Mavzu: Turkiy illarda so’z yasalishi Mundarija: Kirish Asosiy qism I bob turkiy tillardaso’z yasalishilishi haqida nazariy qarashlar tahlili
BOB TURKIY TILLARDASO’Z YASALISHILISHI HAQIDA NAZARIY QARASHLAR TAHLILI
Download 173.49 Kb.
|
Reja bob so’z yasalishi haqida nazariy qarashlar tahlili
BOB TURKIY TILLARDASO’Z YASALISHILISHI HAQIDA NAZARIY QARASHLAR TAHLILI
1.1.So’zlarning marfem tarkibi Turkiy tillarda so’z yasalishish usullari. O‘zbek tilida Turkiy tillardaso’z yasalishilishining semantik, fonetik, abbreviatsiya, affiksatsiya, kompozitsiya kabi usullari mavjud. Bu usullar davriy nuqtai nazardan ikki guruhni tashkil qiladi: 1) tarixiy (diaxron) uasalish: semantik, fonetik, abbreviatsiya, kompozitsiya usullari; 2) zamonaviy (sinxron) uasalish: affiksatsiya kabilardan iborat. Semantik usul. So‘zning bir turkumdan boshqa turkumga ko‘chi-shi asosida yangi Turkiy tillardaso’z yasalishilishidir. Masalan, sifatning otga ko‘chishi asosida: ko‘k (osmon ma’nosida), erkak, chol, kampir; sodda va juft fe’lning otga ko‘chishi asosida: kurash, kengash, urush, keldi-ketdi, bordi-keldi, qo‘ydi-chiqdi, yurish-turish, yozuv-chizuv; sonning ravish-ga ko‘chishi asosida: birga(ketmoq), birdan (kirmoq); otning ravishga ko‘chishi asosida: kunduzi, kechasi (qaytmoq), boshda (sezmoq) kabilar shular jumlasidandir. Semantik usul asosida yasalgan so‘zning lug‘aviy ma’nosi yangilanishi bilan bir qatorda uning grammatik ma’no va vazifasi ham o‘zgaradi. Qiyoslang: Mushuk tavadagi go‘shtni oldi-qochdi (fe’l). Oldi-qochdi gaplar hammaning joniga tekkan (sifat). Fonetik usul. So‘z tarkibida yuzaga keladigan fonetik o‘zgarishlar asosida yangi ma’noli Turkiy tillardaso’z yasalishilishidir. Bu usul orqali Turkiy tillardaso’z yasalishilishida ikki xil fonetik o‘zgarish natijasida yangi so‘z hosil bo‘ladi: 1) tilning tarixiy taraqqiyoti davomida so‘z tarkibida tovush o‘zgarishi natijasida yangi so‘z hosil bo‘ladi: ko‘r-ko‘z, bo‘y(doq)-bo‘z, bo‘r-bo‘z; 2) so‘z urg‘usining o‘rni o‘zgartirilishi bilan : yangi΄-ya΄ngi (hozir), endi΄-e΄ndi (hozirgina), ho΄zir-hozi΄r. Abbreviatsiya usuli. Murakkab so‘z birikmalarini turli usullar yordamida qisqartirish orqali yangi Turkiy tillardaso’z yasalishilishidir. Masalan, elektron hisoblash mashinasi-EHM, Birlashgan Millatlar Tashkiloti-BMT. Qisqartma so‘zlarning ba’zilari tilimizda aynan o‘zlashtirilgan holda ishlatiladi: yunesko, nato kabilar shular jumlasidandir. Turkiy tillarda so’z yasalishilishc ining bu usuli o‘zbek tilida rus va boshqa xorijiy tillar ta’sirida o‘tgan asrning boshlarida shakllangan bo‘lib, faqat qisqartma otlar yasalishida ishlatiladi. Affiksatsiya usuli. Bu usul bilan o‘zakka so‘z yasovchi qo‘shimchalar qo‘shish orqali yangi Turkiy tillarda so’z yasalishiladi. Masalan: o‘r+oq, dars+lik, sez+gir, o‘zbek+cha, tor+ay(moq), mard+ona. So‘z yasovchi qo‘shimchalar o‘zakka qo‘shilib kelish o‘rniga ko‘ra ikki turli bo‘ladi: a) so‘z yasovchi ort qo‘shimchalar. O‘zbek tilida Turkiy tillarda so’z yasalishilishning asosini tashkil qiluvchi bunday qo‘shimchalar o‘zak-dan keyin qo‘shilib, yangi ma’noli so‘z hosil qiladi. Masalan: o‘t+loq, chiri+k, tosh+qin, ish+chan, arra+la kabilar; b) so‘z yasovchi old qo‘shimchalar o‘zak oldidan qo‘shilib yangi Turkiy tillarda so’z yasalishiydi. Masalan: be+tinim, no+to‘g‘ri, ba+ma’ni, ser+harakat, anti+demokratiya. old yasovchi qo‘shimchalar asosan sifat yasovchilar bo‘lib, ularning ko‘pchiligi fors-tojik tilidan kirib kelgan. Kompozitsiya usuli. Birdan ortiq mustaqil ma’noli o‘zak morfemalarning tobelashgan holda qo‘shiluvi, birikuvi orqali yangi so‘z hosil qilinishidir. Masalan: Mirzachul, gulqand, guldasta, temir yo‘l, qaror qilmoq, ahd etmoq. Bunday yasama so‘zlar ikki yoki undan ortiq mustaqil ma’onli o‘zak morfemalar ishtirokida hosil bo‘lsa ham, yaxlitligicha bitta lug‘aviy ma’no ifodalashga xizmat qiladi. Ular tuzilishiga ko‘ra qo‘shma so‘zlar deyiladi. Kompozitsiya usuli bilan yasalgan qo‘shma so‘zlar ot, sifat, ravish va qisman fe’llarda keng tarqalgan. Ularning qismlari har xil va bir xil so‘z turkumlaridan tuzilishi mumkin. Masalan: Bel+bog‘, asal+ari, olib+chiqmoq kabilar bir xil so‘z turkumlarning qo‘shilishidan, qaror+qilmoq, osma+ko‘prik, tez+oqar kabilar esa har xil so‘z turkumlarning qo‘shilishidan tuzilgan. Qo‘shma so‘zlar ham tarixiy va zamonaviyligi bilan farqlanadi. Agar qo‘shma so‘z qismlari hozirgi tilga nisbatan eskirgan yoki boshqa tillardan o‘zlashtirilgan bo‘lsa, ular qo‘shma so‘z hisoblanmaydi. Masa-lan: kechqurun, qayrag‘och, biror, odamshavanda, santimetr kabilar hozirgi tilda ma’noli qismlarga ajralmaydigan sodda so‘zlardir. Ba’zi o‘zlashgan qo‘shma so‘zlar ma’noli qismlarga ajralishi ham mumkin: fotokavera, kinoteatr, kinolenta, fotomodel kabilar shular jumlasidandir. Soʻz yasalishi — 1) muayyan tilda mavjud boʻlgan usullar, namuna va qoliplar asosida, maʼlum vositalar yordamida yangi soʻz hosil qilish (soʻz xrsil qilinishi). Masalan, affiks yordamida Soʻz yasalishi (soʻzQla > soʻzla, maza Q li >mazali), „qil“ yordamchi feʼli yordamida Soʻz yasalishi (tasdiq qilmoq, rohat qilmoq). Bu yerda „yasalish“ soʻzi „yasamoq“ feʼlining majhul nisbat shakli hisoblanadi va jarayonni ifodalaydi; birikmaning oʻzi esa lingvistik termin emas; 2) tilshunoslikning „Fonetika“, „Leksikologiya“ga oʻxshash alohida sohasini (boʻlimini) bildiradi. Masalan, oʻzbek tili morfologiyasi, oʻzbek tili sintaksisi, oʻzbek tili soʻz yasalishi. Bu oʻrinda „Soʻz yasalishi“ birikmasi tilshunoslikka oid termin hisoblanadi. Tilshunoslikning bu boʻlimida yangi yasama suzlarning paydo boʻlishi va buning shartsharoitlari, yasama soʻz tarkibiy kismlarining (Soʻz yasalishi asosi va soʻz yasovchining) mohiyati, shuningdek, Soʻz yasalishi bilan bogʻliq boshqa tushuncha va hodisalarning mohiyati oʻrganiladi. Masalan, Soʻz yasalishi maʼnosi, Soʻz yasalishi tipi va qolipi, Soʻz yasalishi meʼyori, Soʻz yasalishi imkoniyati, Soʻz yasalishi dagi mahsullilikmahsulsizlik hodisasi, Soʻz yasalishi ning asosiy usullari, vositalari va boshqa Shu asosda tilning Soʻz yasalishi tizimi tagʻlil etiladi. Hozirgi oʻzbek tilida yasama soʻzlar, asosan, affikslar yordamida hosil qilinadi, yaʼni morfemaning bir turi soʻz yasash uchun xizmat qiladi. Har qanday yasama soʻzning tarkibi Soʻz yasalishi asosi va soʻz yasovchidan iborat boʻladi: huquqshunos (huquq — Soʻz yasalishi asosi, shunos — soʻz yasovchi), tekislamoq (tekis — Soʻz yasalishi asosi, la— soʻz yasovchi). Soʻz yasalishi asosi yasama soʻz boʻlishi ham mumkin: bilimli (bilim — Soʻz yasalishi asosi, li — soʻz yasovchi). Oʻzbek tilida faqat mustaqil soʻzlardan, ularning ham ot, sifat, feʼl turkumiga oid soʻzlardan yangiyangi soʻzlar yasaladi. Demak, mustaqil suz turkumlaridan faqat ot, sifat va feʼl turkumlarigina Soʻz yasalishi tizimiga ega. Oʻzbek tili lugʻat (leksik) tarkibining boyishi, rivojlanishida Soʻz yasalishining muhim oʻrni bor. No iwiki template.gif Bu maqolada boshqa til boʻlimlariga ishorat yoʻq. Siz ularni topib va ushbu maqolaga qoʻshib, loyihaga yordam berishingiz mumkin. Turkiy tillarda so’z yasalishish yangi ma'noli so'z hosil qilish demakdir. Turkiy tillardaso’z yasalishilishi lug'aviy ma'noning ozgarishi asosida vujudga kelib, yasama so'z ko'pincha bir turkumdan boshqa turkumga ko'chadi. Shu ma'noda Turkiy tillarda so’z yasalishish hodisasi so'zning grammatik jihatidan o'zgartiradigan hodisadir. Masalan, gul so'zi ot turkumiga xosligi uchun otga xos ko'plik qo'shimchasini olib turlanadi: gullar, gullarning, gullarga kabi. Bu so'zga fe'l yasovchi -la qo'shimchasi qo'shilganda hosil bo'lgan so'z ko'plik va kelishik qo'shimchalami olmaydi, turlanmaydi, balki tuslanadi. Chunk! bu holatda so'z grammatik jihatdan o'zgarib. bir kategoriyadan boshqa kategoriyaga o'tadi. Bir turkumdan boshqa turkumga o'tganda so'zlarda hosil bo'ladigan o'zgarishlar kategorial o'zgarishlar deyiladi. Masalan, tasodifan so'zining o'zagi (tasodif) ot, unga yasovchi -an qo'shimchasi qo'shilganda so'z boshqa kategoriyaga ko'chdi, ya'ni kategoriya o'zgaradi. Uzumzor so'zidagi yasovchi -zor qo'shimchasi otdan ot yasagan. Bunda kategoriya o'zgarmagan. Turkiy tillardaso’z yasalishilishi bilan bog'liq ravishda so'zning lug'aviy va grammatik ma'nolari ham o'zgarishi murnkin. Turkiy tillarda so’z yasalishilish til uchun ijobiy hodisadir. U tilni lug'aviy jihatdan boyituvchi manbalardan biridir. Turkiy tillarda so’z yasalishish tildagi boshqa sohalar bilan xususan lug'at va grammatika bilan uzviy bog'liq. Chunonchi yasama so'z avval tilda mavjud bo'lgan lug'aviy vositalardan hosil bo'ladi. Masalan, tilda kitob, chiroy so'zlari mavjudligi uchun shu so'zlar asosida kitobxon, chiroyli kabi so'zlar yasalgan. Turkiy tillardaso’z yasalishilishi asosida so'z ma'nosi o'zgaradi, yangi ma'noli so'z hosil bo'ladi. Bu holat Turkiy tillardaso’z yasalishilishi bilan leksikologiya orasida uzviy bog'liqlik mavjudligini ko'rsatadi. Ma'lumki, Turkiy tillardaso’z yasalishilishidar ko'pincha qo'shimchalar ishtirok etadi, yangi yasama bir turkumdan boshqa turkumga ko'chadi. Bu holat Turkiy tillardaso’z yasalishilishining grammatika bilan ham bog'liqligini ko'rsatadi. Turkiy tillardaso’z yasalishilishi natijasida so'zning shakli o'zgaradi. Yangi ma'no bilan birgalikda yangi shakl vujudga keladi. Turkiy tillardaso’z yasalishilishi paytida hosil bo'ladigan shakl bilan so'z o'zgartiruvchi va shakl hosil qiluvchi qo'shimchalar orqali vujudga keladigan shakl orasida o'xshashlik bor. Shuning uchun Turkiy tillardaso’z yasalishilishi ham shu turdagi boshqa hodisalar singari morfologiyaning tekshirish obyektidir. Tilda Turkiy tillarda so’z yasalishish vositalari va usullari xilma-xil. O'zbek tilida Turkiy tillardaso’z yasalishilishining asosiy ikki usuli mavjud. O'zak va negizga so'z yasovchi qo'shimchalar qo'shish bilan yangi Turkiy tillarda so’z yasalishish morfologik usul bilan Turkiy tillarda so’z yasalishish deyiladi. Turkiy tillardaso’z yasalishilishida qo'shimchalar ishtirok etganligi uchun bu usul affiksatsiya usuli hisoblanadi.So'z yasovclii qo'shimchalar o'zak: gulli, gulla, ishla, paxtakor, shuningdek, negizga: bilimli, hosildorlik, chidarnlilik ham qo'shiladi. So'z yasovchi qo'shimchalar asosan o'zak va negizdan keyin qo'shiladi. O'zakdan oldin qo'shiluvchi -old yasamalar o'zbek tili uchun xos emas. Biroq sifat turkumiga mansub bir qator so'zlaming yasalishida old qo'shimchalar ishtirok etadi. Masalan, badavlat, serhosil, nohaq kabi. Morfologik usulda Turkiy tillarda so’z yasalishilishdagi muhim shartlardan biri so'z bilan yangi yasama orasida bog'liqlik bo'lishdir. Masalan, oshpaz, gulzor so'zlaridagi o'zak va yasovchi qo'shimchalar orqali hosil bo'lgan qismlar: osh-oshpaz, gul-gulzor ma'no jihatidan bir-biriga bog'liqdir. Morfologik usul bilan Turkiy tillardaso’z yasalishilishining shakllari ham rang-barang. Masalan, paxtakor so'zida o'zak+qo'shimcha. serdaromad so'zida qo'shimcha. +o'zak, bil-im-li so'zida o'zak+negiz+qo'-shimcha, nohaqlik so'zida qo'shim-cha+o'zak+qo'shimcha shakllari mavjud. Morfologik usul bilan Turkiy tillardaso’z yasalishilishi ot. sifat, fe'l va ravish turkumlari uchun xos. Sintaktik usul bilan Turkiy tillarda so’z yasalishishi ham unumdor usullaridan sanaladi. Sintaktik usul bilan Turkiy tillarda so’z yasalishishi ham unumdor usullaridan sanaladi. Ikki yoki undan ortiq so'zlarning o'zaro qo'shilishi natijasida Turkiy tillardaso’z yasalishilishi sintaktik usul bilan Turkiy tillardaso’z yasalishilishi deyiladi. Sintaktik usul bilan qo'shma va juft so'zlar yasaladi. O'zbek tilida bulardan tashqari Turkiy tillardaso’z yasalishilishining yana bir qator usullari mavjud. Chunonchi, bir turkumdagi so'z boshqa turkumga ko'chadi va o'z ma'nosini o'zgartiradi. Masalan, barno (sifat), Barno (ot), to'xta (fe'l), To'xta (ot). Shuningdek, bir turkumdagi o'zaro so'z o'z ma'nosini o'zgartirishi, boshqa ma'no ifodalashi mumkin. Masalan, uzdi (ipni uzdi), uzdi (orani uzdi) yozdi (xat), yozdi (barg), yetdi (manzilga), yetdi (maqsadga). Turkiy tillardaso’z yasalishilishidagi bu usul lug'aviy—semantikusul deyiladi. O'zbek tilida Turkiy tillardaso’z yasalishilishining yana bir usuli - abbreviatura usulidir. Bu usul bilan qisqartma so'zlar hosil bo'ladi: BMT, MDH, DAN kabi. Bu usul bilan Turkiy tillarda so’z yasalishish faqat ot turkumi uchun xosdir. Turkiy tillarda so’z yasalishish usullaridan yana biri - konversiya usulidir. Bu usulga ko'ra bir kategoriyaga mansub so'z boshqa kategoriyadagi so'z o'rniga qo'llaniladi. Masalan, mard maydonda bilinar, gapidagi mard so'zi aslida sifat turkumiga xos bo'lib, otga ko'chgan, "odam" ma'nosida qo'llangan. Bu holat sifatdoshlarda ham mavjud: o'qigan—o'zar kabi. O'zbek tili lug'at tarkibidagi (shuningdek nutqimizda qo'llanadigan) so'zlar dastlab tub va yasama so'zlarga bo'linadi. Masalan: paxta-tub so'z, paxtakor esa yasama so'z; bug'doy, rang so'zlari alohida-alohida olinganda tub so'zlar, ammo bug'doy rang (rangning bir turi)-yasama so'z; tog'-tub so'z, ammo tog'ma-tog' yasama so'z; besh, o'n tub so'zlar, o'n besh yasama so'z; qo'l, so'zlari alohida-alohida tub so'zlar sanalsa, qo'l qo'ydi yaxlit holda yasama so'z hisoblanadi. So'z yasovchi affiksi bo'lmagan so'zlar tub so'z deyiladi. Ma'lum bir so'z negizida ma'no jihatidan (ba'zan ham ma'no, ham grammatik jihatdan) undan farqlaydigan yangi so'z (yangi leksik birlik) hosil qilish Turkiy tillarda so’z yasalishish deyiladi, qiyoslang: ish- ishchan, jon-jonlandi, oq-oqla, g'alla-g'allazor. Hozirgi o'zbek tilida Turkiy tillarda so’z yasalishishning asosan ikki usuli ajratiladi: affiksasiya (yoki morfologik) usuli; kompozisiya (yoki sintaktik) usuli; O'zakka so'z yasovchi qo'shimcha qo'shish orqali yangi leksik birlik hosil qilish affiksasiya usuli bilan Turkiy tillarda so’z yasalishishdir. Masalan: mevali daraxt, serhosil yer kabi birikmalardagi mevali, serhosil yasama so'zlar bo'lib, ular meva o'zagiga-li, hosil o'zagiga ser-affikslarini qo'shish orqali yasalgan so'zlardir. Ikki va undan ortiq so'z formalarining (ko'pincha mustaqil so'zlarning qo'shilib (yoki tizilib) bir so'zga aylanishi kompozisiya usuli bilan Turkiy tillarda so’z yasalishishdir. Masalan: belbog', oshqazon, mehmondo'st, so'z boshi, bir yuz o'n, ahd qilmoq, bir oz va boshqalar. Juftlik modeli (qolipi) da qo'llangan ayrim so'zlar ham yasama so'z sanaladi, masalan: yildan-yilga, zo'r-bazo'r, uyma-uy kabi. O'zbek tilida so'zlar tuzilish jihatdan ham turlarga ajratiladi, chunonchi: sodda so'z, qo'shma so'z, juft so'z (takroriy so'z), murakkab so'z. Sodda so'z bitta o'zak morfemasi bo'lgan so'zdir. Masalan: bola, bolalik, bolalar, bolalarimiz kabi. Kunboqar, gultojixo'roz, Oqqo'rg'on, sohibjamol kabi so'zlar qo'shma so'z deyiladi. Bu kabi so'zlar ikki va undan ortiq so'z yoki so'z formalaridan tashkil topib, bir urg'uga birlashadi va bir tushunchani ifodalaydi. Tarkibi alohida-alohida yoziladigan leksik va grammatik ma'nolari ayrim holda ham, bir butunlik hosil qilgan holda ham izohlanishi mumkin bo'lgan so'zlar murakkab so'z deyiladi. Masalan: to'q sariq, och jigar rang, yigirma besh ming, borib keldi, sotib yubordi kabi. Nutqimizda qo'llanadigan opa-singil, non-pon, tog'-tosh, onda-sonda, tez-tez, xirmon-xirmon, chala-chulpa, o'n-o'n besh, suv-puv kabi so'zlar juft so'z deb yuritiladi. Download 173.49 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling