Mavzu: Turkiy tillar morfologiyasi

Download 208.1 Kb.
bet3/3
Sana24.12.2022
Hajmi208.1 Kb.
#1052903
1   2   3
Bog'liq
Mavzu Turkiy tillar morfologiyasi-hozir.org

Saxa (yoqut) tili — koʻp qismi Saxa Respublikasida, oz qismi esa Krasnodar, Xabarovsk oʻlkalarida, shu bilan birga Amur, Irkutsk, Magadan Chita viloyatlarida istiqomat qiluvchi (umumiy soni 450 140), oʻzlarini saxa deb biluvchi yoqut xalqining milliy, adabiy, davlat tili. Bu til boshqa turkiy tillarga qaraganda oʻzgachadir. 1818-20 yili missionerlar yoqut tiliga alifbo kiritdi. Biroq yoqutlar 1929-39 yili Lotin alifbosini, 1939-yildan buyon esa kirill alifbosini foydalanib keladi. Adabiy tilining shakllanishiga Yoqutlarning markaziy tumanlarining turgʻunlarining ogʻzaki yili asos boʻldi.

Chuvash tili — Tatariston, Boshkirdiston respublikalarida va ularga qoʻshni bir qancha viloyatlarda, shuningdek, Qozogʻiston va Ukrainada tarqalgan. CHuvosh tili yuqori (viryal) va quyi (anatri) laxjalariga boʻlinadi. Quyi lahja adabiy tilga asos boʻlgan. Chuvash tili oʻz taraqqiyoti tarixida avval skif, slavyan, finugor tillari, keyinchalik, tatar va boshqird tillari taʼsiriga uchraganligi tufayli boshqa turkiy tillardan bir qancha fonetik va grammatik oʻziga xosliklarga ega. Bunday tafovutlar unlilar soni (9 ta) va talaffuzida, otlardagi koʻplik qoʻshimchasining qoʻllanishida, ayrim sonlar va olmoshlarning shakliy koʻrinishida kuzatiladi. Leksikada qadimiy turkiy, moʻgʻul, finugor, eroniy tillardan, shuningdek, arab va rus tilidan oʻzlashgan soʻzlar alohida qatlamni tashkil etadi.

Chuvash tilining dastlabki grammatikasi 1769 yilda nashr etilgan. 18-asrda va 19-asrning 1yarmida lugʻatlar, liniy adabiyotlarning Chuvash tilidagi tarjimalari, folklor namunalari chop etiladi. Eski chuvash yozuvi asosan rus grafikasini qoʻllagan, 1871 yilda chuvash yozuvchisi va olimi I.Ya. Yakovlev yangi chuvash yozuvini yaratgan. 1933 yildan rus grafikasi asosidagi yangi alifbo joriy etilgan.

Chuvash tili (chuvash tilida atalishi — Chӑvash chӗlxi) Chuvash tili turkiy tillarining bulgar guruhiga kiradi. Chuvash tilida gaplashuvchilar soni jahonda — 1,15 million kishiga yaqin (2010 yilgi sanoq) 2002-yilgi sanoq boʻyicha Rossiyada Chuvashlar 1 million 637 ming kishini tashkil qildi taxminan 55 % Chuvashistonda istiqomat qilishadi.
Download 208.1 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3

Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling