Mavzu: Turkmaniston va O'zbekiston munosabatlar. Reja Turkmaniston va O'zbekiston munosabatlar
Download 52 Kb.
|
Turkmaniston va O\'zbekiston munosabatlar.
- Bu sahifa navigatsiya:
- 206 mingdan ziyod
- Uchinchidan
Mavzu:Turkmaniston va O'zbekiston munosabatlar. Reja Turkmaniston va O'zbekiston munosabatlar. O'zbekistondan Turkmanistonga transport vositalari Adabiy va madaniy aloqalari Mustaqillik yillarida O'zbekiston va Turkmaniston o'rtasidagi strategik hamkorlikning huquqiy asosi sifatida qator tarixiy hujjatlar imzolandi. Do'stona munosabatlarni mustahkamlash va hamkorlikni rivojlantirish, o'zaro yordamni ayamaslik mazmunidagi 1996 yil 16 yanvar, 2004 yil 19 noyabr va 2007 yil 18 oktyabrdagi kelishuv hujjatlari – shartnomalar shular jumlasidan. Bugun O'zbekistonning yaqin strategik hamkorlaridan biri – Turkmaniston bilan amalga oshirilayotgan va tobora yangi bosqichga ko'tarilayotgan o'zaro do'stlik aloqalari haqida so'z yuritish muhim ahamiyat kasb etadi. Zero, ikki do'st davlatlar o'rtasidagi ijtimoiy, iqtisodiy, madaniy-ma'rifiy sohalardagi aloqalarni yangi bosqichga ko'tarish, hamkorlikning yangi yo'nalishlari va istiqbollarini belgilagan holda o'zaro manfaatli hamkorlikni rivojlantirish borasida tarixiy ishlar amalga oshirildi. Birgina 2017 yilda O'zbekiston va Turkmaniston o'rtasidagi tovar ayirboshlash hajmi 177 million dollarni tashkil qilib, bu o'tgan davrdagiga nisbatan 3 barobar ko'p demakdir. Shu o'rinda aytish joizki, bugungi kunda mamlakatimizda istiqomat qilayotgan 130 dan ortiq millat va elat vakillari orasida 206 mingdan ziyod turkman birodarlarimiz jonajon yurtimiz taraqqiyoti yo'lida mehnat qilmoqda. Bugungi kunda mamlakatimizda turkmanlarning milliy madaniyati, tili, an'analari va urf-odatlarini asrash hamda rivojlantirish maqsadida Respublika turkman madaniy markazi faoliyati uchun barcha imkoniyatlar va shart-sharoitlar yaratilgan. O'zbekiston va Turkmanistonning o'zaro do'stona va strategik hamkorligi uch muhim jihati bilan ajralib turadi. Birinchidan, hamkorlik aniq tarmoq, soha va yo'nalishlar kesimida amalga oshirilmoqda. Xususan, ikki davlat o'rtasidagi aloqalar, ayniqsa, siyosiy, savdo-iqtisodiy, ilmiy-texnikaviy, transport-kommunikatsiya va madaniy-gumanitar sohalarda yanada kengaytirildi. Ikkinchidan, strategik sheriklik munosabatlari shartnomaviy-huquqiy jihatdan mustahkamlanib, o'zaro majburiyatlarni ta'minlash borasidagi yuksak mas'uliyatni anglash va samarali bajarish uchun turtki bo'lmoqda. Uchinchidan, o'zaro manfaatli hamkorlik muhim strategik masalalar yuzasidan yagona va to'g'ri bo'lgan qarashlarning shakllanishiga sabab bo'lmoqda. Xususan, mintaqada ekologik vaziyatni sog'lomlashtirish, Markaziy Osiyo suv resurslaridan oqilona foydalanish, ularni muhofaza qilish, ishonchli va xavfsiz transport yo'laklarini yaratish, Markaziy Osiyoda yadro qurolidan xoli zona to'g'risidagi Shartnoma doirasida hamkorlik kabi masalalar shular jumlasidan. Shuningdek, O'zbekiston – Turkmaniston o'rtasidagi hamkorlikning quyidagi muhim jihatlari va yo'nalishlariga alohida e'tibor qaratmoq lozim. Download 52 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling