Mavzu: Turkiy tillarning qarluq-uyg`ur, o`g`uz, qipchoq va qirg`iz guruhlari


Download 25.17 Kb.
Sana10.12.2020
Hajmi25.17 Kb.
#163609
Bog'liq
Gulsum (1)


1-amaliy mashg`ulot.

Mavzu:Turkiy tillarning qarluq-uyg`ur, o`g`uz , qipchoq va qirg`iz guruhlari

Turkiy tillar oilasiga 70 ga yaqin til kirib , bu tillarda 200 mln ga yaqin kishi gaplashadi. Turkiy xalqlar mustaqil turk jamhuriyatlarida, Rossiya, Ruminiya, Polsha, Turkiya, Bolgariya , Yugoslaviya, Eron, Qoshg`ar , G`arbiy-shimoliy Xitoy kabi mamlakatlarda joylashgan.

Fonetik, Grammatik, leksik tomondan yaqin turgan tillarni olimlar ural-oltoy va oltoy tillari oilalari guruhiga tasnif etadilar.ural- oltoy tillari oilasiga quyidagi tilllar kiradi:



  1. Fin-ugor tillari;

  2. Turkiy tillar;

  3. Mo`gul tillari;

  4. Koreya tillari;

  5. Yapon tillari;

  6. Tungus-manjur tillar.

Turkiy tillarning sharqiy guruhiga qadimgi uyg`ur, tuva, yoqut, xakas, sho`r, chulem, altay, qirg`iz tillari kiradi. O`zbek tili tarixi bilan bevosita aloqador bo`lgan g`arbiy tarmoq turkiy tillar quyidagicha guruhlanadi:

  1. o`g`uz guruhi.

Bu guruhga turkman, gagauz, ozarbayjon, turk tillari kiradi. O`g`uz guruhiga kirgan tillarning asosiy xususiyati:

  1. so`z oxirida g, g` tovushlari saqlanadi: beg, dag`.

  2. so`z boshida t,k, q tovushlari jaranglashadi:til-dil, kor- gor;

  3. bo`l o`rnida o`l shakli ishlatiladi;

  4. tushum –i , qaratqich kelishigi –in shaklida qo`llaniladi, jo`nalish kelishigining –a, ya shakllari bor;

  5. singarmoniya , asosan, saqlanadi;

  6. sifatdoshning –asi, -mish, -an shakllari qo`llaniladi.

2. Qipchoq guruhi yoki g`arbiy va shimoliy –g`arbiy guruhi.

Bu guruhga tatar, boshqird, qarayim, qumiq, qoraqalpoq, qozoq, qirg`iz, altay, no`g`ay tillari kiradi. Qipchoq guruhiga mansub turkiy tillarning xususiyatlari:



  1. unlilar 8-9 gacha boradi ;

  2. t,k tovushlari so`z boshida jaranglashmaydi: (til, kel);

  3. q tovushi x ga , ba’zi o`rinlarda y tovushi i ga o`tadi;

  4. ch>sh, sh>s : qash so`zi o`rnida qach , qis so`zi qish o`rnida ( qozoq va qoraqalpoq tilida)

Qipchoq tillari- turkiy tillar oilasining g`arbiy xun tarmog`iga mansub bir qancha o`lik va jonli tillar guruhi. Qipchoq tillari , o`z navbatida, 3 guruhga bo`linadi: sof qipchoq guruhchasi – qadimgi qipchoq , qaraim, qorachoy-bolqor, qrim-tatar , qo`miq tillarini o`z ichiga oladi. Qipchoq-bulg`or guruhchasi – o`rta asrlarda amalda bo`lgan g`arbiy Oltin O`rda adabiy tili hamda hozirgi jonli tatar va boshqird tilllari kiradi. Qipchoq-nog`ay guruhchasi faqat hozirgi jonli no`g`ay , qozoq, qoraqalpoq tillari, shuningdek, o`zbek tilining qipchoq shevalarini qamrab oladi. Qipchoq tillarining rivojlanish tarixida 3 davr farqlanadi: mo`g`ullar bosqinigacha bo`lgan davr, mo`g`ullar bosqinidan keying xonliklar ( Oltin O`rda, Qozon, Astraxan, Qrim, Sibir) davri hamda G`arbiy Yevropa va Sharqiy Yevropaning katta qismi , jumladan, mazkur xonliklarning hududini Rossiya bosib olganidan keying davr.

3. Qarluq guruhi . Bu guruhga o`zbek va hozirgi uyg`ur tillari kiradi. Qarluq guruhiga kiruvchi tillarning xususiyatlari:

a) tillar va shevalararo unlilar miqdori 6 tadan 9 tagacha o`zgarib turadi;

b) so`z oxirida j, g`, g undoshlari saqlanadi yoki q undoshi k ga o`tadi;

c) p,t,k,q tovushlari ikki unli o`rtasida jarangsizligini saqlay oladi;

d) q va k fonemalari farqlanadi;

f) -g`an qo`shimchali sifatdosh juda keng qo`llaniladi;

j) qaratqich kelishigining qo`shimchasi to`liq –nin shaklida qo`llaniladi.

Qarluq tillari – ikki tarixiy va makoni jihatdan qo`shni, lekin kelib chiqishi bo`yicha turli turkiy tillar guruhlanadi: sharqiy qarluq-uyg`ur va g`arbiy qarluq- xorazmiy ( chig`atoy ) tillarining birlashmasi. Qarluq –uyg`ur va qarluq-xorazmiyga bo`lish Baskakov tomonidan tavsiya etilgan, lekin amalda har doim ham rioya qilinmaydi: qarluq-uyg`ur va qarluq-xorazmiy farqlanmaydi.

Uyg`ur guruhi. Uyg`ur tili – turkiy tillardan biri. Xitoy Xalq Respublikasi , Ozbekiston, Qozog`iston, Qirg`iziston Respubliklarida tarqalgan. Uyg`ur tili uchta lahjaga bo`linadi: markaziy( ili, turfon, qashqar, ko`mul, urumchi, karashar, ko`chor, qo`rlin, oqsu, yorkand shevalaridan iborat) –hozirgi adabiy uyg`ur tiliga asos bo`lgan. O`rta Osiyo va Qozog`istonda yashovchi uyg`urlarning ikki lahjasi bo`lib, ularning nomlanishida ( Ili, Yettisuv, Farg`ona ) uyg`urlarining G`arbiy Xitoydan Yettisuv va Farg`onaga ko`chib ketganligi asos bo`lgan.

Boshqa turkiy tillardan farqli ravishda uyg`ur tilida unlilar va undoshlarning regressiv assimilatsiyasi ; singarmonizm izchil emas. Unlilar lab va tanglay garmoniyasi buzilishi hollari uchraydi; unlilar reduksiya , undoshlarning tushib qolishi , ba’zan o`zak va qo`shimcha orasida tovush ortishi ( su- suyi ( suv-suvi) kuzatiladi. Oltoy tillar oilasining turkiy tillar turkumidagi qarluq guruhiga kiruvchi til. O`zbek tiliga eng yaqin til. Uyg`ur tili Xitoyda, Qozog`istonda ko`p istiqomat qiladiga joylarda saqlanadi.

Qirg`iz guruhi . Qirg`iz tili –turkiy tillarning qirg`iz- qipchoq guruhiga mansub tillardan. Qirg`iz tili ikkita lahjaga: shimoliy va janubiy lahjalarga bo`linadi. Bu lahjalar ,asosan, fonetika va leksika jihatidan farqlanadi. Ayni jihatlari bilan boshqa turkiy tillardan ham ajralib turadi. Janubiy lahjaga o`zbek tilining ta’siri kuchli.

Qirg`iz tilining fonetik xususiyatlari : 8 ta qisqa unli fonemaga qarama qarshi 8 ta cho`ziq unlining mavjudligi , singarmonizm izchil saqlanishi, so`z boshida j ( jonli so`zlashuvda) undoshining qo`llanishi . Morfologik belglari boshqa turkiy tillarga o`xshash. Singarmonizm mavjudligi tufayli affikslarning variantlari ko`p . Qirg`iz adabiy tili shimoliy lahja asosida shakllangan bo`lib, uning leksikasida sof qirg`izcha va turkiy so`zlar qatlamidan tashqari mo`g`ul, rus, arab va eroniy tillardan o`zlashgan so`zlar ham mavjud.

Turkiy tillar oilasi uchun xos bo`lgan singarmonizm , so`z boshida undoshlarning ketma-ket kela olmasligi, o`zakning deyarli o`zgarmasligi, gap bo`laklarining joylashish tartibi kabi xususiyatlar boshqa til oilalaridan farqlab turadi. Turkiy tillarni bir oilaga birlashtiruvchi va boshqa til oilalaridan farqlovchi xususiyatlaridan biri lug`at tarkibining yaqinligi va grammatik qurilishning o`xshashligi.

Qarluq guruhi: o`zbek va uyg`ur tili.

Qipchoq guruhi: boshqird, qozoq, qaraim, qoraqlpoq, qorachou-bolqor, qo`miq, nog`ay, tatar tili.

O`g`uz guruhi: ozarbayjon, gagauz, turk,turkman tili.

Q`irg`iz-qipchoq guruhi: oltoy, qirg`iz tili.



Uyg`ur guruhi: tuva, xakas, shor, yoqut tilini o`z ichiga oladi.
Download 25.17 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling