Mavzu: Turkistonda 1917-yilgi ijtimoiy-siyosiy o`zgarishlar


Download 0.77 Mb.
bet63/78
Sana13.04.2023
Hajmi0.77 Mb.
#1352419
1   ...   59   60   61   62   63   64   65   66   ...   78
Bog'liq
O\'zbekiston tarixi ( Gofforov, Yunusov, Sharipov)

2-masala:
Jamiyatning siyosiy va ijtimoiy-iqtisodiy hayotida yuzaga kelgan inqirozli holatning sabablari va ildizi fikrlashning orqada qolganligida, muayyan tarixiy sharoitga yetarli siyosiy baho bera olmaganlikda edi. 60-yillarning oxirida ilmiy va siyosiy hayotga kirib kelgan “rivojlangan sotsializm” tushunchasi ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyot darajasini aniqlashda jiddiy nazariy xatoga yo‘l qo‘yilganligining oqibati bo‘ldi. Iqtisodiyotdagi inqirozli holatlar ijtimoiy sohaga ham o‘z ta’sirini o‘tkazmay qolmadi. Ijtimoiy ehtiyojlar uchun mablag‘lar taqsimlashning qoldiq prinsipi va taqsimotda tekischilik qonun-qoidasining ustun bo‘lishi ijtimoiy adolatsizlikning avjiga olib keldi. Ijtimoiy tanglik, millatlararo munosabatlarning keskinlashuvi ichkilikbozlik, giyohvandlik, chayqovchilik, poraxo‘rlik va boshqa shu kabi illatlarning keng yoyilishida o‘z ifodasini topdi.
Ijtimoiy munosabatlarda mehnatni rag‘batlantirish tizimining buzilishi oqibatida murakkab vaziyat vujudga keldi. Ko‘p hollarda yuqori malakali mehnatga haq to‘lashda kamsitildi. Injener va ishchi-konstruktor, vrach va sanitariya xodimi deyarli bir xil maosh olardi. Natijada aholining mehnatga qiziqishi va faolligi susaydi. Bu esa o‘z navbatida mehnat unumining pasayishiga olib keladi. Yillar mobaynida ana shunday holatning takrorlanishi mamlakat miqyosida mahsulot tanqisligini yuzaga keltiradi. Noxush holatlar sog‘liqni saqlash hamda xalq marifi sohalarini ham qamrab oladi. Davlat budjetidan ajratilayotgan mablag‘ tobora kamayib boradi. Bu esa ana shu sohalar moddiy-texnik bazasining eskirishiga, ta`limning va aholiga tibbiy xizmat ko‘rsatish sifatining yomonlashuviga olib keladi. Mamlakatda bolalar bog‘chalari, maktablar, teatr va kino uchun binolar yetishmasligi ham odatdagi holga aylandi. Jumladan, 1985-yilda maktab binolarining yetishmasligi natijasida o‘quvchilarning to‘rtdan uch qismi ikkinchi yoki uchunchi smenada o‘qirdi. Umumta’lim maktablarining 32 foizi vodoprovod suvi bilan, 60 foizi markaziy isitish tarmog‘i bilan ta`minlanmagan edi. Respublika ijtimoiy hayotida imzosiz xat, tuhmat, tanqid uchun o‘ch olish singari illatlar ham avj oldi. Bu esa odamlar ijtimoiy ruhiyatining salbiy tomonga o‘zgarishiga olib keladi. Tayyoriga ayyorlik, boqimandalik kayfiyatini keltirib chiqardi.
Qishloq xo‘jaligida sifat ko‘satkichlari yildan-yilga pasayib bordi. Qishloq mehnatkashlarining o‘z mehnatlari natijalaridan manfatdorligi susaydi. Yildan-yilga “Markazining buyurtmasi” hisobiga paxta xom ashyosini yetishtirish ko‘payib borgan bo‘lsada, undan aholining olayotgan sof daromadi kamligicha qolaverdi. Qishloq oilasining har bir a`zosiga to‘g‘ri keladigan oylik daromad Rossiyada 98,1 so‘mni tashkil etgan bir paytda, O`zbekistonda o‘z tomorqasidan tushadigan daromad bilan bitgalikda hisoblanganda 58,9 so‘mga teng bo‘ldi. Natijada O`zbekiston xalqining turmush darajasi pasayib, SSSR miqyosida oxirgi o‘rinlarga tushib qoldi.
Noxush holatlar milliy munosabatlarni ham chetlab o‘tmadi. Bu sohadagi muammolar tobora ko‘p to‘planib boraverdi. Vazirlik va boshqarmalarning xodimlari har doim ham milliy shart-sharoitlarni va urf-odatlarni, ekologik vaziyatni hisobga olib ish yuritish zarurligini e`tiborga olavermadi. Bir qancha joylarda ortiqcha ishchi kuchlari paydo bo‘la boshladi. Birgina Farg‘ona vodiysining o‘zida 200 ming yigit va qiz ishsiz edi. Jamiyatda sodir bo‘layotgan ijtimoiy jarayonlar, shu jumladan, milliy o‘zlikni anglash, o‘z xalqining tarixiga, ma`naviy merosiga hamda urf-odatlariga qiziqishning kuchayishi yetarlicha etiborga olinmadi va chuqur tahlil qilinmadi. Bu jarayon tub joy aholi bilan ko‘chib kelib joylashib qolgan aholi o‘rtasidagi nisbatning o‘zgargan davrida ayniqsa keskinlashib bordi. Milliy o‘ziga xoslikni asrash, milliy til va urf-odatlarni saqlab qolish muammolari kuchayib bordi. Rahbarlikning ma’mjuriy-buyruqbozlik usuliga asoslangan davlat va Kompartiyaning o‘sha paytda olib borgan millatlarni bir-biriga sun’iy yaqinlashtirish siyosati milliy respublikalar va boshqa milliy tuzilmalarning huquqlarini cheklab qo‘ydi, ijtimoiy keskinlikning xavfli manbalarini vujudga keltirdi, respublikalararo munosabatlarda ziddiyatli vaziyatlarni vujudga keltirish uchun shart-sharoit hozirladi.

Download 0.77 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   59   60   61   62   63   64   65   66   ...   78




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling