Mavzu: turkiy tillarning shakllanishi va taraqqiyoti
Download 54.52 Kb.
|
TURKIY TILLARNING SHAKLLANISHI VA TARAQQIYOTI
Oltoy tillari oilasi. Hozirgi tilshunoslik fanida tillar o‘rtasida genetik aloqadorlikning yangi qirraralari ochilmoqda. Taxminan 200 til oilasidan 22tasi Yevrosiyoga, 20ga yaqini Afrikaga, qolganlari Amerika, Avstraliya, Yangi Gvineyaga to‘g‘ri keladi. XIX asr oxirida, asosan, 4 ta til oilasi ajratilgan: turkiy, mo‘g‘ul, tungus-manchjur, koreys tillari. XX asrda mazkur tillarning qardosh ekanligi ta’kidlandi va umumlashtirilib oltoy tillar oilasi deb nomlandi. Bu kabi an’anaviy til oilalaridan kengroq bo‘lgan, bir-biriga qardoshligi to‘la asoslanmagan til oilalarini “makrotiloilalari” deb nomlash taklif qilingan. V.M.Ilyich-Svitich tadqiqotlarida aks etgan nostratik gipoteza (lotin tilida noster “bizniki” ma’nosini beradi) til oilalarini yanada kengroq doiradagi genetik asosga birlashtirishni nazarda tutadi. Nostratik makrotiloilasiga hind-yevropa, ural, oltoy, kartvel, dravid tillari kiritilgan.
Til oilalarini o‘rganish tilshunoslarning dastlabki e’tiborida bo‘lgan. Jumladan, oltoy tillari oilasiga kiruvchi tillar xususida tadqiqotlar olib borilgan. Xususan, N.A. Baskakovning “Алтайская семья языков и ее изучение”; V.Kotvichning “Исследование алтайских языков”, N.P. Direnkovaning “Грамматика алтайского языка” kabi izlanishlari shular jumlasidandir. Bir qator turkologlar tadqiqotlarida oltoy tillarining genetik jihatdan qarindosh ekanligi asoslangan. J.Deni “Dunyo tillari” kitobida turkiy, mo‘g‘ul, tungus-manchjur guruhiga kiruvchi tillarning quyidagi umumiy belgilarini ko‘rsatadi: Fonetik sathda: unlilar uyg‘unligi, so‘z boshida sonor tovushlarning ishlatilmasligi, so‘zda undosh tovushlarning yonma-yon kelmasligi, so‘z oxiridagi n tovushining beqarorligi; Morfologik sathda: grammatik rodning yo‘qligi, o‘zakning mustaqil ma’no anglatishi, agglyutinativ xususiyatga egaligi; suffiksal xarakterdaligi, ya’ni prefikslarning yo‘qligi, predloglar o‘rnida ko‘makchilarning qo‘llanishi, grammatik son – birlik va ko‘plikning mavjudligi. Sintaktik sathda: gapning muayyan qurilishga egaligi, son bilan ifodalangan aniqlovchilarda sonda moslashuvning uchramasligi, so‘roq ma’nosining ifodalanishida yuklamalarning qatnashishi, aniqlovchi vazifasida keluvchi sifat, son, olmoshlarning aniqlanmishga muvofiq o‘zgarmasligi va h.k. 4.Leksik sathda: lug‘at tarkibida umumiy qatlamning mavjudligi, bir bo‘g‘inli so‘zlarda mushtaraklikning yaqqol sezilishi, siyosiy-ijtimoiy muhit ta’sirida hukmron til leksikasining o‘zlashganligi va shu kabilar.5 Mahmud Zamahshariyning “Muqaddimat ul-adab”, Abu Hayyonning “Ad-durrat -ul mudi’ye fi-l-lug‘atit-turkiy”, “Kitob ul-idrok li-lison ul -atrok”, Faxriddin Muhammad ibn Mustafoning “Qavoyid ul-lisani turk”, Jamoliddin Ibn Muxannaning “Xiliat ul-inson va xalibat ul-lison”, Jamoliddin at-Turkiyning “Kitobi ul-lug‘ot al-mushtoq fi-l-lug‘ati at-turk val-qipchoq”, muallifi noma’lum “Kitob-i-majmu-u-tarjimon turki va ajamiy va mo‘g‘uliy”, “Kitob-at-tuhfat-uz-zakiyatu fi-l-lug‘at-it-turkiy” asarlarida ham turkiy tillar grammatikasi, leksikasiga doir ma’lumotlar berilgan. XV asr olamida ulug‘ mutafakkir shoir, madaniyat va davlat arbobi Alisher Navoiyning mashaqqatli mehnati, izlanishlari hamda Husayn Boyqaroning homiyligi tufayli turkiy tillar orasida o‘zbek tilining mavqeyi ko‘tarilgan edi. Alisher Navoiy “Muhokamat ul-lug‘atayn” asarida turkiy tilning keng imkoniyatlarini nazariy jihatdan asoslab berdi. Download 54.52 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling