Mavzu: Turkiy tillarning fonetik-fonologik, morfem-morfologik, leksik-semantik tuzilishi Reja


Turkiy tillar morfologiyasi otlarning yasalishi misolida


Download 50.84 Kb.
bet8/11
Sana20.02.2023
Hajmi50.84 Kb.
#1216041
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
Jumagul turkiy tillar

Turkiy tillar morfologiyasi otlarning yasalishi misolida


Otdan ot, sifatdan ot yasalishi. Ot va sifat yasovchi qo‘shimchalar turkiy tillarda juda ko‘p emas. Ular juda qadimda ko‘p bo‘lgan bo‘lishi mumkin. Ularning ko‘pchiligi kammahsul bo‘lib, hatto iste’mol-dan chiqib ketgan.
-chї//-chi affiksi turkiy keng tarqalgan bo‘lib, shaxs va uning faoliyatini ifodalash uchun xizmat qiladi: tur. avchї (ovchi)<av (ov); ozarb. dilchi (tilchi)< dil (til), olt. malchї (chorvador)<mal (chorva), qum. timirchi (temirchi)<timir (temir), tuv. añchї (ovchi)< (hayvon), xak. palїxchї (baliqchi)<palїx (baliq), tat. ishshi (ishchi)<ish (ish), o‘zb. chorvador<chorva, qirg‘. balїqchї (baliqchi)<bal їq, chuv. timirzi (temirchi)<timir (temir) kabi.
Ushbu affiksning qo‘llanilish doirasi bu bilan chegaralanmaydi. Avvalo, -chї //-chi affiksi nimagadir qiziqish, moyillik, odatni ifodalaydigan sifatlar hosil qilgan: shor. urushchї (urushqoq), terchi (ko‘p terlaydigan), ozarb. inadchi (qaysar) kabi.
-tash//-täsh affiksining asosiy vazifasi–birgalikni ifodalash: tur. yoldash (yo‘ldosh), qoz. joldas, tat. yuldash (o‘rtoq), xak. xarїndas (aka)<xarїn (qorin), qum. awuldash (ovuldosh), tuv. attash (adash), turkm. ishdesh (kasbdosh). qirg‘. jerdesh (eldosh) kabi.
Ushbu affiksning birinchi komponenti o‘rin kelishigi qo‘shimchasi -ta//-tä, ikkinchisi qadimgi jamlovchi ko‘plikni ifodalaydi.
Qadimgi -lїq//-lik jamlovchi ko‘plikni ifodalovchi murakkab affiks bo‘lgan. Uning ana shu dastlabki ma’nosi turli turkiy tillarda hozir ham qisman saqlangan: tat. nooratlьq (qarag‘aylik), qaoynlьq (qayinlik), chuv yumanlъx (dubzor), turkm. agachlїk (daraxtzor), ozarb. dashlїx (toshliq), chuv. chullъx (toshliq) va hokazo.
Keyinchalik -lїq//-lik affiksi turli ma’nolarga ega bo‘lgan: 1) sifatning mavhum nomi: ozarb. aglїx (oqlik), tat. qaorañgьlьq (qorong‘ulik); 2) mashg‘ulot, kasb-korni ifodalash: ozarb. gazmachїlїh (shaxtor).

Download 50.84 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling