Mavzu: Turkistonda 1917-yilgi ijtimoiy-siyosiy o`zgarishlar
Download 0.77 Mb.
|
O\'zbekiston tarixi ( Gofforov, Yunusov, Sharipov)
- Bu sahifa navigatsiya:
- Mavzu: Madaniy va ma’naviy hayot. Bu sohadagi mafkuraviy tazyiqlar. Reja
- Adabiyotlar
Nazorat uchun savollar:
Iqtisodiyotda inqirozli holatlarning vujudga kelishiga nimalar omil bo‘lgan? Ijtimoiy hayotda inqirozli holatlarning vujudga kelishi sabablari nimalardan iborat? Ma’muriy-buyruqbozlik deganda nimani tushunasiz? Boshqaruv tizimida qanday noafzalliklar mavjud edi? Mavzu: Madaniy va ma’naviy hayot. Bu sohadagi mafkuraviy tazyiqlar. Reja: Xalq ta’limi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim Fan, adabiyot va san’at Sharof Rashidov – davlat va jamoat arbobi. Adabiyotlar: «O`zbekistonning yangi tarixi”, 2-kitob, T.”Sharq”. 2000, 569-586 betlar. Usmonov.M, Sodiqov M «O`zbekiston tarixi” (1917–1991-yy.). T.”Sharq”2003, 215-229 betlar. 1-masala: XX-asrning 50-yillarida maktab qurilishi, bolalarni maktabga jalb qilish ishlari anchagina kengaydi. Yetti yillik umumiy majburiy ta’lim amalga oshirildi. Biroq xalq ta’limida jiddiy nuqsonlar mavjud edi. Ta’limning mazmuni hayotdan orqada qolganligi yaqqol ko‘rinardi. Birinchidan, maktab o‘quvchilarining bilim saviyasi past edi. Ikkinchidan, o‘n yil o‘qib, maktabni tamomlab chiquvchilar birorta kasb-hunarni egallamas, mehnat malakalarini olmas edi. 1958-yil dekabrida SSSR Oliy Soveti “SSSRdagi maktabning turmush bilan aloqasini mustahkamlash va xalq maorifi tizimini yanada rivojlantirish to‘g‘risida” qonun qabul qildi. Qonunda o‘qitishni turmush bilan bog‘lab olib borish vazifalari qo‘yildi. Ayni shunga o‘xshagan qonun 1959-yilda O`zbekiston SSR Oliy Kengashi tomonidan ham qabul qilindi. 10 yillik o‘rta maktablar 11 yillik maktablarga aylantirildi. Maktablar uchun yangi o‘quv rejalari, dasturlari va darsliklar yaratildi. Maktablarda ustaxonalar qurildi. Maktab tajriba uchastkalari vujudga keldi. Fizika va matematika fanlarini o‘rganish uchun ajratilgan soatlar ko‘paytirildi. O`quvchilarga mashinasozlik, sanoat, qurilish va qishloq xo‘jaligi bo‘yicha amaliy mashg‘ulotlar o‘tish yo‘lga qo‘yildi. 1962-yildayoq umumiy majburiy sakkiz yillik ta`limga o‘tish amalga oshdi. Barcha yetti yillik maktablar sakkiz yillik maktablarga aylantirili. Sanoat, qurilish va qishloq xo‘jaligida ish bilan band bo‘lgan yoshlarga ta`lim berish maqsadida ishlab chiqarishdan ajralmagan holda o‘qish imkoniyatini beruvchi kechki va sirtqi maktablar tashkil etildi. 1958–1965-yillarda 1000 ga yaqin shunday maktablar ochildi, ularda o‘qiydigan yoshlar 1965-yilda 134,5 ming kishini tashkil etdi. O`zbekiston Kompartiyasi va hukumati 1966-yilda “Respublika umumta`lim maktablari ishini yanada yaxshilash choralari to‘g‘risida” va 1969-yilda “Respublika umumiy o‘rta ta`limga o‘tish munosabati bilan xalq marofini yanada yaxshilash choralari to‘g‘risida” qarorlar qabul qildi. Bu qarorlarda asosan respublikada yoshlar uchun umumiy o‘rta ta`limga o‘tish, yangi maktab binolari, o‘quv kabinetlari, laboratoriyalar, ustaxonalar barpo etishga yo‘naltirilgan kapital qurilish ishlari bajarildi. Maktab-internatlar, o‘quvchilarning badiiy iste`dodlarini rivojlantiruvchi maktablar ko‘paydi. Glier nomidagi o‘rta maktab-internat, milliy musiqa va milliy amaliy san`at maktab-internatlari, sport maktab-internati va boshqa o‘nlab musiqa maktablari ochildi. O`rta umumta’lim maktablari 1970-yilda ishlab chiqilgan nizomga muvofiq mahalliy sharoitlardan kelib chiqqan holda alohida boshlang‘ich (1–3 sinflar), 8 yillik (1–8 sinflar) va o‘rta (1–10 sinflar) maktablariga aylantirildi. Ishlab chiqarish ta’limi berish maqsadida maktablararo ishlab chiqarish o‘quv-kombinatlari tuzildi. Shahar va tumanlarda kasb-hunar bilim yurtlari tashkil etildi. Alohida fanlarni chuqur o‘rgatuvchi maktablar, shuningdek, aqliy va jismoniy zaif bolalar maktablari vujudga keldi. 70-yillarning o‘rtalarida umumiy o‘rta ta’limga o‘tish yakunlandi. 1965–1985-o‘quv yillari orasida o‘tgan 20 yil davomida barcha turdagi umumta’lim maktablari 8716 tadan 9188 taga ko‘paydi, o‘quvchilar soni esa 3055,8 ming boladan 6519,6 ming bolaga ko‘paydi. Ushbu yillarda respublika maktablarida o‘rta ma’lumot olganlar soni 5,7 mln. kishidan oshdi. 1984-yilda sovet hokimiyati yoshlarga ta’lim va tarbiya berish mazmunini yaxshilash maqsadida maktab va hunar-texnika bilim yurtlarini isloh qilishga qaror qildi. Maktablarda “Informatika va hisoblash texnikasi asoslari” kursini o‘qitish, barcha maktablarni mikrokalkulyator, elektr hisoblash mashinalari, kompyuterlar bilan ta’minlash kabi vazifalar qo‘yildi. Ammo respublikaning ijtimoiy-iqtisodiy ahvoli bu vazifani bajarishni ta’minlay olmadi. Maktab islohati iqtisodiy va ijtimoiy tangliklar orqasida qolib ketdi. Maktablar sinf xonalarining soni qanchalik oshmasin, bolalar sonining tabiiy o‘sishidan orqada qolaverdi. Maktab binolarining yetishmasligi, moddiy-texnik jihatdan zaifligi surunkali kasallikka o‘xshardi. Maktablarda ta’lim-tarbiya ishlarining mazmuni kommunistik mafkuraga bo‘ysundirilgan, KPSS rejalari va dasturlari doirasiga, qolipiga solib qo‘yilgan edi. Milliy xususiyatlar, tarixiy-ma’naviy qadriyatlar, an’analar inobatga olinmadi. Shuningdek, maktablar umuminsoniy qadriyatlardan ham begonalashtirildi. O`quvchilarning bilim asoslarini egallashga qiziqishi so‘nib bordi. Ta’lim-tarbiya jarayonini jahon andozalari darajasiga ko‘tarish tomon qilingan yana bir urinish samarasiz ketdi. Download 0.77 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling