Mavzu: Turkistonda dastlabki ilmiy jamiyatlarning tashkil etishi


O’lkashunoslik tarixi fanining rivojlanishi


Download 0.7 Mb.
bet4/4
Sana11.11.2023
Hajmi0.7 Mb.
#1767261
1   2   3   4
Bog'liq
Avezov Fahriddin

O’lkashunoslik tarixi fanining rivojlanishi.

  • Ahamoniylar davri mixsimon yozuvlari. Miloddan avvalgi 559 yilda Erondagi ahamoniylar sulolasining yirik davlatga podsho Kir II asos soladi. Kir II, Kambiz, Doro I, Kserks kabi fors podsholari Qadimgi Sharqdagi juda ko’p mamlakatlar ustidan o’z hokimiyatini o’rnatishni rejalashtirganlar. Miloddan avvalgi 545-540 yillarda ahamoniylar markaziy Osiyoning Parfiya, Marg’iyona, Baqtriya va Sug’diyona viloyatlarini bo’ysundirganlar. Sak-massagetlarga qarshi Kir IIning yurishlari miloddan avvalgi 530 yilda muvaffaqiyatsiz yakunlangan.

O’lkashunoslik tarixi fanining rivojlanishi.

  • Saklarni Doro I davrida (miloddan avvalgi 522-486 yillar) ahamoniylar sulolasi Hind vodiysidan O’rta Yer dengiziga qadar bo’lgan keng hududda o’z hukmronligini o’rnatgan. Ahamoniylar davlati tarixda birinchi yirik dunyo davlati deb hisoblangan. Bu davlat ko’p sonli viloyatlar, shaharlar va xalqlarni birlashtirdi. Markaziy Osiyoda ahamoniylar ikki yuz yil davomida hukmronlik qilganlar (miloddan avvalgi 330 yilgacha). Ahamoniylar davri mixsimon yozuvlarida Markaziy Osiyo xalqlari va viloyatlari to’g’risida turli xil ma’lumotlar bor. Bu yozuvlar miloddan avvalgi VI-IV asrlarga oid bo’lib, Behistun va Naqshi Rustam qoyatoshlarida, Suza, Persepon va Hamadon shaharlarida topib tekshirilgan. Shular jumlasidan eng muhimi Behistun yozuvlari bo’lib, Doro I davrida Karmanshoh va Hamadon shahri o’rtasidagi yo’lda baland qoyatoshlarda yozilgan (Midiya o’lkasi). Boynazarov F.O’rta Osiyoning antik davri. T., O’qituvchi 1991, 29b.

O’lkashunoslik tarixi fanining rivojlanishi.

  • Fors va o’zbek tilidagi manbalar. Narshaxiy (899-959 yy.). Narshaxiy (to’liq ismi Abubakr Muhammad ibn Ja’far ibn Zakariy ibn Hattob ibn Sharik) X asrda o’tgan buxorolik yirik tarixchilardan biri. Hayoti va ilmiy faoliyatiga oid ma’lumot yo’q. Yuqorida zikr etib o’tilgan Samoniyning ma’lumotlariga qaraganda, Narshaxiy asli Buxoroning Narshax (hozirgi Vobkent yonida) qishlog’idan.
  • Narshaxiy Buxoro va quyi Zarafshon vohasida joylashgan shahar va qishloqlarning geografik holati, aholisining VII-X asrlaridagi ijtimoiy-siyosiy hayotini aks ettirgan qimmatli tarixiy asar muallifidir. Asar «Tarixi Buxoro» (Buxoro tarixi), «Tarixi Narshaxiy» (Narshaxiy tarixi), «Tahqiq ul-viloyat» (Buxoro) viloyatini tahqiq etish) nomlari bilan mashhur bo’lib, 944 yilda yozib tamomlangan.

E’tiboringiz uchun rahmat!
Download 0.7 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling