi O`zbekiston tarixi fani to`laqonli tadqiqotini amalga oshira olmagan bo`lsada, o`zining boy tarixiy merosini ko`z qorachig`idek asrab keldi. Bu tarix sahifalari xalqimizning boy o`tmishini bizgacha yetkazib bera olgan qo`lyozma asarlarimiz va xalqimizning xotirasi edi. Ma`naviy hayotning ajralmas qismi bo`lgan tarixga yangicha ko`z bilan, xolisona, ilmiy jihatdan hech bir mafkuraviy aqidasiz yondashish imkoniyati bo`ldi. Avvalo, tarixiy xotirasini tiklash, haqqoniy tarixini yaratish vazifasi qo`yildi. ― Tarix xotirasi, xalqning, jonajon o`lkaning, davlatimiz hududining xolis va haqqoniy tarixini tiklash, milliy o`zlikni anglash, ta`bir joiz bo`lsa, milliy iftixorni tiklash va o`stirish jarayonida g`oyat muhim o`rin tutadi‖, - deb ta`kidlaydi O`zbekiston Respublikasi Birinchi Prezidenti I.A.Karimov.1 Mazkur jarayonda o‘zbek davlatchiligini tarixi o‘rganish, uni xolisona tahlil etish muhim omillaridan biri hisoblanadi. ―… o‘zbek tarixchilarining bugungi kundagi asosiy vazifasi… davlatchiligimizni ilmiy nuqta‘i nazardan asoslangan tarixini yaratishdir), - deb ta‘kidlaydi O‘zbekiston Respublikasi Birinchi Prezidenti I.A.Karimov. 2 Albatta yuqorida ta`kidlanganimizdek mustaqillik biz uchun, tariximiz uchun qorong`u sahifalarni yanada oydinroq yoritish imkoniyatini yaratib beradi. O`tgan yaqin yillar oralig`ida ajdodlarimizning yuzlab qo`lyozma asarlari dunyo yuzini ko`rdi. Respublikamizda va xorijda minglab nusxalarda nashr etildi. Bu ham tariximizning boy o`tmishiga va merosiga ko`rsatilgan ehtirom va e`tirofdir. O`zbek davlatchiliginining uzviy bo`lagi bo`lgan Qo'qon xonligida saroy unvonlari va mansablari ushbu tarixiy qo`lyozma va manbalar asosida aniq dalillarga tayangan holda ochib berish,tahlil qilish tarix fani uchun dolzarb ahamiyatga egadir. Yuqorida fikrlardan kelib chiqqan holda biz tanlagan kurs ishining qo`yilgan muammosi ham dolzarb ahamiyat kasb etadi. Kurs ishining maqsad va vazifalari. Kurs ishida Rossiyada fevral inqilobining amalga oshishi, siyosiy tuzumning o‘zgarishi, demokratik jarayonlarning yuzaga kelishi uchun qulay imkoniyatlarning ochilishi Turkistondagi ijtimoiy-siyosiy voqealarning borishiga ijobiy ta'sir ko‘rsatdi. Turkiston general-gubernatorligi mahkamasi tugatildi. Uning o‘rniga Muvaqqat hukumatga bo‘ysunuvchi Turkiston qo‘mitasi tashkil etildi. Ayni chog‘da viloyatlardagi harbiy gubernatorlik lavozimari ham tugatildi. Ularning o‘rniga viloyat komissarlari lavozimi joriy etildi. Fevral o‘zgarishi Turkiston o‘lkasi xalqlari hayotida muayyan demokratik jarayonlarni baxsh eta bordi. Keng xalq ommasi, uning turli ijtimoiy qatlamlari faol harakatga kela boshladi. O'lkaning yirik shaharlarida tashkil topgan va asosiy tarki bi mahalliy millat vakillaridan iborat kasaba uyushmalari, turli kasb kishilarini birlashtirgan uyushmalar ham aholining tub manfaatlarini, ularning iqtisodiy va siyosiy talablarini himoya qilib faoliyat yuritdilar. 1917-yilning may oyiga kelib Turkiston o‘lkasidan mardikorlikka olinganlarning qaytib kelishi ham inqilobiy kuchlar safini toldirib bordi. Bu o‘rinda fevral o‘zgarishidan keyin o‘lka xalqlari hayotida muhim ro‘l o‘ynagan, ularning siyosiy faolligini oshirishga xizmat qilgan ko‘plab inqilobiy-demokratik tashkilotlar, siyosiy firqalar, kasaba uyushmalari faoliyatiga alohida urg‘u bermoq kerak bo‘ladi. Gap shundaki, bu davrda Rossiyada faoliyat yuritayotgan ko‘plab siyosiy partiyalar, jumladan, eserlar, sotsial-demokratlar va boshqa partiyalarning mahalliy tashkilotlari Turkistonda ham o‘z faoliyatlarini aktivlashtirib, aholining turli ijtimoiy tabaqalarini o‘zlariga jalb qilish, o‘z dasturiy g‘oyalarini ularning ongi, shuuriga singdirishga harakat etardilar. Download 127.5 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling