Mavzu: Turkistonda 1917 yilgi ijtimoiy- siyosiy o’zgarishlar, Turkistonda sovet


Download 2.03 Mb.
Pdf ko'rish
bet1/3
Sana21.09.2023
Hajmi2.03 Mb.
#1683656
  1   2   3
Bog'liq
001 O\'zbekiston tarixi Turkistonda 1917 yilgi Ijtimoiy siyosiy o\'zgarishlar



Mavzu:Turkistonda 1917 yilgi ijtimoiy-
siyosiy o’zgarishlar, Turkistonda sovet
hokimiyatining o’rnatilishi
O’zbekiston tarixi fani o’qituvchisi
Islamova S.


• 1917 – 1991-yillar O‘zbekiston tarixida sovet davrini tashkil qiladi. 
Mazkur davrni quyidagi katta 2 ta bosqichga ajratish mumkin:
• 1) birinchi bosqich – 1917 – 1924-yillar;
• 2) ikkinchi bosqich – 1925 – 1991-yillar. 
• Birinchi bosqich- da mintaqada Turkiston, Buxoro, Xorazm
respublikalari tashkil qilingan bo‘lsa, ikkinchi davr 1925-yil fevralda
O‘zbekiston SSRning tuzilishi bilan boshlanadi hamda 1991-yilda sovet
davlatining parchalanishi bilan tugaydi. 


Turkiston o‘lkasi 1917-yil fevral-oktyabr
oralig‘ida
Turkiston jadidlari islohotlarni bosqichma-bosqich amalga oshi- rishni, taraqqiyot va rivojlanishga faqat
tinchlik yo‘li bilan, parlament orqali erishishni mo‘ljallagan edilar. Biroq 1917-yildagi voqealar jarayoni, 
jadidchilik harakatining yirik nazariyotchisi Abdurauf Fitrat o‘sha paytda yozganidek, “Rusiyada bosh
ko‘targan yangi bir balo – bolshevik balosi” kuchlar nisbatini butunlay o‘zgar- tirib yubordi. O‘zbek xalqining
boshqa bir fidoyi farzandi Mahmudxo‘ja Beh- budiy tomonidan o‘rtaga tashlangan “Haq olinur, berilmas!” 
shiori butun millatning jangovar chaqirig‘iga aylandi.


Turkiston o‘lkasi 1917-yil fevral-oktyabr
oralig‘ida
• Mustaqillik – Turkiston xalqlarining asriy orzusi. Tarixiy tajriba shuni
ko‘rsatadiki, bizning ota-bobolarimiz asrlar davomida o‘z oilalari,
muqaddas tuproqlari, diniy e’tiqodlari, urf-odatlari va an’analariga
sodiq qolishni ulug‘ ish deb hisoblashgan. Bu daxlsiz urf-odatlarning
buzilmasligi uchun o‘zbek xalqining ming-minglab sodiq o‘g‘lonlari o‘z
hayotlarini qurbon qilganlar, yurt mustaqilligi uchun bo‘lgan janglarda
shahid ketganlar. Turkiston min- taqasi Rossiya imperiyasi tomonidan
bosib olingan vaqtdan beri to‘xtamagan milliy ozodlik harakati
xalqning milliy o‘zligini anglashida, o‘z Vatani va mil- latining ozodligi
va mustaqilligi uchun uning vatanparvarlik intilishlarini mus-
tahkamlashda ulkan ta’sir ko‘rsatdi.


1917 yil Turkiston o’lkasidagi siyosiy
o’zgarishlar
• Fevral inqilobi Turkiston o‘lkasi musulmon aholisini siyosiy jihatdan
uyg‘otishda, demokratik o‘zgarishlarga boshchilik qilmoqchi bo‘lgan yangi
kuchlarning siyosat maydoniga chiqishida muhim ahamiyat kasb etdi. Jadid-
lar vujudga kelayotgan milliy demokratik kuchlarning o‘zagi bo‘lishdi. 


1917 yil Turkiston o’lkasidagi siyosiy
o’zgarishlar
• Turkistonda milodiy sananing o‘zida yangi va eski yil hisobi mavjud bo‘lib, darslikda tarixiy sanalar
1918-yil 31-yanvargacha eski hisob bilan, 1918-yil 14-fevraldan boshlab yangi hisob bilan

Download 2.03 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling