Informasion texnologiyalarda portlar – bu yuborilayotgan va qabul qilinayotgan axborotlar o`rtasidagi mantiqiy yoki fizik bog`lanishni tashkil etib odatda quyidagi sinflardan iborat: Qurilmali (apparatli) portlari – bu asosan kompyuterning fizik qurilmasi bo`lib u vilka yoki kabellar yordamida kompyuterga bog`lanadi. (1- rasm.) Bular: Parallel port, davomli port, USB, PATA/SATA, IEEE 1384 (FireWire), PS/2 Kiritish-chiqarish porti – mikroprosessorlarda qurilmalar yordamida ma`lumotlar almashish imkonini beradi. U dasturga o’zaro ma`lumotlar almashishni tashkil etadi. Tarmoqli port – TCP va UDP protokol parametrlari bo`lib, u IP formatidagi ma`lumotlar paketi qo`llanilishini aniqlaydi. (2-rasm.) Kompyuterning tashqi qurilmalari bilan axborot almashishi jarayonini uning tashqi interfeysi tashkil qiladi. Tashqi interfeys portlar, shinalar, kompyuterlar birlashmasi va tashqi qurilmalar jamlamasidan iboratdir. Tarmoq kabellari turli qurilma standartlarini boshqarish uchun fizik muhit turlari bo’lib quyidagilar: - Buralma juft (3-rasm.), koaksial (4-rasm.) va optik tolali (5-rasm.) kabellar. - 1-rasm. Qurilmali portlar
- Bog’lash uchun qo’llaniladigan kabellar uzatish muhiti deb yuritiladi.
- Kabellar asosan uchga bo’linadi:
- Koaksial kabellar (coaxial cable), ular televizion antennaga juda o’xshash. O’tkazish tezligi: 10 Mbit/sek. Asosan bino ichidagi tarmoqni hosil qilishda foydalaniladi. (3-rasm.)
- . 4-rasm. Juftli o’ram kabel
- Juftli o’ram kabellari (tvisted pair) telefon simini eslatadi. O’tkazish tezligi: 100 Mbit/sek. Asosan bino ichidagi tarmoqni hosil qilishda foydalaniladi. (4-rasm.)
- Optik tolali kabel (fider-optic cable). Eng ishonchli va tez, shu bilan birga juda qimmat kabel turi. Oralig’i 100 km masofadagi tarmoq uchun qo’llaniladi. O’tkazish tezligi: 2 Gbit/sek. (5-rasm.)
Do'stlaringiz bilan baham: |