Mavzu: Turkiy tillarning fonetik-fonologik, morfem-morfologik, leksik-semantik tuzilishi Reja
Download 50.84 Kb.
|
Jumagul turkiy tillar
- Bu sahifa navigatsiya:
- (qozonch) gazan (qozonmoq), tur. ökünch (o‘kinch) ökün. Turkiy tillar leksikasi
-їsh//-ish affiksi yordamida yasalgan otlar harakatni amalga oshirish usuli yoki tarzini ifodalaydi: o‘zb. kirish<kir, olt. sog‘їsh (urush)<sog‘ (urmoq), xak. örimis (quvonch)<örin (quvonmoq), qirg‘. uchush (uchish)<uch, gag. dikish (tikish)<dix (tik), tur. gelish (kelish)<gel, qoz. tabьs (topish)<tap;
-їg‘//-ig‘ affiksi turkiy bobotilda, shunigdek, bobotil tugayotgan davrdagi boshqa turkiy tillarda mavjud edi. Affiksning qadimgi shakli qadimgi turkiy obidalar tilida hamda hozirgi tuva, xakas, shor, tofalar tillarida saqlangan: q.turk., tuv. bilig (bilim)<bil, barїg‘ (borish)<bar, tuv. satїg‘ (sotiq)<sat, shor. sadїg‘ (sotiq), shor. kejig‘ (kechik)<kesh, xak. chadїg‘ (yotiq)<chat (yotmoq), idig‘ (ish) <it (qilmoq) kabi. Ko‘pchilik turkiy tillarda -їg‘//-ig‘ affiksi fonetik o‘zgarishga uchragan: tat. satu (sotiq, savdo)<sat їg‘, qoz. baru (borish), yoq. barї -ch, -їch//-ich affikslari yordamida fe’llardan mavhum ma’noli otlar yasaladi: turkm. dayanch (tayanch)<dayan, їnanch (ishonch)<їnan, qum. suyunch (suyunch)<suyun, qirg‘. ötünüch (o‘tinch)<ötün, qoz. qorqьnьsh (qo‘rqinch)<qorq, ozarb. gazanch (qozonch)<gazan (qozonmoq), tur. ökünch (o‘kinch)<ökün. Turkiy tillar leksikasi Turkiy xalqlarning etnik tarkibi murakkab va xilma-xildir. Hatto, turkiy xalqlarning alohida qismlari (bulgor, qipchoq, qorluq va hokazo) o‘rtasida ham til tafovutlari mavjud. Lekin turkiy tillar geneologik va tipologik jihatdan bir-biriga juda yaqin bo‘lgan tillar oilasini tashkil qiladi. Tilshunos olimlarning keyingi ma'lumotlariga ko‘ra dunyoda kishilar 5600 xil til va dialektlar vositasida aloqa qilishar ekan. Misol uchun: Sudan aholisi 117 tilda, Dog‘istonda 100 dan ortiq tillarda muloqot qilishar ekan. Kongoda 500 ta, Indoneziyada 250 ta til mavjud. Hindistonda to‘rt uzvdan iborat ekzogloss lisoniy holat mavjud. 1) mahalliy tillar: 2) hududiy tillar, 3) makrovositachi til: 4) diniy yoki kasbiy til. Shuning uchun ham tilshunoslikda tillar til oilalariga ajratiladi. O‘zaro o‘xshashligi kelib chiqish asosining umumiyligi bilan izohlanadigan tillar guruhi tillar oilasi deyiladi. Til oilasi o‘z ichiga bir bobo tildan kelib chiqqan hamma tillarni olgani uchun juda yirik tillar yig‘indisini tashkil etadi. Hozirgi tilshunoslik ma'lumotlariga qaraganda bugungi kunda 20 dan ortiq til oilalari mavjud. Har bir oila o‘z navbatida qarindoshlikning yaqinlik darajasiga ko‘ra bir necha guruhlarga ajratilishi mumkin. Masalan, turkiy tillar oilasi bir necha guruhlarga bo‘linadi: o‘g‘uz, qipchoq, qorluq kabi. Hozirgi oltoy tillar oilasiga mansub xalqlarning umumiy soni 135,6 mln. bo‘lib, shundan 106,5 mln. turkiy, 15 mln.mo‘gul, 14,1 mln. tungus-manjur tillarida so‘zlashuvchi xalqlar tashkil qiladi. Ko‘rinib turibdiki, oltoy tillari oilasida turkiy xalqlar eng ko‘p sonli bo‘lib, ular faqat Osiyodagina emas, hattoki Yevropada (3,2 mln), Afrikada (35 ming), Amerikada (95 ming), Avstraliyada (35 ming) ham istiqomat qiladilar. Hozirda turkiy tillar oilasiga ko‘pgina katta va kichik, jonli va o‘lik tillardan 44 tasi kiradi: turk (usmonli turk), o‘zbek, yoqut , qozoq, qirg‘iz, uyg‘ur, ozarbayjon, bolqor, qo‘miq, qorachoy, no‘g‘ay, boshqard, tatar, chuvash, xakas, tuva, Yoqut, qrim-tatar, gagauz, qoraqalpoq, chulim, oltoy, sibirning-tatar lahjalari, qaray, turxman, tofalar (karagas) tili, kamasin, shor va boshq. Turkiy tilda so‘zlashuvchi xalqlar ilmiy manbalarda 40, ba'zilarida 60 ta deb ko‘rsatiladi. Turkiy tillarda so‘zlashuvchi xalqlar soni 90-100 millionni tashkil qiladi. 1992-yil 4-9 mayda Anqarada turkiy xalqlar kongressi bo‘lib o‘tdi. Mazkur kongressni tashkiliy qo‘mita raisi Ayda Qutlu so‘zlagan nutqida bugungi kunda turkiy tillarda so‘zlovchi xalqlarning sonini 200 millionga yetdi, deb ta'kidlagan. Bu dalilning o‘ziyoq turkiy tillarning qadimiyligidan, jug‘rofiy hududning kengligidan dalolat beradi. Yuqorida sanab o‘tilgan tillar kelib chiqishining umumiyligi, fonetik, leksik-semantik morfologik va sintaktik xususiyatlarining o‘xshashligi bilan xarakterlanadi. Shuning uchun ham yagona tillar oilasini tashkil qiladi. Turkiy tillarni o‘rganish bo‘yicha bir qancha darslik va qo‘llanmalar yaratildi. Bu sohada V.N.Bogorodskiyning “Turk-tatar tilshunosligiga kirish”, N.Ye.Krimskiyning “Turkiy xalqlar, ularning tillari va adabiyoti”, N.A.Baskakovning “Turkiy tillarni o‘rganishga kirish”, K.Mengesning “Turkiy tillar va xalqlar. Turkiyshunoslikka kirish”, F.Zeynalovning “Turkiyshunoslik asoslari”, I.Qo‘chqarov, B.Isabekovlarning “Turkiy filologiyaga kirish”, E.Kaydarov., M.Orazovning “Turkiyshunoslikka kirish” nomli darslik qo‘llanmalar yaratilganligini ta 'kidlash joiz. Genetik qarindoshlik tufayli turkiy xalqlar tillarida bobo turkiy tilda mavjud bo‘lgan ko‘plab turg‘un birikmalar, o‘xshatish va sifatlashlar, maqol-matallar, fonetik, morfologik va sintaktik tuzilish xossalari keyinchalik mustaqillashgan barcha turkiy tillarga ham o‘tgan, buning ustiga, yonma-yon yashab kelayotgan qardosh xalqlar tillarida ijtimoiy-iqtisodiy hayot tarzining yaqinligidan kelib chiqadigan yana boshqa lisoniy muvofiqliklar ham borki, bu turkiy adabiyotlarning mushtarakligini ta'kidlashda belgilovchi omillar sirasiga kiradi.1 Masalan, qirg‘iz va o‘zbek tillarini muqoyasa etib, birgina ko‘z-koz so‘zi asosida 50 ga yaqin lug‘aviy birikma mavjudligini, bular xuddi shu shakli (ko‘z qismoq - kos qo‘s, ko‘z tegmoq - kozu ley, yog‘ochning ko‘zi – jo‘g‘achto‘n kozu va boshq.) da har ikki tilda ham mavjudligini, muvofiqligini ko‘rishimiz mumkin. Holbuki, shu misolning o‘zi ham turkiy xalqlarning tafakkur tarzi – dunyoni anglash va anglatish shakli ma'lum ma'noda bir xil ekanligidan dalolatdir. Tillarning taraqqiyoti va yanada takomillashuvi xalq ijtimoiy hayotining taraqqiyotiga bog‘liq. Kishilik jamiyatining eng kichik va qadimiy uyushmasi urug‘dir. Turli sabablarga ko‘ra urug‘lar bo‘linib, qarindosh urug‘lar paydo bo‘ldi. Qarindosh urug‘lar uyushmasi qabila deb ataladi. Qabilalarning o‘z tili, aloqa vositasi bo‘lgan. Tilning qabila tilidan xalq tiliga, xalq tilidan milliy tilga aylanishi tarixiy jarayonning mahsuli hisoblanadi. Har bir turkiy til o‘zining umumturkiy xarakterini saqlagani holda o‘ziga xos xususiyatlarga ega bo‘lib bordi. Umumiy til, negiz til tushunchasi har bir konkret turkiy til uchun, shuningdek, turkiy tillarning ma'lum guruhi uchun nisbiy xarakterga ega, chunki har bir turkiy tilning taraqqiyot yo‘li boshqacha bo‘ladi. Masalan, hozirgi qoraqalpoq tili uchun XIV-XVI asrlardagi qipchoq-no‘g‘ay tilining umumiy tili negiz til hisoblanadi. Qipchoq-no‘g‘ay umumiy tili uchun esa IX-XIII asrlardagi umumqipchoq tili negiz til sanaladi. 2 Turkiy tillar garchi bir negiz tildan o‘sib chiqqan bo‘lsa-da, zamon o‘tishi bilan ularning ayrimlari bir-biridan uzoqlashib ketganlar. Bunga asosiy sabab, birinchidan, ularning turli territoriyalarda bo‘lishligi, ikkinchidan, boshqa tillar bilan aloqaga kirishishidir. Masalan, oltoy tillari mo‘g‘ul tillari bilan, yoqut tili eron tillari bilan, yogut tili mo‘g‘ulmanjur tillari bilan, o‘zbek tili fors-tojik tillari bilan o‘zaro yaqin aloqada bo‘lgan. Download 50.84 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling