Mavzu: Turkistonda 1917 yilgi ijtimoiy- siyosiy o’zgarishlar, Turkistonda sovet
Download 2.03 Mb. Pdf ko'rish
|
001 O\'zbekiston tarixi Turkistonda 1917 yilgi Ijtimoiy siyosiy o\'zgarishlar
- Bu sahifa navigatsiya:
- 1917 – 1991-yillar
- Abdurauf Fitrat
- Mustaqillik – Turkiston xalqlarining asriy orzusi.
- 14-fevraldan boshlab yangi hisob bilan
Mavzu:Turkistonda 1917 yilgi ijtimoiy- siyosiy o’zgarishlar, Turkistonda sovet hokimiyatining o’rnatilishi O’zbekiston tarixi fani o’qituvchisi Islamova S. • 1917 – 1991-yillar O‘zbekiston tarixida sovet davrini tashkil qiladi. Mazkur davrni quyidagi katta 2 ta bosqichga ajratish mumkin: • 1) birinchi bosqich – 1917 – 1924-yillar; • 2) ikkinchi bosqich – 1925 – 1991-yillar. • Birinchi bosqich- da mintaqada Turkiston, Buxoro, Xorazm respublikalari tashkil qilingan bo‘lsa, ikkinchi davr 1925-yil fevralda O‘zbekiston SSRning tuzilishi bilan boshlanadi hamda 1991-yilda sovet davlatining parchalanishi bilan tugaydi. Turkiston o‘lkasi 1917-yil fevral-oktyabr oralig‘ida Turkiston jadidlari islohotlarni bosqichma-bosqich amalga oshi- rishni, taraqqiyot va rivojlanishga faqat tinchlik yo‘li bilan, parlament orqali erishishni mo‘ljallagan edilar. Biroq 1917-yildagi voqealar jarayoni, jadidchilik harakatining yirik nazariyotchisi Abdurauf Fitrat o‘sha paytda yozganidek, “Rusiyada bosh ko‘targan yangi bir balo – bolshevik balosi” kuchlar nisbatini butunlay o‘zgar- tirib yubordi. O‘zbek xalqining boshqa bir fidoyi farzandi Mahmudxo‘ja Beh- budiy tomonidan o‘rtaga tashlangan “Haq olinur, berilmas!” shiori butun millatning jangovar chaqirig‘iga aylandi. Turkiston o‘lkasi 1917-yil fevral-oktyabr oralig‘ida • Mustaqillik – Turkiston xalqlarining asriy orzusi. Tarixiy tajriba shuni ko‘rsatadiki, bizning ota-bobolarimiz asrlar davomida o‘z oilalari, muqaddas tuproqlari, diniy e’tiqodlari, urf-odatlari va an’analariga sodiq qolishni ulug‘ ish deb hisoblashgan. Bu daxlsiz urf-odatlarning buzilmasligi uchun o‘zbek xalqining ming-minglab sodiq o‘g‘lonlari o‘z hayotlarini qurbon qilganlar, yurt mustaqilligi uchun bo‘lgan janglarda shahid ketganlar. Turkiston min- taqasi Rossiya imperiyasi tomonidan bosib olingan vaqtdan beri to‘xtamagan milliy ozodlik harakati xalqning milliy o‘zligini anglashida, o‘z Vatani va mil- latining ozodligi va mustaqilligi uchun uning vatanparvarlik intilishlarini mus- tahkamlashda ulkan ta’sir ko‘rsatdi. 1917 yil Turkiston o’lkasidagi siyosiy o’zgarishlar • Fevral inqilobi Turkiston o‘lkasi musulmon aholisini siyosiy jihatdan uyg‘otishda, demokratik o‘zgarishlarga boshchilik qilmoqchi bo‘lgan yangi kuchlarning siyosat maydoniga chiqishida muhim ahamiyat kasb etdi. Jadid- lar vujudga kelayotgan milliy demokratik kuchlarning o‘zagi bo‘lishdi. 1917 yil Turkiston o’lkasidagi siyosiy o’zgarishlar • Turkistonda milodiy sananing o‘zida yangi va eski yil hisobi mavjud bo‘lib, darslikda tarixiy sanalar 1918-yil 31-yanvargacha eski hisob bilan, 1918-yil 14-fevraldan boshlab yangi hisob bilan Download 2.03 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling