muslimin” siyosiy partiyasini tuzdilar (1918-yil may oyida bolsheviklar tomonidan “Sho‘roi Islomiya” va “Sho‘roi Ulamo” tashkilotlari
tugatildi).
Butunturkiston musulmonlar
qurultoyi
• O‘zingizni sinang!
• Mahmudxo‘ja Behbudiy shiori ...
• Fevral inqilobi – bu ...
• Muvaqqat komitet – bu ...
Yodda tuting!
• Shu tariqa, Turkistonda Rossiyadagi kabi ikki hokimiyatchilik emas,
balki quyidagi uch hokimiyatchilik paydo bo‘ldi:
• Birinchisi, Rossiya Muvaqqat hukumatning vaqtli Turkiston komiteti;
• Ikkinchisi, Turkistondagi ishchi va askar deputatlarining mahalliy va
markaziy Sovetlari;
• Uchinchisi, jadidlarning “Sho‘roi islomiya” tashkiloti (jamiyati) va
• uning joylardagi shu’balari, Toshkentda Turkiston o‘lka musulmonlari
soveti (Kraymussovet) – Milliy Markaz
Atamalar izohi!
• Muxtoriyat – biron-bir hududning davlat hokimiyatini mustaqil amalga
oshirish huquqi.
• Kadetlar – “konstitutsion demokratlar” birikmasining bosh harflaridan
olingan. Rossiyada 1905-yilda tashkil topgan, konstitutsion-demokratik
partiya deb ataluvchi partiyaning a’zolari.
• Eserlar – S (es) – sotsial, R (er) – revolyutsion (inqilobiy), ya’ni, sotsial
revolyutsionerlar nomidan olingan bo‘lib, ular sovetlar ichida dehqonlar
manfaatini hamoya qiluvchi guruh bo‘lgan.
• Bolshevik – (ruscha bolshoy, bolshe – katta; ko‘p) Rossiya sotsial- demokratik
ishchi partiyasining 1903-yil II syezdida partiya a’zolarining ko‘pchiligi asosida
tashkil topgan guruhi bolsheviklar, kamchiligi esa mensheviklarga ajraldi.
• Shu’ba – qism, tarmoq.
Savol va topshiriqlar
• 1917-yilgi fevral o‘zgarishidan so‘ng Turkistonda qanday o‘zga- rishlar
yuzaga keldi?
• Yangi tarixiy sharoitda Turkiston jadidlari oldida qanday dolzarb
vazifalar turardi?
• Butunturkiston musulmonlari I qurultoyi qanday masalalarga
bag‘ishlangan edi?
Do'stlaringiz bilan baham: |