Mavzu: turkiyada rivojlangan turizm turlari va ularni o'zbekistonda tatbiq qilish yo'llari
Download 0.87 Mb.
|
Мартин
MAVZU: TURKIYADA RIVOJLANGAN TURIZM TURLARI VA ULARNI O'ZBEKISTONDA TATBIQ QILISH YO'LLARI Reja
2.ozbda turizmni rivojlantriw 3.Turkiya turizmini uzbda tatbiq qiliw 4. xulosa 5. Foydalanilgan adabiyodlar O`zbekistonda turizmni rivojlantirish 1. Turizm industiriyasi iqtisodiyotning o’ziga hos sohalaridan biri hisoblanadi. Turizm bilan odamlar uzoq davrdan boshlab shug’ullanib kelmoqdalar. Turizm tarixi qadimgi davlatlardan bo’lgan Rim va Yunon Imperiyasi davrida sezilarli darajada rivojlangan. Bu davrlarda insonlar o’ziga yaqin va uzoq manzillarga, joylarga, teritoriyalarga va yurtlarga sayr, tomosho qilish, o’zga xalqlar hayoti bilan tanishish, bilish, o’rganish, xordiq va dam olish, davolanish, ziyorat qilish maqsadida sayohatga chiqqanlar, bunday kishilarni sayohatchilar deyishgan. Ularning faoliyati esa sayohatchilik deb nom olgan. Demak, sayohat deganda biz insonlarni o’z oldiga qo’ygan maqsadlarini malum bir yo’nalish, marshrut bo’yicha amalga oshirishlarini tushunamiz. Qadim zamonlardan buyon dunyo sayohatchiligi davom etgan va o’z taraqqiy bosqichlariga ega. Sayohatchilik to’g’risida qadimgi zamonlardan to hozirgi sanoatlashgan davrigacha fozil insonlarning xilma - xil fikrlari, qarashlari va g’oyalari mavjud. Diniy aqidalar bo’yicha sayohatchilik Ollohning dunyo sathiga Odam-ato va Momo-havoning bihishtdan ―majburiy chiqarib yuborganlik davridan boshlanadi. Shu narsa aniqki, inson sayohatchi nomiga ega bo’lish uchun u o’zining yashash joyini o’zgartirib boshqa manzil, hudud yoki mamlakatga vaqtinchalik ketishini taqozo etadi. Bu sayohatchilikni oddiy alomatlari yoki belgilaridir. Dunyo xalqlarining qadimiy kezishlari, ziyoratchilik, savdo, dunyo bo’ylab sayohatlari ham huddi shunday kechgan. Ilk qadimiy davrlardan boshlab insonlar sayohat maqsadida yakka yoki birlashgan individiumlar, guruhlar yoki bir butun ekspedisiyalar tarkibida o’nlab, yuzlab, minglab bir manzildan, yurtdan yoki mamlakatdan boshqa joylarga o’tganlar, kunlab, haftalab, oylab, yillab piyoda, otda, tuyada, filda va boshqa xil vositalarida harakat qilganlar. Ayrim xalqlar uchun yurtlarda kezib yurush muhim istiqomat qilish joylaridagi tabiiy iqlim sharoitlaridan kelib chiqqan holda o’nlab asrlar davomida vujudga kelgan yashash tarziga aylangan. Bularga Beunjilar (Pokiston, Afg’oniston), badaviylar, lo’lilar, qochqinchilar va boshqa ko’chmanchi xalqlar qiradi. Ular sayohatga chiqmaganlar, balki asosan kun ko’rishning moddiy vositalariga ega bo’lish yoki ish topish maqsadida kezganlar. Bunday kezishdan maqsad ochdan o’lmaslik uchun bir yurtdan ikkinchi yurtga o’tganlar. Bunday kezishlik sayohat shakliga o’xshasa ham lekin sayohat emas edi. Ammo, ko’p asrlik tarix silsilalarida insonlar o’zga joylar, manzillar, yurtlarni ko’rish, tanishish, bilish, o’rganish, savdo-sotiq, ziyorat qilish, yangi-yangi yerlarni sayohat maqsadida kashf etish, yangi harakat yo’llarini ochish, moddiy boyliklar zahiralaridan bahramand bo’lish, yoki ularga ega bo’lish uchun intilganlar. Bunday ezgu harakatlar sayohat shaklida amalga oshirilgan. Hozirgi zamon turizm to’g’risidagi ta’limot nuqtai nazaridan qadim va o’rta asrlarda bo’lgan sayohatchilarni ―turist‖ sifatida tan olinmaydi, chunki bunday sayohatchilar oldiga qo’ygan maqsadlar hozirgi vaqtdagilardan: o’zga joylarda, yurtlarda ko’rsatiladigan pullik mehmondo’stlik xizmatlaridan bahra olish, zavqlanish, vaqtincha bo’lsa ham o’z hayot tarzidan boshqacha bo’lgan hayotan shung’ib ketish, o’rganish, milliy an’analar, urf-odatlar ta’sirida mahliyo bo’lishmagan. Ularga maxsus tayyorgarlikdan o’tib ixtisoslashgan turistik korxonalar xizmat ko’rsatmagan. Bu sayohatchilar to’g’ri kelgan havfsiz joylarda tunashgan, duch kelgan joyda ovqatlanishgan. Ularga ko’rsatiladigan xizmat dastlab tunash va ovqatlanish kabi 2-3 xil xizmatlar ko’rsatilgan. Bunday xizmatlar ko’p hollarda bepul ko’rsatilgan. Ammo vaqt, asrlar o’tishi bilan sekin-asta mezbon tomonidan ko’rsatilgan xizmatlar kumush, oltin tangalarga yoki pulga chaqilib borgan. Buning natijasida bir tomondan sayyohlar soni ko’payib borgan. Dunyoning ko’proq yirik shaharlarida shakllanib kelgan o’rta hol sinf vakillari turizm sanoatning xizmat ko’rsatuvchi tarmoqlarida band bo’lgan va daromadlar miqdori doimo oshib borganligi sababli sayohat, dam olishga ko’proq imkoniyat yaratiladi. Dam olish vaqtini maroqli o’tkazish ehtiyoji va imkoniyatlarni ko’payib borish talabi o’z o’rnida taklifni vujudga keltirdi va ko’ngil ochish, o’yin-kulgi industriyasini shakllantirdi. Sayohatning u qadar yoyilmagan va uning infratuzilmalari taraqqiy etmagan vaqtda turistik sayr-safarlar oz bo’lgan va sayohatchilarning dam olishlarini tashkilotchilari faoliyat ko’rsata boshlagan. Sekin-asta mamlakat, hudud, shahar, qishloq miqyosida qandaydir ―turistik majmua‖ va kishilarning bunga bo’lgan ehtiyojini tug’dira boshlagan. Dastavval kishilarning bunga bo’lgan ehtiyojini transport agentliklari bajarganlar. Shu bilan birgalikda sayohat industriyasi evolyutsiyasi va tijorat ishlarining keng yo’lga qo’yilishi turizm tashkilotchilarning transportga bo’lgan ehtiyojlari sayohatchilarni mehmonxonalarga joylashtirishni ta’minlash zarurati tug’ilgan. Shunday qilib, odamlarning ehtiyojlari va imkoniyatlarining doimiy o’sib borishi sayohatchilik bo’yicha pulli xizmat ko’rsatuvchi turistik korxonalarining va o’z o’rnida turizm tashkilotchilarini paydo bo’lishiga olib keldi. Aholining ko’proq qismi sayohatga bo’lgan talabini qondirish va uning sayohati dasturini ishlab chiqish turistik tashkilotchilariga ishonib topshirganlar. Bu jarayon faoliyat ko’rsatadigan Transport Kompaniyalarining turistik bozorga bo’lgan ulushini keng aytirishga olib keldi. 2. ’zbekistonda turizm industriyasi o’tgan XX asrning 20-yillaridan boshlab sekin-asta rivojlana boshlagan. Turizmning ayrim turlari, shu jumladan odamlar yashab turgan manzillardan o’zga joylarga, yurtlarga, viloyatlarga borish, piyoda sayr etish, Toshkent, Samarqand, Buxoro, Xiva kabi qadimiy shaharlarga borish, Burch-mullo, Ohangaron, Chimyon, Omonqo’ton, Urgut, Ohalik tog’ va tabiat manzillariga har xil ―yurishlar‖ uyushtirish kabi turlari rivojlana boshlagan. O’zbekiston va uning viloyatlarida turistik-ekskursiyali harakatlarni tashkil etish va turizm infratuzilmalarini rivojlantirish maqsadida O’zbekiston Narkomprosi‖da va uning viloyatlar bo’limlari qoshida ―Turistik ekskursiya byurolari va uyushmasi‖ tashkil etildi va bu ―byurolar‖ asosan o’lkashunoslik va tarixiy arxitektura yodgorliklarini o’rganish, yaqin va o’zoqroq joylarda bo’lgan qadimiy shaharlarga turistik ekskursiyalar tashkil etish bilan shug’ullandilar. XX asrning 30 yillarida O’zbekistonda turizmga bo’lgan qiziqish yanada kuchayib bordi. Turistik-ekskursiyali ishlarining tashkiliy-uslubiy rahbarligi Xalq Maorifi Komissar‖ligining ―Bosh siyosiy Oqartuv komiteti‖ga topshirildi. Turizm tashkilotchilarini maxsus markazini tashkil etish to’g’risida masala qo’yildi va ekskursiyali markaz hisoblangan ―stansiya‖lar ekskursovodlarni tayyorlay boshladilar. Mavjud bo’lgan turizm va ekskursiya tarmoqlarining tuzilmalarini kengaytirish boshlandi va yaqin hamda uzoq joylarga yuboradigan ekskursiya bo’limlari ochila boshlandi. Moskvada VAO Inturist‖ ochildi. Sovet turisti‖ jamiyati tuzilib u ―proletar jamiyati‖ bilan qo’shildi. Bu jamiyat faoliyati davlat boshqaruvi asosida olib borildi, ya’ni uning tashkiliy-boshqaruv tuzilmalarining Territorial tamoyili bo’yicha tuzildi. Proletar turizmi va ekskursiya‖ jamiyati tugatilib, uning moddiy-texnikabazasi Butunittifoq Markaziy Kasaba Uyushmalari Kengashi (VSSPS) ga olib berildi va uning qoshida ―Turistik-ekskursiyali‖ boshqarma tuzildi.Samarqand viloyatidagi shahar va qishloqlarida ham ―Rossiya hissadorlik jamiyati‖, ―Proletar turizmi‖ firmalari va keyinchalik ―Sovet turizmi‖ shahobchalari turistik faoliyatlarini olib bordilar. Mamlakatimizda turizm industriyasi masalalari ―davlat siyosati‖ darajasiga ko’tarilgan va turizm industriyasi muammolari bilan bevosita shug’ullanish Butunittifoq Markaziy Kasaba Uyushmalari Kengashi (VSSPS) qoshida ―Turistik-ekskursiyali uyushmasi‖ (TEU) tuzildi va bu tashkilot turistik marshrutlar tuzish bilan shug’ullandi. Toshkent-Samarqand-Buxoro-Xiva-Shahrisabz shaharlari o’rtasida temiryo’l va avtomobil hamda havo yo’llari turistik marshrutlari tashkil qilindi. Turistik hududlarda turizm industriyasi va uning infratuzilmalari tuzila boshlandi. Turistik markazlarda Sovet va mahalliy turistlar uchun kommunal xo’jaligi‖ mehmonxonalari va umumiy ovqatlanish shaxobchalari qurila boshlandi. Sovet imperiyasining ―Temir parda‖lari o’tgan XX asrning 50-yillar oxirlarida ochila boshlagan. Dunyo hamjamiyati o’rtasidagi yoshlarni o’zaro birligini mustahkamlash maqsadida Sputnik‖ Xalqaro yoshlar turizmi byurosi tuzildi. Bu tashkilot nafaqat chet el yoshlari guruhlarini qabul qilish va Sovet turizmini chet el mamlakatlariga targ’ibot qilish bilan ham shug’ullandi. Shu yili ilk bor 4 kishidan iborat Xalqaro turistlar Angliyadan O’zbekistonga kelgan. Ular Toshkentdagi ―Toshkent‖, Samarqanddagi ―Zarafshon‖ mehmonxonalarida to’xtaganlar. Bu sayyohlar Samarqand tarixiy arxitektura yodgorliklarini ko’rib, mahliyo bo’lib va O’zbekistondan olgan taasurotlarini Angliya fuqarolariga tashviqot etganlar. Rossiya Federasiyasida faoliyat ko’rsatib kelayotgan ―VAO INTURIST‖ tomonidan Toshkent, keyinchalik Samarqand (―Zarafshon‖ mehmonxonasida) vaBuxoro shahrida agentliklari ochildi. Xalqaro turistlar Toshkent, Samarqand, Buxoro, Xiva, Shahrisabz shaharlariga kela boshladilar. SSSR Ministrlar Soveti va VSSPSni ―Mamlakatda ekskursiyalarni yanada yaxshilash to’g’risida‖gi qo’shma qarori e’lon qilindi. Bu qarorga muvofiq Respublika hududida turistik ekskursiya tashkilotlarini daromadli, aholiga xizmat qila oladigan yirik tarmoqqa aylantirish maqsadida Turizm va ekskursiyalar bo’yicha Kengashlar‖ faoliyat boshladi. Respublikada 29 ta, shu jumladan Samarqandda 4 ta ―Turizm va ekskursiya byurolari‖ tuzildi. O’zbekiston Respublikasining Prezidenti I.A.Karimovning O’zbekturizm‖ Milliy Kompaniyasi to’g’risida‖gi farmoniga muvofiq eski ―Sovet turizmi‖ tizimi o’rniga ―O’zbekturizm‖ Milliy Kompaniyasi tuzildi va ungacha turistik faoliyat ko’rsatib kelgan ―VAO Inturist‖, ―Turizm va ekskursiya bo’yicha Respublika Kengashi‖, ―Sputnik‖ kabi turistik tashkilotlarning moddiy-texnika bazasi uning ixtiyoriga berildi. Respublikada davlatning turistik yagona siyosatini olib boruvchi turistik respublika tashkiloti tuzildi va uning tashqi iqtisodiy faoliyati shakllandi. Turizm industriyasi sohasida boshlangan iqtisodiy islohotlar davom etdi. Bu davrda turizm industriyasida iqtisodiy o’zgarishlar yuz berdi va turizm rivojlanishining ―milliy modeli‖ tuzildi. Dunyo turistik andozalariga javob bera oladigan milliy turizm shakllandi, xizmat ko’rsatish infratuzilmalari isloh qilindi: Chegara, bojxona, aeroport va transport vositalari xizmatlari yanda soddalashtirildi va yaxshilandi. 3. Pandemiyadan oldin dunyo miqyosida ish bilan band bo‘lgan aholining har o‘ndan biri turizmga aloqador faoliyat turi bilan shug‘ullangan. Pandemiya sohaga katta ta’sir o‘tkazdi. Xususan, 2020 yilda O‘zbekistonda turistik xizmatlar eksportidan tushgan daromad 80 foizga pasayib ketdi. Pandemiyadan keyingi davrda respublikada turizmni qanday tiklash mumkin? Turizm SOVID-19 pandemiyasi davrida eng ko‘p zarar ko‘rgan sohalardan biri hisoblanadi. Birlashgan millatlar tashkilotining Jahon sayyohlik tashkiloti (UNWTO) ma’lumotlariga ko‘ra, sayyohlarning tashrifi 2020 yilda 2019 yilgi ko‘rsatkichga nisbatan 74 foizga kamaygan. Pandemiyadan oldin turizm yirik biznes hisoblanib, global yalpi ichki mahsulotning 10 foizidan ko‘prog‘ini tashkil qilgan. Turizmga bog‘liq yoki ixtisoslashgan mamlakatlarda bu ulush yanada ko‘proqni tashkil etadi. O‘zbekiston iqtisodiyotida turizmning ahamiyati qay darajada? O‘zbekistonda 2019 yilda turistik xizmatlar eksportidan tushgan daromad 1,3 milliard dollarni tashkil qilgan. Bu mamlakat yalpi ichki mahsulotining umumiy ulushida 2,3 foizni tashkil qilgan. Shuningdek, eksportning umumiy ulushida 7,3 foizni egallagan. Ma’lumot uchun, pandemiya boshlangan davrga qadar turizm sohasida doimiy o‘sish kuzatilgan. Xususan, turistik xizmatlar eksportidan tushgan daromad 2017 yilda 547 million dollarni (YAIMning 0,9 foizi), 2018 yilda esa 1,04 milliard dollarni (YAIMning 2,1 foizi) tashkil qilgan. Joriy yilning yanvar oyida AOKAda o‘tkazilgan brifingda Turizmni rivojlantirish qo‘mitasi raisi Aziz Abduhakimov (endilikda Turizm va sport vazirligi) 2020 yilda turistik xizmatlar eksportidan tushgan daromad 261 million dollarni tashkil etib, mamlakatga 1 million 504 ming turist tashrif buyurganini aytib o‘tgan. «2021 yilda barcha ishlarni umumiy raqamlar orqali emas, aniq rejalar va reysma-reys yo‘nalish bo‘yicha batafsil hisob-kitob asosida amalga oshirmoqchimiz, ziyorat turizmiga ko‘proq e’tibor qaratmoqchimiz. 2021 yilda O‘zbekistonga 1 million 700 ming nafar xorijiy sayyoh tashrifini ta’minlash bo‘yicha reja qilingan va keladigan daromad 370 million dollar bo‘lishi kutilyapti», deb ta’kidlagan Aziz Abduhakimov. Endi bu raqamlarni 2019 yildagi «pandemiyasiz dunyo»dagi holat bilan taqqoslaydigan bo‘lsak, 2020 yilda turistik xizmatlar eksportidan tushgan daromad 80 foizga pasaygan. Agar 2021 yilda vaksinatsiya jarayonlari tezlashib, qo‘mita tomonidan e’lon qilingan prognozlar o‘zini oqlasa, sohadan keladigan daromadlar 2019 yildagi ko‘rsatkichlarning 28 foizi miqdorida tiklanishi mumkin. Bundan tashqari, turizm iqtisodiyotning boshqa tarmoqlari: transport, mehmonxonalar biznesi, umumiy ovqatlanish, savdo-sotiq sohalarida ham ikkilamchi talabni yuzaga keltirishi natijasida iqtisodiyotga jiddiy zarar yetkazgan. Pandemiyadan keyingi davrda O‘zbekistonda turizmni qanday tiklash mumkin? AQSH Global media agentligi (U.S. Agency for Global Media) bilan hamkorlikda tashkil etilgan treningda ma’ruza qilgan xalqaro konsultant, sobiq diplomat Temuri Yakkabashvilining ta’kidlashicha, bugungi kunda ijtimoiy tarmoqlar reklama uchun eng arzon va qulay hisoblanadi, ammo internetda O‘zbekiston haqida to‘liq ma’lumot olishning iloji yo‘q.«Mehmonlar uchun ikki va uch yulduzli mehmonxonalar tizimini kengaytirish kerak. O‘zbekistonda turistlarga nisbatan «boy qatlam» sifatida qaralib, doimiy ravishda ularga qimmat xizmatlar taqdim qilinadi. Ammo statistik ma’lumotlar yaxshilab o‘rganilsa, ularning aksariyati 60 yoshdan oshgan va iloji boricha o‘rtacha xarajatlarni xohlovchi qatlam vakillari hisoblanadi. Transport xizmati sifati va narxlariga ham alohida ahamiyat berish judayam muhim», dedi Temuri Yakkabashvili. Yana bir muammoli vaziyat mehmonxonalar tarmog‘i bilan bog‘liq. Bu ichki turizmning rivojlanishida ham juda muhim omil hisoblanadi. Kun.uz muxbiri bilan suhbatda Turizmni rivojlantirish assotsiatsiyasi raisi Dilshod Odilov mehmonxonalar qimmatligini izohlagan. «Butun dunyoda xizmat sektorida, xususan, mehmonxona tarmog‘ida qo‘shimcha qiymat solig‘i mutlaqo yo‘q yoki juda ham katta farq bilan iqtisodiyotda o‘rnatilgan QQSdan past stavkada belgilangan. Masalan, turizmi yaxshi rivojlangan Turkiyada QQS 18 foiz qilib belgilangan, ammo mehmonxonalar uchun 8 foiz. Germaniya, Gretsiya, Fransiya – hammasida mehmonxonalar uchun QQS kamida 2 barobar past. Bizda bir xil 15 foizlik stavka belgilangan. Lekin O‘zbekistonda qo‘shimcha qiymat solig‘i mavzusini ko‘tarishga yuqoriroq turadigan tashkilotlarning «allergiya»si bor. Chunki QQS davlat budjetiga asosiy tushum keltiradigan soliq hisoblanadi. O‘zbekistonda mehmonxonaning soliq yuki biz olgan raqamlar bo‘yicha 37 foizga to‘g‘ri keldi. Buncha soliq yuki bo‘lishi juda katta raqam. Natijada mehmonxona xizmatlari narxini 37 foizga ko‘paytirishga to‘g‘ri keladi. QQS tufayli, Turkiya va O‘zbekistondagi bir mehmonxonaning egasi bir xil pul topgan taqdirda, Turkiya mehmonxonasi O‘zbekistondagi mehmonxonadan 10 foiz arzon bo‘la oladi. Masalan, Turkiyada bitta xona 90 dollar bo‘lsa, O‘zbekistonda aynan shuncha pul topish uchun xonani 100 dollarga sotish kerak. Bu mehmonxona egasining aybi emas, bu tizimning xatosi», deb ta’kidlagan Dilshod Odilov. 4. Prezident Shavkat Mirziyoev raisligida 26 aprel` kuni turizm xizmatlari ko'lamini kengaytirish va infratuzilmasini rivojlantirish chora-tadbirlari bo'yicha videoselektor yig'ilishi o'tkazildi. Dunyoda pandemiya paytida o'rnatilgan cheklovlar birin-ketin kamayayotgani tufayli turizm industriyasi tiklana boshlayapti. Joriy yil birinchi chorakda yurtimizga xorijdan 610 ming nafar yoki o'tgan yilning shu davriga nisbatan 2 baravardan ziyod turistlar kelgan. Keyingi oylarda yanada ko'p turistlar kelishi kutilmoqda. Yig'ilishda turizm infratuzilmasining bunga tayyorlik darajasi tahlil qilinib, kamchiliklar ko'rsatib o'tildi. Xususan, Qoraqalpog'iston, Andijon va Qashqadaryoda mehmonxona o'rinlari etishmaydi. Navoiy, Jizzax, Surxondaryo, Qashqadaryo va Toshkent viloyatlarida katta imkoniyatlardan foydalanilmayapti. Yoshlarga mos turistik xizmatlar juda kam. “Oilaviy” va “barchasi ichida” xizmatlarni joriy qilish ishlari sust. Hududlardagi 206 ta termal va mineral suvli buloqlarning 18 tasidan foydalanilmoqda, xolos. Misol uchun, Qamchiq dovonida joylashgan Arashan ko'llari suvining harorati qishin-yozin 36 gradus issiqlikda bo'lib, xorijiy kurortlardan qolishmaydi. Yoki, Chimboy, Qorao'zak va Taxtako'pirda er ostidan 40-70 gradus issiqlikda chiqadigan termal buloqlar atrofida sanatoriya-kurortlar tashkil qilish mumkin. Sayyohlarni jalb qilishda yurtimizdagi 122 ta muzey salohiyatidan ham foydalanilmayapti. Ularda 2 million 500 mingdan ortiq ashyolar bo'lib, shundan 112 mingtasi jahon tarixi va madaniyati uchun ham noyob hisoblanadi. Yig'ilishda shu kabi imkoniyatlarni ishga solib, turizm sohasida pandemiyagacha bo'lgan ko'rsatkichlarni tiklash, xizmatlar ko'lamini kengaytirish chora-tadbirlari muhokama qilindi. Avvalo, har bir viloyatda turistlarni o'ziga ohanraboday jalb qiladigan yirik loyihalarni amalga oshirish zarurligi ta'kidlandi. Masalan, Namangandagi “Afsonalar vodiysi”, Bo'stonliqdagi “Amirsoy” majmualariga kuniga minglab xorijiy va mahalliy turistlar boradi. Xorijiy investorlar ishtirokida Xonobodda yana bir shunday loyiha boshlangan. Prezident yurtimizda bunday joylar ko'pligini ta'kidlab, qator imkoniyatlarni ko'rsatib o'tdi. Xususan, Boysunda dunyodagi eng chuqur g'orlardan biri hisoblangan Boybuloq, neandertal odam qoldig'i topilgan Teshiktosh g'orlari, qadimiy ellin madaniyati yodgorligi bo'lmish Uzundara qal'asi bor. Tumanning tabiati, iqlimi ham zo'r. U erda mehmonxona, kemping, “dor yo'li”, turistlar uylari tashkil etish orqali 500 ming sayyohni jalb qilsa bo'ladi. Bunday imkoniyatlar Bo'stonliqdagi Tovoqsoy, Ohangarondagi Ovjasoy, Angrendagi Yangiobod, Shahrisabzdagi Miraki, Yangiqo'rg'ondagi Nanay, Popdagi Chodak qishloqlarida ham bor. Shuningdek, Nukusdagi Ashshiko'l, Buxorodagi Zikriko'l, Jizzaxda Aydarko'l va Tuzkon ko'lida xuddi Chorvoqdagidek cho'milish zonalari tashkil etish mumkinligi ta'kidlandi. “O'zbekiston turizm magistrali” bo'ylab, 31 ta tuman va shahar hududidan o'tuvchi yo'llar bo'yida avtoturargoh, kemping, avtoservis, ovqatlanish, yoqilg'i quyish kabi xizmatlarni qamrab olgan “Karvonsaroy”lar barpo etish choralari belgilandi. Toshkent shahrida xorijiy turistlar uchun kamida 3 kunga mo'ljallangan “1 ming dollarlik xizmatlar to'plami” shakllantiriladi. Bu dastur yil davomida ishlaydigan akvapark va mavzuli parklar, gastronomik va savdo ko'chalari, jonli ijro kontsertlari, shou va festivallarni o'z ichiga oladi. Yig'ilishda ichki turizmni rivojlantirish masalalariga alohida e'tibor qaratildi. Bu boradagi ko'rsatkichni 10 million nafarga etkazish vazifasi qo'yilar ekan, buning imkoniyatlari ham belgilab berildi. Xususan, 1 iyuldan boshlab, turizm qishloqlarida mehmon uylari, ovqatlanish va savdo shoxobchalari, ko'ngilochar joylar tashkil etgan tadbirkorlar uch yil davomida aylanmadan olinadigan soliq va ijtimoiy soliqni 1 foiz stavkada, mol-mulk, er, suv soliqlarini hisoblangan summadan bor-yo'g'i 1 foizini to'laydi. Oilaviy tadbirkorlik dasturlari doirasida, bunday qishloqlarda mehmon uylari tashkil etishga 50 million so'mgacha, o'tov va eko-uylar majmuasiga 300 million so'mgacha, chodirli lagerlar qurishga 300 million so'mgacha kreditlar beriladi. Har yili turizm qishloqlarining 200 nafar yoshlari byudjet hisobidan Turizm texnikumlarida bepul o'qitiladi. Hokimlarga turizm qishloqlarida yo'l, elektr energiyasi, ichimlik suvi, aloqa tarmoqlarini yaxshilash bo'yicha topshiriqlar berildi. Bunga joriy yilda respublika byudjetidan 250 milliard so'm ajratiladi. Shu bilan birga, xorijiy turistlarga sayohatning barcha bosqichlarini tashkillashtirishga ko'maklashuvchi saytlar, mobil ilovalar yaratish zarurligi ta'kidlandi. Turistlarni jalb etish va sayohatlarni mazmunli o'tkazishda madaniy tadbirlar ham muhim o'rin tutadi. Yurtimizda 186 xil xalqaro va mahalliy festivallar tashkil etiladi. Ular orqali qo'shimcha 1 million xorijiy va 5 million nafar ichki turistlarni jalb qilish imkoniyati bor. Mutasaddilarga ushbu tadbirlarni yuqori saviyada va xavfsiz tashkil etish, butun dunyoga keng targ'ib qilish bo'yicha ko'rsatmalar berildi. Joriy yilda Navro'z bayrami munosabati bilan qo'shimcha dam olish kunlari belgilangani, 250 ta mehmonxona va muzeylarda chegirma berilgani, ziyorat ob'ektlari bepul qilingani ichki turizm uchun katta turtki berdi. Buning natijasida Buxoro va Samarqandga qo'shimcha 110 ming mahalliy turistlar borgan. Kelgusi haftada Ramazon hayiti munosabati bilan ham xalqimizga yana 5 kunlik dam olish beriladi. Davlatimiz rahbari bunday ishlarni faqat bayramlar arafasida emas, balki yil davomida tizimli ravishda tashkil etish zarurligini ta'kidladi. Shu maqsadda, bu yildan boshlab barcha davlat tashkilotlari xodimlari uchun yiliga bir marta mahalliy sayohatga chiqish xarajatlarining 20 foizini byudjetdan tashqari mablag'lar hisobidan qoplash amaliyoti yo'lga qo'yilishi belgilandi. Bundan tashqari, 1 sentyabrdan boshlab, yurtimiz bo'ylab sayohat qilayotgan fuqarolarga avia, temir yo'l va avtobus chiptalari narxining 15 foizi, mehmonxona xarajatining 20 foizi, muzey va boshqa madaniyat ob'ektlariga chipta narxining 50 foizini qaytarish tizimi joriy etiladi.Muzeylar faoliyatini samarali tashkil etish ham turizmni rivojlantirishda muhim ahamiyatga ega. Shu bois, respublika bo'yicha barcha muzeylar eksponatlarini to'liq xatlovdan o'tkazib, ularning elektron bazasini yaratish, muzeylar rahbar va xodimlarining malakasini oshirish bo'yicha ko'rsatmalar berildi. Muzeylarning ko'rgazma maydonlari kamligi sababli atigi 1 foiz eksponat namoyishga qo'yilgan. Qolaversa, aholining uzoqdagi muzeylarga borish imkoniyati yo'q. Shuning uchun, “San'atni xalqqa yaqinlashtirish” dasturi doirasida hududlarda muzeylarning ko'chma ko'rgazmalarini tashkil qilish kerakligi aytildi. Yurtimizdagi 4 ming 500 dan ortiq arxeologiya yodgorligini ochiq osmon ostidagi muzeylarga aylantirish vazifasi qo'yildi.Sayyohatlarni tashkil etishdagi eng muhim vositalardan biri transportdir. Hozirgi kunda transport xarajatlarining yuqoriligi xorijiy turistlarni jalb qilishda asosiy to'siqlardan biri bo'lib qolmoqda. Xalqaro va mahalliy yo'nalishlarda “loukoster”lar ko'p emas. Zamonaviy “Afrosiyob” poezdiga chipta olish uchun bir necha hafta oldin murojaat qilish zarur. Shu bois, Transport vazirligiga turizm sohasida transport infratuzilmasini yaxshilash bo'yicha topshiriqlar berildi. Sayyohlarning aviaqatnovlarga bo'lgan talabini qondirish maqsadida 1 iyuldan boshlab, “Ziyorat turizmi” dasturi doirasida xorijiy aviakompaniyalarga ko'rsatiladigan xizmatlarga 50 foizgacha chegirmalar joriy qilinadi. 1 oktyabrga qadar mahalliy aviaqatnovlarga mo'ljallangan yangi “Silk avia” kompaniyasi tashkil etiladi. Xarajatlarni kamaytirish maqsadida 9 ta samolyot to'liq ekonom-klassga o'tkaziladi. 5. Hozirgi vaqtda butun dunyoda, jumladan, O‘zbekistonda ham iqtisodiyotining noishlab chiqarish sohalaridan biri xususan turizm sohasiga katta e’tibor kuchayib bormoqda. Insonlar borgan sari o‘zlarining bo‘sh vaqtlarini samarali o‘tkazishga, dam olishga, sog‘ligini tiklashga, dunyoni, xalqlarning urf odatlarini, qadriyatlarini bilishga intilmoqda. Bundan tashqari, insoniyat har doim o‘zining harakat doirasini o‘zgartirib, yangi erlarni kashf qilishga intilgan. XX asrga kelib bunday intilishlar kuchaydi va turizm industriyasining rivojlanishiga katta turtki bo‘ldi. O‘tgan 2008 - yilda dunyo aholisining har to‘rtinchisi sayohat qilgan. Ayrim mamlakatlarda turizm sohasi juda ham barqaror rivojlanib bormoqda va ularning har yillik o‘sish sur’ati 8 -10 % gacha boradi. Bu davlatlarga Ispaniya, Italiya, Fransiya, AQSh va boshqa mamlakatlarni kiritish mumkin. Shunisi qiziqki turizm rivojlanishi bilan bir qatorda transport, bozor infratuzilmasi, savdo - sotiq, oziq-ovqat tarmoqlari, qurilish, hunarmandchilik hamda boshqa xizmat ko‘rsatish sohalari rivojlanib ketadi. Respublikamiz xalqaro turizmni rivojlantirish uchun juda boy imkoniyatlarga ega. Bularga «Buyuk Ipak yo‘li»ning shoh tomiri respublikamizdan o‘tganligi, butun dunyoga mashhur tarixiy va madaniy shaharlarimiz Samarqand, Buxoro, Xiva, Shaxrisabz, Qo‘qon, Toshkent va boshqa shaharlar, tabiiy va sog‘lomlashtirish resurslariga boy mintaqalarimiz Chimyon, Shohimardon, Zomin, Boysun, Sherobod va boshqa shaharlar kiradi. Hozirgi kunga kelib O‘zbekistonda turizmni rivojlantirish uchun asos solindi deb hisoblasa bo‘ladi. Bunga dalil sifatida 1995 yil 2- iyundagi «Buyuk Ipak yo‘li»ni qayta tiklashda O‘zbekiston Respublikasi ishtirokini avj oldirish va respublikada xalqaro turizmni rivojlantirish to‘g‘risida»gi farmonining Prezidentimiz tomonidan qabul qilinishidir. Bu farmonga binoan turistik korxonalar bir qator soliq imtiyozlarga ega bo‘lishdi. Bu farmon «Buyuk Ipak yo‘li»da joylashgan tarixiy va madaniy shaharlarda turistik yo‘nalishlarning rivojlanishiga turtki bo‘ldi. Ming yillar davomida «Buyuk Ipak yo‘li» Osiyo va Ovropa xalqlarini birlashtirishning ahamiyatli va samarali usuli hisoblanib kelgan. Xuddi shu yo‘l bo‘ylab tovarlar, bilimlar, texnologiyalar, madaniyatlar almashuvi amalga oshirilgan, natijada shaharlarning, davlatlarning rivojlanishiga ko‘maklashib kelgan. Hattoki, hozirgi vaqtda bu yo‘l insoniyat uchun global ahamiyatga ega bo‘lganligini baholash qiyin. Ammo, o‘zining faoliyatini tugatgandan keyin ham unga qiziqish yo‘qolib ketmadi. Ayniqsa, transport va axborot aloqalarining, sanoat ishlab chiqarishning, tovar va xizmatlarning savdosini hamda, Osiyo va Ovropa mintaqalarining integratsiya jarayonlariga faol qatnashuvi «Buyuk Ipak yo‘li»ning «ikkinchi nafasi»ni olganini ko‘rish mumkin. «Buyuk Ipak yo‘li»da xalqaro turizmni rivojlantirishning bir ko‘rinishi bo‘lib, janubiy - sharqiy Osiyoni Ovropa bilan bog‘lab turadigan global Transosiyo transport liniyasini shakllantirish hisoblanadi. U o‘z ichiga Yaponiya, Xitoy, Hindiston, O‘zbekiston, Tojikiston, Turkmaniston, Qozog‘iston, Kavkaz davlatlari, G‘arbiy Osiyo (Pokiston, Eron) davlatlari va albatta Ovropa davlatlarini qamrab oladi. E’tiborga olish kerakki TRASEKA loyiha doirasida «Delfin» izlanishi o‘tmoqda. Bu izlanishning mazmuni karvon - saroylarni tashkil qilishning texnik - iqtisodiy asoslanishi, ekspertlarning fikriga ko‘ra, bu «Buyuk ipak yo‘li»ning rivojlanishiga va xalqaro hamkorlikning samarali natija berishiga yordam beradi, chunki O‘zbekiston va Turkmanistonning asosiy yo‘nalishlarida yoqilg‘i stantsiyalari, turar joylar, ovqatlanish punktlari va telekommunikatsiya zonalarining qurilishi yangi turistik zonalarning shakllanishiga hamda turistik avtotransportning paydo bo‘lishiga olib keldi. Butunjahon Turistik Tashkiloti ekspertlari «Buyuk Ipak yo‘li da qatnashishiga qarab, qatnashuvchi davlatni 3 qismga ajratgan. Birinchi qismga o‘ziga xos turizm milliy modelini shakllantira boshlagan O‘rta Osiyo va Kavkaz davlatlari kirgan. Bu yo‘nalishda Butunjahon Turistik Tashkiloti asosiy masala qilib, turg‘un rivojlanish dasturini tuzishda, turistik tarmoqqa investitsiyani jalb qilishda, qonunchilikni ishlab chiqishda va kadrlarni tayyorlashda ko‘maklashishi hisoblanadi. Ikkinchi qismga «Buyuk Ipak yo‘li» ob’yektlarini o‘z ichiga olgan va turistik mahsuloti bilan aniq tajribaga ega bo‘lgan davlatlar kiradi. Bular Xitoy, Pokiston, Hindiston, Eron, Gretsiya va Turkiyalardir. BTT ning ekspertlari fikriga ko‘ra bu yerda xalqaro tashkilot «Buyuk Ipak yo‘li» nomli turistik mahsulotning sotilishini rag‘batlantirishi mumkin. Uchinchi qism esa, qadimgi aloqanlaring oxirgi nuqtalarini o‘z o‘ichiga qamrab oladi. Bularga bir tomondan Yaponiya, Koreya, ASEAN davlatlari kiradi. Bu yerda Butunjahon Turistik Tashkilotining vazifasi «Buyuk Ipak yo‘li»ni targ‘ibot qilish deb hisoblanadi, chunki bu davlatlar nafaqat katta turistik oqimni ta’minlaydi, balki mazkur yo‘l bo‘ylab turizm uchun yetakchi bozorlar hisoblanadi. «Buyuk Ipak yo‘li» turistik mahsulot mavqeining ko‘tarilishi uchun albatta fundamental asos bo‘lishi kerak. Uni sotish uchun barcha davlatlarning faol hamkorligi kerak. Chunki xususiy sektor va davlat sektori, xalqaro va milliy tashkilotlar, alohida turoperatorlar va mehmonxona komplekslari munosabatlarisiz amalga oshirib bo‘lmaydi. Butunjahon Turistik Tashkilotining «Buyuk Ipak yo‘li» loyiha bo‘yicha yig‘ilishi 1996-yilda Xitoyda bo‘lib o‘tdi, bunda mahsulotning marketingiga oid masalalar ko‘rib chiqildi. «Buyuk Ipak yo‘li»da turizm bo‘yicha ikkinchi anjuman ham ahamiyatli bo‘lib o‘tdi. Ekspertlar fikriga ko‘ra bu yerda «Buyuk Ipak yo‘li»ning asosiy turistik resurslari: diqqatga sazovor joylar, madaniy va tarixiy ob’yektlar, joylashtirish vositalari, transport va axborot markazlari shakllandi. Bu tadbirlardan keyin ushbu loyiha rivojlana boshladi. Ammo, hamma muammolar yetarlicha yechilmagan edi, shuning uchun ham 1997-yil aprel oyida Tehronda «Buyuk Ipak yo‘li» bo‘yicha ikkinchi xalqaro yiq‘ilish bo‘lib o‘tdi. Bunda quyidagi masalalar shakllandi: «Buyuk Ipak yo‘li» mintaqalarini xalqaro targ‘ibot qilish, bu turistik ma’lumotni reklama qilish uchun global axborot kommunikatsiya tarmoqlaridan (xususan Internet) foydalanish. 1994-yildan boshlab Butunjahon Turistik Tashkiloti «Buyuk Ipak yo‘li» loyihani barcha yirik xalqaro yarmarkalarda: Berlinda TTV, Londanda WTM va Madridda FJTUR faol targ’ibot qila boshladi. Butunjahon Turistik Tashkilotining bashoratlariga ko‘ra, 2020-yilga kelib dunyoning asosiy turistik yo‘nalishlari bo‘lib Xitoy hisoblanadi. Bu davlat hozirgi kunda 22 mln. turist qabul qila olishligi bilan oltinchi o‘rinni egallaydi va o‘rtacha yillik 8 % o‘sish bilan Xitoyga keladigan turistlarning soni 137 mln.ga, Gonkongga esa 59 mln. kishiga yetib, birinchi o‘rinni egallaydi. Bundan kelib chiqib, «Buyuk Ipak yo‘li» loyihaga ishtirokchilarning oldida turistik mahsulotni shakllantirishda bu davlatlarni hisobga olish masalasi turibdi, masalan, Germaniya - O‘zbekiston - Xitoy, Fransiya - O‘zbekiston - Gonkong va boshqalar. Turistlarning yillik xarajatlari 5 mlrd. dollarga yetishini hisobga olsa, O‘zbekiston ham bu valyutaning ayrim qismini shaklllantirishga va o‘zlashtirishga yetarli imkoniyati bor. Chunki «Buyuk Ipak yo‘li» bo‘ylab Xitoyga sayohat qiluvchi turistlarning asosiy qismi respublikamiz orqali harakat qiladi. Bu degani xorijiy turistlarning mamlakatimizdagi turistik ob’yektlardan va transport vositalaridan foydalanganliklari uchun ma’lum bir valyutaning davlat budjetiga tushishini ta’minlaydi. Shuning uchun ham xorijiy turistlar uchun «Buyuk Ipak yo‘li» bo‘ylab transport (tranzit) yo‘nalishlarini ishlab chiqish va amalga oshirish lozim. Bu masalada madaniy va bilim qabul qilishga qaratilgan turizm eng katta qiziqish tug‘diradi. Masalan, 2008-yilda O‘zbekistonga 915 ming tashrif qiluvchilar keldi, bulardan 5,6 % turistik maqsadlar bilan, 74,4 % xususiy viza bo‘yicha, qolgan 20 % boshqa turli xil maqsadlarda sayohat qilganlar. Ko‘pchilik tashrif qiluvchilarni davlatning tarixi, madaniyati va diniy obidalari qiziqtirgan. O‘zbekiston hayotida bo‘lib o‘tayotgan madaniy tadbirlar, masalan, allomalarning va shaharlarning tantanalari nafaqat musulmon davlatlari, balki Yevropa va boshqa davlatlarida keng targ‘ib qilinib, «Buyuk Ipak yo‘li»ni va taklif qilinayotgan mahsulotni yangi ahamiyatga ko‘tardi. O’zbekistonda turizm industriyasi o’tgan XX asrning 20-yillaridan boshlab sekin-asta rivojlana boshlagan. Turizmning ayrim turlari, shu jumladan odamlar yashab turgan manzillardan o’zga joylarga, yurtlarga, viloyatlarga borish, piyoda sayr etish, Toshkent, Samarqand, Buxoro, Xiva kabi qadimiy shaharlarga borish, Burch-mullo, Ohangaron, Chimyon, Omonqo’ton, Urgut, Ohalik tog’ va tabiat manzillariga har xil ―yurishlar‖ uyushtirish kabi turlari rivojlana boshlagan. O’zbekiston va uning viloyatlarida turistik-ekskursiyali harakatlarni tashkil etish va turizm infratuzilmalarini rivojlantirish maqsadida O’zbekiston Narkomprosi‖da va uning viloyatlar bo’limlari qoshida ―Turistik ekskursiya byurolari va uyushmasi‖ tashkil etildi va bu ―byurolar‖ asosan o’lkashunoslik va tarixiy arxitektura yodgorliklarini o’rganish, yaqin va o’zoqroq joylarda bo’lgan qadimiy shaharlarga turistik ekskursiyalar tashkil etish bilan shug’ullandilar. XX asrning 30 yillarida O’zbekistonda turizmga bo’lgan qiziqish yanada kuchayib bordi. Turistik-ekskursiyali ishlarining tashkiliy-uslubiy rahbarligi Xalq Maorifi Komissar‖ligining ―Bosh siyosiy Oqartuv komiteti‖ga topshirildi. Turizm tashkilotchilarini maxsus markazini tashkil etish to’g’risida masala qo’yildi va ekskursiyali markaz hisoblangan ―stansiya‖lar ekskursovodlarni tayyorlay boshladilar. Mavjud bo’lgan turizm va ekskursiya tarmoqlarining tuzilmalarini kengaytirish boshlandi va yaqin hamda uzoq joylarga yuboradigan ekskursiya bo’limlari ochila boshlandi. Moskvada VAO Inturist‖ ochildi. Sovet turisti‖ jamiyati tuzilib u ―proletar jamiyati‖ bilan qo’shildi. Bu jamiyat faoliyati davlat boshqaruvi asosida olib borildi, ya’ni uning tashkiliy-boshqaruv tuzilmalarining Territorial tamoyili bo’yicha tuzildi. Proletar turizmi va ekskursiya‖ jamiyati tugatilib, uning moddiy-texnikabazasi Butunittifoq Markaziy Kasaba Uyushmalari Kengashi (VSSPS) ga olib berildi va uning qoshida ―Turistik-ekskursiyali‖ boshqarma tuzildi. Samarqand viloyatidagi shahar va qishloqlarida ham ―Rossiya hissadorlik jamiyati‖, ―Proletar turizmi‖ firmalari va keyinchalik ―Sovet turizmi‖ shahobchalari turistik faoliyatlarini olib bordilar. Mamlakatimizda turizm industriyasi masalalari ―davlat siyosati‖ darajasiga ko’tarilgan va turizm industriyasi muammolari bilan bevosita shug’ullanish Butunittifoq Markaziy Kasaba Uyushmalari Kengashi (VSSPS) qoshida ―Turistik-ekskursiyali uyushmasi‖ (TEU) tuzildi va bu tashkilot turistik marshrutlar tuzish bilan shug’ullandi. Toshkent-Samarqand-Buxoro-Xiva-Shahrisabz shaharlari o’rtasida temiryo’l va avtomobil hamda havo yo’llari turistik marshrutlari tashkil qilindi. Turistik hududlarda turizm industriyasi va uning infratuzilmalari tuzila boshlandi. Turistik markazlarda Sovet va mahalliy turistlar uchun kommunal xo’jaligi‖ mehmonxonalari va umumiy ovqatlanish shaxobchalari qurila boshlandi. Sovet imperiyasining ―Temir parda‖lari o’tgan XX asrning 50-yillar oxirlarida ochila boshlagan. Dunyo hamjamiyati o’rtasidagi yoshlarni o’zaro birligini mustahkamlash maqsadida Sputnik‖ Xalqaro yoshlar turizmi byurosi tuzildi. Bu tashkilot nafaqat chet el yoshlari guruhlarini qabul qilish va Sovet turizmini chet el mamlakatlariga targ’ibot qilish bilan ham shug’ullandi. Shu yili ilk bor 4 kishidan iborat Xalqaro turistlar Angliyadan O’zbekistonga kelgan. Ular Toshkentdagi ―Toshkent‖, Samarqanddagi ―Zarafshon‖ mehmonxonalarida to’xtaganlar. Bu sayyohlar Samarqand tarixiy arxitektura yodgorliklarini ko’rib, mahliyo bo’lib va O’zbekistondan olgan taasurotlarini Angliya fuqarolariga tashviqot etganlar. Rossiya Federasiyasida faoliyat ko’rsatib kelayotgan ―VAO INTURIST‖ tomonidan Toshkent, keyinchalik Samarqand (―Zarafshon‖ mehmonxonasida) vaBuxoro shahrida agentliklari ochildi. Xalqaro turistlar Toshkent, Samarqand, Buxoro, Xiva, Shahrisabz shaharlariga kela boshladilar. SSSR Ministrlar Soveti va VSSPSni ―Mamlakatda ekskursiyalarni yanada yaxshilash to’g’risida‖gi qo’shma qarori e’lon qilindi. Bu qarorga muvofiq Respublika hududida turistik ekskursiya tashkilotlarini daromadli, aholiga xizmat qila oladigan yirik tarmoqqa aylantirish maqsadida Turizm va ekskursiyalar bo’yicha Kengashlar‖ faoliyat boshladi. Respublikada 29 ta, shu jumladan Samarqandda 4 ta ―Turizm va ekskursiya byurolari‖ tuzildi. O’zbekiston Respublikasining Prezidenti I.A.Karimovning O’zbekturizm‖ Milliy Kompaniyasi to’g’risida‖gi farmoniga muvofiq eski ―Sovet turizmi‖ tizimi o’rniga ―O’zbekturizm‖ Milliy Kompaniyasi tuzildi va ungacha turistik faoliyat ko’rsatib kelgan ―VAO Inturist‖, ―Turizm va ekskursiya bo’yicha Respublika Kengashi‖, ―Sputnik‖ kabi turistik tashkilotlarning moddiy-texnika bazasi uning ixtiyoriga berildi. Respublikada davlatning turistik yagona siyosatini olib boruvchi turistik respublika tashkiloti tuzildi va uning tashqi iqtisodiy faoliyati shakllandi. Turizm industriyasi sohasida boshlangan iqtisodiy islohotlar davom etdi. Bu davrda turizm industriyasida iqtisodiy o’zgarishlar yuz berdi va turizm rivojlanishining ―milliy modeli‖ tuzildi. Dunyo turistik andozalariga javob bera oladigan milliy turizm shakllandi, xizmat ko’rsatish infratuzilmalari isloh qilindi: Chegara, bojxona, aeroport va transport vositalari xizmatlari yanda soddalashtirildi va yaxshilandi. Respublika turizm industriyasining boshqaruvi tarmoq miqyosidagi ko’p mulkchilik hozirgi holati va unda xususiy mulkning ustuvorlik tamoyili, xususiy turistik biznesning ulushini yalpi ichki mahsulotda tobora ortib borishi, Xalqaro turistik andozalari darajasiga ko’tarish masalalarida xususiy biznesni va tadbirkorlar miqdorini yanada ortib borishi, xususiy mulkdorlar foydasiga qaytadan rasmiy ravishda ko’rib chiqishni taqozo etadi. Chunqi tarmoq miqyosida nohukumat ijtimoiy turistik firma va korxonalar, eng avvalo, milliy xususiy turistik korxonalar, tashkilotlar shaklida ko’payib, bu sohada ular o’z mazmun va ahamiyatiga ega bo’lib bormoqdalar, Xalqaro turistik firmalar darajasiga chiqishga harakat qilmoqdalar. Hozir Respublikada xususiy turistik firma va tashkilotlarning soni 900 ga yaqinlashib qoldi. Samarqandda esa 150 dan oshiqdir. Shunday qilib, Respublikada turizm industriyasi vujudga keldi va mamlakat iqtisodiyotida muhim ahamiyatga egadir. Turizm industriyasida har yili 95 mlrd.so’mga yaqin turistik mahsulot yaratilmoqda va bir millionga yaqin chet el va mahalliy turistlarga xizmat ko’rsatilmoqda. Turizm-bir butun falsafiy tushuncha bo’lib, odamning hayoti va faoliyatining ma’lum tomonlarini aks ettiradi. Bu - dam olish, sust yoki faol sayr-tomosha, o’yin-kulgi, ermak qilish, sport, fan, o’rab olgan muhitni o’rganish va bilish, savdo, davolanish, qimor o’ynash va odamni qiziqtiruvchi boshqa narsalar bilan bog’liq bo’lgan faoliyatdir. Ammo, turizm insonning faoliyatlaridan tubdan farq qiladigan soha bo’lib insonning boshqa yurtlarga, mamlakatlarga, kontinentga, o’zining yashab turgan muhitidan farq qiladigan joyga vaqtincha o’zgartirishni tavsiflaydigan harakatdir. Turizm bu: a) turizm aniq maqsadlarga ega bo’lgan maxsus ommaviy sayohatlar turidir, ya’ni turistik faoliyatdir; b) turistik sayohatni tashkil etish va amalga oshirish bo’yicha turistik firma va tashkilotlar faoliyatidir. Bunday faoliyat turizm sanoatining har-xil korxonalari va tashkilotlari orqali o’zaro aloqasi bo’lgan tarmoqlar orqali amalga oshiriladi. Hozirgi zamon turizm industriyasi shakli va holati XIX-XX asrda haqiqatdan tez rivojlanishi, texnika va texnologiya ijtimoiy munosabatlarini taraqqiy etgan davrda vujudga keldi va dunyoga tarqaldi. Bugun turizm qudratli dunyo sanoati bo’lib jahon yalpi mahsulotining 10-12 %ni tashkil etgan yirik kapital va asosiy vositalarni, millionlab xizmatchilarni o’z domiga tortgan ishlab chiqarish sohasi hisoblanadi. 2010-2017 yillar davomida sayohatchilarning yillik miqdori 10%ni tashkil etgan bo’lsa, Butunjahon Xalqaro Turistik tashkilotining bergan ma’lumotiga qaraganda 2012 yilda turistlar soni 194 ming. 2013 yilda 616 ming, 2015 yilda 900 ming., 2017 yilda 1 mln. 800ming kishini tashkil etdi. Turizm industrisidan kelayotgan umumiy daromad 2018 yilda 1 trillionga yaqin bo’ladi. Turizm industriyasi yirik biznes, mo’l-ko’l boylik va dunyo ahamiyatiga ega bo’lgan iqtisodiy siyosatdir. Bunday katta miqdorda bo’lgan turistlar xizmatini olib borishga dunyo bo’yicha ko’p millionli mutaxassis va xodimlar bir-biriga bog’liq bo’lgan tarmoqlar band bo’ladi. Hozirgi vaqtda dunyoda ishlaydigan har 15 kishidan biri turizm industriyasi sohasida ishlaydi. Demak, o’zining tutgan o’rni va mavjud shart-sharoitlardan kelib chiqsak, turizm – bu iqtisodiy, siyosiy va sosial tushunchadir. Boshqacha aytganda turizm – bu kishilarning bo’sh vaqtida o’zining doimiy yashab va ishlab turgan joyidan o’zga mamlakatlarga, joylarga, mamlakat chegarasidan tashqariga yoki mamlakat bo’ylab ko’ngil ochish, dam olish, davolanish, mehmonnavozlik, dunyoni bilish, diniy yoki kasb-hunar maqsadida bir joydan ikkinchi joyga ko’chishi, lekin borgan joyida haq to’lanadigan ishni band etmasligi turizm industriyasi faoliyati bilan bog’liq tushunchadir. Shunday qilib turizm industriyasi deganda mehmonxonalar va boshqa joylashish vositalari, transport xizmatlari, umumovqatlanish ob’yektlari, ko’ngil ochish, bilish, o’rganish, davolanish, din va boshqa ob’yektlar va vositalar, turoperatorlik, turagentlik faoliyatini amalga oshiruvchi hamda turistik ekskursiya, gid-tarjimonlik xizmatlarini ko’rsatadigan tashkilotlar va korxonalar majmuiga tushunamiz. Turizm industriyasi sohasidagi ikki sub’yekt: turoperatorlik va turagentlik bo’lib, ular turistik xizmatlarini ishlab chiqaruvchilar va realiazasiya qiluvchilar o’rtasida vositachilik vazifasini bajaradilar. O’z navbatida ularning faoliyati ham turistik mahsulot tarkibiga kiradi. Jahon xalqaro turizmi sohasidagi barcha mutaxassislar turizm industriyasi rivojlanishi asosida iqtisodiy va ijtimoiy progress yotganini, shu bilan birgalikda turizm industriyasi rivojlanishiga ta’sir etuvchi omillar ham mavjudligini tasdiqlaydilar. Ular quyidagilardan iborat: Download 0.87 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling