Mavzu: Turkiyaning iqtisodiy taraqqiyotida “Turkiya modeli” va uning xususiyatlari. Reja: Kirish


II.“Turkiya modeli”ning umumiy tavsifi va turli sohalarning rivojlanishi


Download 80.05 Kb.
bet2/3
Sana29.11.2020
Hajmi80.05 Kb.
#154953
1   2   3
Bog'liq
Turkiya modeli


II.“Turkiya modeli”ning umumiy tavsifi va turli sohalarning rivojlanishi.

II.1. Turkiya iqtisodiyotining rivojlanishi va olib borilayotgan iqtisodiy siyosat.

Turkiya iqtisodiy rivojlanishida 30-yillarda kuzatilgan tarkibiy o‘zgarishlar urushdan keyingi o‘n yillikda ham jadal rivojlanishda davom etdi. Uning doimiy taraqiqiyoti (yiliga o‘rtacha 4-5%) nisbatan barqaror edi. Faqt oxirgi 50 yil mobaynida mamlakat bir qancha iqtisodiy pasayishlarni boshdan kechirgan bo‘lib (1949, 1954, 1979-1980, 1999, 2001 yillar), bu ko‘p jihatdan noqulay tashqi kon’yuktura bilan izohlanadi.8

Agar 1948 yilda YaIMning 50 foizini qishloq xo‘jaligi, deyarli 10 foizini sanoat va 40 foizini xizmat ko‘rsatish sohasi tashkil qilgan bo‘lsa, 2003 yilda qishloq xo‘jaligi 13 %ga pasaydi, sanoat ulushi (qurilish sohasini qo‘shganda) 26 %gacha o‘sdi, xizmat ko‘rsatish – 61 % bo‘ldi.

90-yillarda Turkiya o‘zining bir qancha ijtimoiy-iqtisodiy ko‘rsatkichlari bilan Sharqiy va Janubiy-Sharqiy Yevropa mamlakatlari darajasiga yaqinlashdi. Shu paytning o‘zida u G‘arbiy Yevropa mamlakatlari ancha qoloq holatda edi. Shuning uchun Turkiya yangi industrial mamlakatlar deb nomlanuvchi mamlakatlar qatoriga qo‘shilishgamuvaffaq bo‘la olmadi. Uning cheklangan imkoniyatlari quvib yetish sur’atlarini kuchaytirishga imkon bermadi va bu bir qator omillar bilan izohlanadi.

80-yillar boshlarigacha Turkiya import o‘rnini bosish strategiyasini qo‘llab-quvvatlagan bo‘lib, uni amalga oshirishdaasosiy rolni davlat bajargan. Davlat sektori yordamida yirikroq infratuzilma inshootlari va sanoat korxonalari qurilgan. Bojxona proteksionizmi, budjet tomonidan subsidiyalar ajratish va imtiyozli bank kreditlarini berish bilan bog‘liq holatdagi davlatning tadbirkorlik faoliyati zamonaviy xususiy tadbirkorlikni tezda oyoqqa turishi va rivojlanishi uchun qulay sharoitlar yaratib berdi.

80-yillardan boshlab Turkiya eksportga yo‘nalirilgan modelga o‘ta boshladi, bir qator xo‘jalik tarmoqlaridagi davlatning keskin tartibga solish va monopol holatidan voz kechildi, Turkiya iqtisodiyotini ochiq raqobatbardosh tizimga aylantirish ishlari boshlandi, xususiy sektor iqtisodiy rivojlanishning asosiy sub’ektiga aylantirildi. U 90-yillarda ilg‘or tadbirkorlik faoliyatini sanoatda, bank-kredit tizimida, turizm industriyasida va bir qator boshqa tarmoqlarda namoyon qildi.9

Davlat doimiy ravishda o‘z faoliyatini korxonalarni xususiylashtirish, o‘z investitsiyalarini qisqartirish va ularni sanoat (energetika, transport va aloqa, irrigatsiya va shu kabilar) va ijtimoiy infratuzilma (boshlang‘ich, o‘rta va qisman oliy ta’lim, ilmiy tadqiqot ishlari, sog‘liqni saqlash va boshqalar) ob’ektlarida chegaralash bilan qisqartirib bormoqda. 1984 yildan boshlab taxminan 170ta kompaniya xususiylashtirildi.

Avvalgi tartibga solishni buyruqbozlik va cheklovchi uslublaridan voz kechib davlat diqqat e’tiborini strategik rejalashtirishga, ilg‘or yo‘nalishlar, ichki rivojlanish vazifalari va boshqa mamlakatlar bilan mintaqaviy va global darajada o‘zaro hamkorlik qilishga qaratdi.

Tashqi resurslarni jalb etilishi ishlab chiqarishda ichki manbalardan samarali foydalanish imkoniyatini berdi.

Turkiyada valyuta tizimi. Turkiya milliy valyutasi Turk lirasi (TRL) hisoblanib, 1 turk lirasi 100 kurushga teng. Turkiya iqtisodiyoti deyarli ikki o‘n yillik mobaynida yuqori iqtisodiy o‘sish davrlarini ham, jiddiy iqtisodiy inqiroz davrlarini ham bosib o‘tdi.

Turkiya iqtisodiyotiyotining o‘ziga xos xususiyatlaridan biri yuqori va doimiy inflyatsiya holati hisoblanadi. Aynan ushbu holat bilan bog‘liq ravishda Turkiya milliy valyutasi 2005 yil 1 yanvardan boshlab denominatsiya (pul qiymatini o‘zgartirish) qilindi.

Mamlakat palamenti shunday qarorni qabul qildi. Turkiya lirasi oltita nolga qisqartirildi.

2-jadval.

Turkiyada inflyatsiya darajasi, 1991-2013 yillar ( foizda).


Yil

1991

1993

1995

1997

1999

2011

2012

2013

%

66

66,4

93,1

85,3

63,6

53,9

44,8

25,2

Manba: http://www.tcmb.tr/ –Turkiya Respublikasi Markaziy banki sayti, Statistika bo‘limi.

Tijorat banklarini xorijiy valyutalarga almashinuvi bo‘yicha operatsiyalarda ishtirok etishi uchun ruxsat berilgandan va rezidentlarning o‘z hisob-kitob raqamlarini xorijiy valyatada ochish muhimroq ekanligini tushunib yetganlaridan so‘ng 1983 yil dekabrida Turkiya banklarining xorijiy valyutadagi operatsiyalari kengaydi va xorijiy valyuta shaklidagi depozitlar “keng ko‘lamli pullar” ning tarkibiy qismi bo‘lib qoldi.

Ushbu holat, shu bilan birga yuqori inflyatsiya sur’atlari oqibatida milliy valyutaga nisbatan ishonchsizlik yuzaga kelib, iqtisodiyotda yuqori “dollarizatsiya qilish” jarayoni paydo bo‘ldi. Bunga albatta mamlakat milliy valyutasining yuqori darajadagi inflyatsiyasi sabab bo‘lgan Masalan, 2011 yil boshlarida 1 AQSh dollari 670 623 Turkiya lirasiga teng bo‘lgan bo‘lsa, yil oxiriga kelib 1 448 704 lirani tashkil etgan. Ya’ni milliy valyutaning qadrsizlanishi 2,16 barobarga teng bo‘lib, inflyatsiya darajasi 53 %dan iboat bo‘lgan.

3-jadval.

Turkiya lirasiga nisbatan AQSh dollarining kursi (ming lira).


Yil

1992

1994

1995

1996

1997

1998

1999

2000

2001

2002

2003

1$

6,8

29,7

45

81

152

260

420

623

1225

1505

1493

Hozirgi paytda iqtisodiy nazariyada va milliy iqtisodiyotni makroiqtisodiy tartibga solish amaliyotida bandlik va barqaror siyosatning an’anaviy konsepsiyalari bilan bir qatorda monetar siyosat, ratsional taxmin va iqtisodiyot taklifining muqobil makroiqtisodiy konsepsiyalari keng tarqaldi.

Neokeynsian maktabining yorqin zamonaviy vakillari beshta Nobel mukofotining laureatlari – Pol Samuelson, Franko Modilyani, Robert Solou, Djeyms Tobin va Lourens Kleyn hisoblanadi. 1976 yili iqtisodiyot bo‘yicha Nobel mukofoti laureati Milton Fridman iqtisodiy faollik va narx darajasini belgilashda pullar muhimroq rol o‘ynashini ko‘rsatuvchi monetar siyosatning empirik (tajribaga asoslanuvchi) va nazariy tadqiqotlarini olib borishni boshladi.

Keynsianchilarning fikriga ko‘ra erkin bozor tizimi tug‘ma illatlardan aziyat chekayotgan bo‘lib, iqtisodiy barqarorlikni ta’minlovchi mexanizmdan mahrumdir. Rejalashtirilayotgan investitsiya va jamg‘armalar o‘rtasidagi nomuvofiqlik mavjud bo‘lib, ular davriy infliyatsiya yoki ishsizlikda aks etuvchi iqtisodiy faollikni o‘zgarib turishiga olib keladi.

Ko‘pgina bozorlar raqobatbardosh bo‘lmay, ular narx va ish xaqi stavkasini egiluvchanligiga olib kelmaydi. Shunday ekan umumiy xarajatlarni o‘zgarib turishi birinchi navbatda narxlarga emas, balki ishlab chiqarish va bandlik darajasiga ta’sir ko‘rsatadi. Shuning uchun davlat iqtisodiyotni barqarorlashtirishda faol ishtirok etishi lozim; muddatli fiskal va pul-kredit siyosati kesin iqtisodiy o‘sish va pasayishlarni kamaytirish uchun zarur, aks holda uning iqtisodiy o‘sish jarayonlariga ta’sir ko‘rsatadi.

Monetar konsepsiyaning mohiyati shundan iboratki, bozorlar yetarli darajada raqobat holatida va bozor raqobatchilik tizimi makroiqtisodiy barqarorlikning yuqori darajasini ta’minlaydi.

Shunday qilib bozor raqobatchiligi ta’minlayotgan narx va ish xaqi stavkasining egiluvchanligi umumiy xarajatlar o‘zgarishi ishlab chiqarish va bandlikka emas, balki mahsulot narxi va resurslarga ta’sir ko‘rsatishiga olib keladi. Shunday qilib bozor tizimi, agar unga davlat xalaqit bermasa, sezilarli darajada makroiqtisodiy barqarorlikni ta’minlaydi.

Davlatning minimal ish xaqi stavkasi haqidagi qonuni, kasaba uyushmalarining faoliyati, qishloq xo‘jaligi mahsulotlari narxini qo‘llab-quvvatlash, biznes manfaatlaridagi monopoliya haqidagi qonunchilik, muddatli soliq va pul-kredit siyosati va boshqa chora tadbirlar narx va ish xaqining egiluvchanligi, barcha iqtisodiy tizimni davriy o‘zgarib turishi va nobarqarorligini keltirib chiqaradi.

Bu yerdan monetaristlar shunday xulosa chiqaradilar: pul-kredit muassasalarining boshqaruvchilari real YaMM o‘sish darajasida pul taklifi o‘sish sur’atini barqarorlashtirishlari kerak (monetar qoida).

1986 yil oktabrida Erzuremdagi Turkiya palatalari Ittifoqining yig‘ilishida T.Ozal so‘zga chiqib quyidagilarni bayon qildi: - “Aralash iqtisodiyot bo‘yicha so‘z o‘yini nihoyasiga yetdi. Hozirda aralash iqtisodiyot mavjud bo‘lmay, erkin iqtisodiyot tizimi mavjud, modomiki unda o‘yin qoidasi aniq belgilangan va undagi har kim ushbu qoidalarni biladi. Iqtisodiyotdagi davlat roliga kelsak u ushbu qoidalarni nazorat qilib borishdan iborat – bozor faoliyati erkin amalga oshirilmoqdami yoki ma’lum aralashishlar orqali cheklanmoqdami… Agar o‘tgan 80 yil ichida hukumat tepasiga kelgan ikkita siyosiy yo‘nalishni, ular konsepsiyasini ko‘rib chiqsak, ular asosida aralash iqtisodiyot g‘oyasi yotadi, ular o‘rtasidagi farq yoki davlat, yoki xususiy sektorning ko‘p yoki oz darajadagi rolidan iborat. Shuning uchun men shuni aytmoqchimanki: bundan buyon uning o‘rniga erkin demokratik tizim keldi va u Turkiya tuzilmasini tashkil qiladi. Orqaga qaytish mumkin emas. Ushbu erkin tizim barcha bo‘g‘inlarda faoliyat yuritilishi davr talabi. Bu albatta ma’lum bir vaqtni talab qiladi.....

Umuman iqtisodiy siyosatdagi davlat roli, davlat sektori roli qanaqa? Men yuqorida ta’kidlaganimdek – davlat roli – bu ma’lum ma’noda iqtisodiyotni boshqarish, boshqacha aytganda iqtisodiyotni rivojlantirishda qandaydir aniq bir yukni olmaslik. Davlat – iqtisodiyotda taqsimotchi, arbitr: xato qilib qo‘ymaslik uchun u makrodarajada aralashib turadi.

Davlat roli shundaki kimdir o‘ziga olish imkoniyatiga ega bo‘lmagan holatlarda davlat o‘z zimmasiga oladi. O‘z mohiyati jihatidan davlat – ota emas, u o‘z muassasalari orqali xalqqa xizmat qiladi. Xato qilinayotgan tomonlardan biri shu: biz davlatni “otamiz” deb hisoblashda davom etsak, u bizni urishini ham tan olishimiz kerak.

Shunday fikrlashlarni o‘zgartirishimiz kerak. Zamonaviy jamiyatlarda davlat hech qachon ota rolini o‘ynamagan. Biz hukumat sifatida davlat muassasalari orqali davlatni boshqaramiz va xalqqa xizmat qilamiz.... ma’lum muddatgacha davlat roli saqlanib qoladi, ammo vaqt o‘tishi bilan shunday ko‘rinishlar o‘zgaradi. Umuman ishlab chiqarish va savdodagi davlatning ishtiroki to‘g‘ri emas.

Ba’zi holatlarda istisno qilinadi va biz shunday istisnolarni o‘z dasturimizga qo‘shganmiz... Biz xoxlaymizki, Turkiyada bizning odamlarimiz, korxona egalari iqtisodiyotni egallashlari kerak. Biz nomlayotgan korxona egalari soniga millionlab dehqonlar kiradi. Chindan ham ularda yer maydonlari yo‘qmi, ular o‘z nonlarini yer tufayli olmayaptilarmi?... O‘ylamaylarki, biz faqat yirik korxona egalari bilan birgamiz. Bizning yirik korxona egalari bilan birga bo‘lishimiz biz mayda ishlab chiqaruvchilarga qarshi ekanligimizni anglatmaydi”.

Turkiya barcha iqtisodiyotini boshqarilishi va amalga oshirilishida davlat sektorining roli va ahamiyati haqida yuqorida keltirib o‘tilgan ma’lumotlarning guvohlik berishicha, iqtisodiy islohotlarni amalga oshiruvchilaridan birining bayonoti bir-biriga ziddir. Turkiyada bozor iqtisodiyoti o‘zi mavjud bo‘lgan.

Unda har doim xususiy mulk, tadbirkorlik faoliyati mavjud bo‘lgan. Boshqa tomondan, ba’zi mamlakatdagi siyosiy arboblar va olimlarning ta’kidlashlaricha, 80-yillargacha bu yerda importni keskin chegaralash ishlari amalga oshirilgan bo‘lib, iqtisodiy siyosat o‘z-o‘zini ta’minlashga yo‘naltirilgan va samarali bojxona to‘siqlari bilan qo‘llab-quvvatlangan.

Shunday siyosat milliy iqtisodiyotni kompleks ravishda rivojlanishiga imkon bergan. Ammo mamlakatda 70-yillar oxirlariga kelib tez va nosog‘lom urbanizatsiya, ishsizlik, inflyatsiya, iqtisodiy o‘sish sur’atining pasayishi kabi shunday ijtimoiy-iqtisodiy muammolar birdaniga keskinlashdi.

Shunday sharoitlarda 1980 yil boshlaridan bu yerda eksport xajmini keskin ko‘paytirilishiga ustunlik berildi, molya sohasida islohotlar o‘tkazildi, halqaro kon’yukturani hisobga olgan holda valyutani tartibga solish ishlari amalga oshirila boshlandi.

Shunday qilib iqtisodiyotga ta’sir etish bo‘yicha keynsian uslublaridan foydalangan holda xorijiy kapital bozorini erkinroq, ochiqroq amalga oshirilishi uchun sharoit yaratib berildi. Ammo shunga qaramay 1980 yili ko‘zda tutilgan ijobiy natijalar yuz bermay, jamiyatda makroiqtisodiy va siyosiy nobarqarorlik birdaniga keskinlashdi.

Harbiy to‘ntarish amalga oshirilgandan keyin siyosiy kurash va iqtisodiy siyosatning qonunchiligining asosiy ishtirokchilari bo‘lgan siyosiy partiyalar faoliyati to‘xtatilib ular tarqatilib yuborildi. Shunga qaramay harbiylar tomonidan tuzilgan Milliy xavfsizlik kengashi hukumat tomonidan qabul qilingan barqarorlashtirish dasturini davom ettirdi. Uni xalqqa murojaatida ta’kidlanishicha “ .... 1980 yil yanvaridan qo‘llanilgan barqarorlashtirish bo‘yicha chora tadbirlar ijobiy natijalar berdi. Ammo ushbu tadbirlarni to‘la amalga oshirish uchun zarur bo‘lgan soliqlar haqidagi qonun va mehnatni tartibga soluvchi qonunga o‘zgartirishlar kiritish qonunchilik organini faoliyat yuritmayotganligi va siyosiy nobarqarorlik sababli qabul qilinmadi”.

1983 yil noyabrida o‘tkazilgan parlament saylovlari harbiy diktaturani nihoyasiga yetkanligini va iqtisodiy siyosatda erkin bozor munosabatlariga tamomila o‘tganligini anglatadi.

Hukumat tomonidan ushbu siyosatni amalga oshirishning aniq yo‘llarida quyidagi holatlarga ustunlik berildi: jamg‘armalarni rag‘batlantirish va kapital qo‘yilmalardan oqilona foydalanish; ishlab chiqarishni ko‘paytirish va bozorni kengaytirish, tashqi to‘lovlar barqarorligiga erishish; eksportni va milliy daromaddagi uning ulushini ko‘paytirish; turizm, ishchi kuchi eksporti, xorijdagi vositachilik va transport xizmatlari kabi shunday valyuta tushumlari manbalarini qo‘llab-quvvatlash, inflyatsiyani judayam past darajada ushlab turish; narx barqarorligini ta’minlash; iqtisodiy, moliyaviy va kredit siyosatlarini muvofiqlashtirish.

Ushbu makroiqtisodiy dasturni, ya’ni mashhur “iqtisodiy rivojlanishning Turkiya modeli”ni amalga oshirishda Turkiya erishgan asosiy yutuqlarni ko‘rib chiqamiz.

Ma’lumki, inflyatsiya va ishsizlik ko‘rsatkichlarini qo‘shgan holda milliy daromad va yalpi milliy mahsulotni o‘sish sur’ati milliy iqtisodiyot holatini tavsiflovchi asosiy makroiqtisodiy ko‘rsatkichlar hisoblanadi. Bizning fikrimizcha iqtisodiyotni defitsit sharoitlarida birinchi rejaga yetarli darajada iqtisodiy o‘sish sur’atini va ushbu qo‘yilmalar uchun zarur jamg‘armalarni ta’minlash hisobidan iste’mol bozorini tovar va xizmatlar bilan to‘ldirish chiqadi, albatta jamiyatda siyosiy barqarorlik, qonunchilik va huquqiy tartibni saqlash hisobidan. Bunda bozor iqtisodiyoti sharoitlarida xususiy sektor va barcha aholining iqtisodiy faolligini oshirilishi, umumiy ishlab chiqarishni yaxshilanishi ushbu muammoni xal etishning asosiy yo‘li va uslublari bo‘lishi lozim.

Ta’kidlash lozimki, bizdagi mavjud makroiqtisodiy ko‘rsatichlar taxlili va davlat rejalashtirish tashkilotlari tomonidan ishlab chiqilgan ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishning reja ishlanmalarida o‘rtacha yillik daromadlar xajmi, kishi boshiga to‘g‘ri keluvchi oziq-ovqat iste’moli va boshqa hisob-kitoblar haqidagi mahalliy statistik ma’lumotlar mavjud emas, modomiki ular aholi turmush darajasini real ko‘rsatkichlari haqida to‘g‘ri xulosa chiqarish imkonini berar edi.

Oltinchi besh yillik rejasida inflyatsiyaga qarshi kurash muammosiga bir bet ajratilgan, 1992 yilga mo‘ljallangan dasturda ushbu masala bo‘yicha maxsus bo‘lim yo‘q. Shuningdek ko‘payib borayotgan ishsizlik muammosi bo‘yicha mukammal ishlanmalar yo‘q. Ularni birgalikda mavjud bo‘lishi mamlakat iqtisodiyotida, garchi milliy iqtisodiyotning ma’lum o‘sishiga erishilayotgan bo‘lsada, stagflyatsiya jarayonlari yuz berayotganidan darak beradi. Shuning uchun taxlil qilayotganimizda ushbu muammoni tavsiflovchi ba’zi bilvosita ma’lumotlardan foydalanishga to‘g‘ri keldi.

Misol uchun aholi o‘sish dinamikasi, ish bilan band bo‘lganlar va ishsizlar soni, YaMM ishlab chiqarishni kishi boshiga to‘g‘ri kelish o‘lchamlari va mehnatkashlar o‘rtasidagi ijtimoiy qarama-qarshiliklar haqidagi ba’zi ma’lumotlarni berib o‘tamiz. Inflyatsiya bilan birga ishsizlik muammosi haqida yuqorida to‘xtalib o‘tdik. Hozir ta’kidlash kerakki, aholi daromadlarining real o‘sishi (bitta yashovchi aholi boshiga inflyatsiyani hisobga olgan holda milliy daromad ishlab chiqarish) milliy mahsulotning umumiy o‘sishiga nisbatan ikki marotaba kam bo‘lgan, hatto 1991 yili ushbu daromadlar oldingi yilga nisbatan yanada pasaygan.

Rivojlangan mamlakatlar ko‘rsatkichlariga muvofiq kelmaydigan aholining yuqori o‘sish sur’ati e’tiborimizni jalb qiladi.

Albatta Turkiya makroiqtisodiy siyosatini rivojlangan davlatlar kabi olib borishi ijobiy holat. Ammo ushbu mamlakatlar bilan rivojlanish darajasi o‘rtasidagi mavjud farqlarni esdan chiqarmasligimiz kerak. Masalan, 1990 yil mobaynidagi ishlab chiqarish bo‘yicha ma’lumotlarni taqqoslaganimizda yiliga bir aholi hisobidan shartli sof mahsulot ishlanmasi AQShda 45 ming dollarni, Yaponiyada – 31,5 ming, Germaniyada – 39 ming, sobiq SSSRda – 13 ming, Turkiyada – 12,5 ming va O‘zbekistonda – 9,4 ming dollarni tashkil qilgan. Ushbu yilda aholi boshiga tovar va xizmatlar iste’moli AQShda 16175 dollar, Yaponiyada – 10725, Germaniyada – 1200, sobiq SSSRda – 3530, O‘zbekistonda – 3200 dollardan iborat bo‘lgan.10

II.2. Turkiya sanoatining rivojlanishi

Haqiqatan ham, hozirgi kunda Turkiya –taraqqiyotga yuz tutgan mamlakat. Shuni ham esga olish kerakki, sobiq Ittifoqiga 5 milliard AQSh dollari qarz bergan ham Turkiya mamlakatidir. Hozirgi kunda aholi jon boshiga to‘g‘ri keladigan milliydaromidi 2650 dollarni tashkil etadi, bu ancha yuqori ko‘rsatgich, albatta, yoki Turkiyada bir oylik maoshga 16 programmali zamonaviy ko‘p tarmoqlari televizorni xarid olish mumkin.

Turkiya o‘tgan yili 15 ming yuk tashuvchi, 125 ming dona yengil mashina, 15 million tonna g‘alla, 3 million tonna neft, va ko‘plab miqdorda qishloq xo‘jaligi va hilma-hil sanoat mahsulotlari ishlab chiqardi.

Turkiyaning aholisini mehnatga layoqatli aholisining 55 foiziga yaqini qishloq xo‘jaligi tarmoqlarida faoliyat ko‘rsatishadi.

1933 yilda Turkiyada 1-shakar zavodi ishga tushadi va shu yili mamalkatda ikkita yirik tijorat banklar, ya’ni “Etibank” va “Sumerbank” ochiladi.

1965 yilda xukumat import tovarlarini chegaralash, hamda import tovarlarini mamalkatning o‘zida ishlab chiqarishga katta ahamiyat berdi. Turkiya yiliga o‘rtacha 350 ming dona avtomobil, yuk tashuvchi avtomobil-50 ming, rangli televizorlar-4 mln. dona, po‘lat-21 mln.tonna, neft-3,5 mln.tonna, ko‘mir-4,5 mln.tonna ishlab chiqaradi.

Turkiyada eng 1- yengil avtomobil zavodi 1954 yilda ishga tushirildi va uning nomi “Turk Villas Overland Ltd”. 1955 yilda yuk mashinalarini va 1963 yilda avtobuslar ishlab chiqarilishi yo‘lga qo‘yildi. Keyinroq mamlakatda, ya’ni 1971 yilda TOFAS (FIAT, Italiya) va OYAK-RENAVLT (Fransiya) kompaniyalari bilan tuzilgan qo‘shma korxonalar asosidagi zavodlar avtomobil ishlab chiqara boshlashdi. Hozirgi paytda mamlakatda 16 ta kompaniya avtomobil ishlab chiqarmoqda. Ushbu jami kompaniyalarning avtomobil ishlab chiqarish quvvati 1 yilda 1 mln.mashina ishlab chiqarish quvvatiga egadir.

Turkiyadagi hozirgi paytdagi eng yirik GES bu Keban GESidir. U 1974 yilda Yevfrat daryosida qurilib ishga tushgan, uning quvvati 1360 MVt. tashkil qiladi.

Turkiyaning to‘qimachilik sanoatining ishlab chiqarilishi va ularning sifati bo‘yicha jahon xo‘jaligida 6-o‘rinda turadi.

Jun va shun mahsulotlari ishlab chiqarishi bo‘yicha dunyoda 3-o‘rinda turadi.

Mashinasozlik tarmog‘i rivojlanishining eng asosiy davri bu 2-besh yillik rivojlanish rejasi davrida, ya’ni 1968-1972 yillarda bo‘ldi.

Turkiya Yevropaning yuvelir mrakaziga aylangan. Hozirda mamlakatda 6 mingdan ziyod turli hil korxonalar tomonidan yuvelir ishlab chiqarish korxonalari mavjud. Hozirgi paytda 200-240 tonna atrofida yuvelir taqinchoqlari va buyumlari ishlab chiqarilmoqda. Turkiyada “Tillo” yoki “Oltin”birjasi 1995 yilda Istambulda tashkil etilgan. Turkiyaning ommaviy – axborot vositalarning so‘zlariga qaraganda hozirda Turkiya aholisida taxminan 4-5 ming tonna atrofida tillo shaxsiy mulk sifatida saqlanmoqda.

Demak, Turkiya shaxsiy tillo zahiralarini hisobga olganda dunyoda Hindistondan keyin 2-o‘rinda turadi. Bundan tashqari, Turkiya yiliga o‘rtacha 60 tonna atrofida yuvelir taqinchoqlarni va buyumlarni xorijlik sayyoxlarga sotmoqda.

Turkiya statistik byurosini ma’lum qilishicha, sanoatda 2005 yili quyidagi o‘sish sur’atlari qayd qilingan: birinchi kvartal – 6,1%, ikkinchi kvartal – 3,1%, uchinchi kvartal – 4,5% va to‘rtinchi kvartal – 7,8%.

Umuman yillik o‘sish 5,3%ni tashkil qilib, 2005 yil uchun hukumat tomonidan maqsad qilib qo‘yilgan besh foizlik o‘lchovdan oshib ketdi. Xususiy sektordagi o‘sish davlat sektoriga nisbatan yuqori bo‘lgan: 6,7%ga nisbatan 8,1%. Sanoat sektorlari bo‘yicha ma’lumotlar quyidagicha: yuqori sur’atlar tog‘-kon sanoatida kuzatiladi (16,6%), undan keyin yoqilg‘i-energetika kompleksi (8,8 %) va ishlab chiqarish tarmog‘i (7,4%) keladi.

Qayta ishlash sanoati va energetika. 1950-60 yillarda mamlakatni sanoatlashtirish jarayoni yuqori sur’atlarda rivojlana bordi. 1970 yillarda qayta ishlash tarmoqlarida barcha ishchi kuchining 15%i, 1993 yili – 21%, YaMMdagi ularning xissasi 1952 yilgi 12%dan 1995 yili 30,6% gacha o‘sdi.

Turkiya Yevropa Ittifoqi bilan bojxona shartnomasini imzolamasdan turib (1996 yildan avval), mamlakat sanoati sezilarli darajada xorijiy raqobatdan turli tarif va kvotalar orqali himoya qilingan bo‘lib ko‘pgina mahalliy tovarlarning narxi sun’iy ravishda ko‘tarilgan edi.

Barcha sanoat ishlab chiqarish va unda band bo‘lgan aholining deyarli ¾ qismi Istambul va Izmirda, shuningdek Marmar va Egey dengizining qirg‘oq rayonlarida joylashgan. Boshqa muhim sanoat markazlari bo‘lib Anqara, Chukurova rayoni, shuningdek Qora dengiz qirg‘og‘idagi Zonguldak (toshko‘mir qazib olinadi) hisoblanib, Karabyuk va Eregli shaharlari yaqinida ikkita yirik metallurgiya kombinatlari qad rostladi. Mamlakatning barcha hududlari bo‘yicha ishlab chiqarishga ulkan xissa qo‘shuvchi ko‘plab katta bo‘lmagan orxonalar joylashtirilgan. To‘qimachilik va oziq-ovqat sanoati Turkiya sanoatining ilg‘or tarmoqlari hisoblanadi.

Neftni qayta ishlash Batma, Izmit, Mersindagi Aliaga rayonida amalga oshiriladi.

Mamlakatda tabiiy gaz qazib olish 90-yillardan boshlangan. Gazga bo‘lgan ehtiyoj Anqara, Istambul, Izmailadagi gaz zavodlarining mahsulotlari va qayta ishlash zavodlaridagi siqilgan yo‘ldosh gazlar hisobidan qondirilmoqda.

Mineral o‘g‘itlar, asosan fosfat va azot, ishlab chiqarish Izmir va Istambul rayonlarida joylashgan.



Download 80.05 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling