Mavzu: Tutash muhit mехanikasi kinematikasi. Mundajira: Kirish


Download 25.24 Kb.
bet2/2
Sana24.12.2022
Hajmi25.24 Kb.
#1064048
1   2
Bog'liq
Guli

fazo va vaqt tushunchalari asosiy tushunchalar bo’lib hisoblanadilar. Chunki har qanday harakat biror fazoda qandaydir vaqt davomida sodir bo’ladi. Tutash muhitlar mexanikasi doirasida har qanday harakatni biz metrik (ixtiyoriy nuqtalari orasidagi masofalar aniqlangan) fazolarda tekshiramiz. Bunday metrik fazoga misol sifatida oddiy uch o’lchovli Evklid fazosini keltirish mumkin. Bu fazoning har bir nuqtasi, butun fazo uchun yaroqli bo’lgan, yagona (x,y,z) Dekart koordinatalari sistemasi bilan aniqlanadi va ixtiyoriy x1 , y1 , z1 hamda x2 , y2 , z2 koordinatali nuqtalari orasidagi masofa quyidaqi
r
formula bilan aniqlanadi. Bundan keyin biz faqat hamma nuqtalari uchun yaroqli bo’lgan yagona Dekart koordinatalari sistemasini kiritish mumkin bo’lgan fazolarni qaraymiz. Bunday fazo Evklid fazosi deyiladi va shu asosda rivojlantiriladigan mexanika Nyuton mexanikasi deyiladi.
Tutash muhitlar mexanikasida absolyut vaqtdan foydalaniladi. Vaqtning absolyutligini uning hamma uchun bir xilligida deb tushunish kerak, ya’ni vaqt poezddagi, samolyotdagi, auditoriyadagi va h.k. kuzatuvchilar uchun bir xil o’tadi. Lekin shuni ta’kidlash lozimki, bu narsa faqat Eynshteynning nisbilik nazariyasini hisobga olmaslik mumkin bo’lgan holdagina o’rinlidir.
Har bir fanning o’ziga xos tekshirish uslublari bo’ladi. Xuddi shunday, tutash muhitlar mexanikasining ham o’ziga xos uslublari mavjud. Bu uslublar matematik analiz, differensial geometriya, funksional analiz va boshqa matematik fanlar qonunlariga tayanadi. Tutash muhitlar mexanikasining hamma uslublari asosida quyidagi konsepsiya yotadi: tutash muhitning harakatini bir qiymatli aniqlovchi va tavsif etuvchi (xarakterlovchi) qator tushunchalar kiritiladi va ular sonlar yoki boshqa matermatik tushunchalar yordamida aniqlanadi. Bunday tushunchalarga misol sifatida tezliklar maydoni, bosimlar maydoni, harakat, muvozanat, zichlik, harorat va boshqalar ko’rsatilishi mumkin.
Tutash muhitlar mexanikasida mexanik masalalarni matematik masalalarga keltiruvchi uslublar ishlab chiqiladi. Bu yslublar yordamida mexanik masala qandaydir sonlarni yoki sonlar funksiyalarini har xil matematik amallar yordamida topishga keltiriladi. Lekin shuni ta’kidlash lozimki, ko’p hollarda matematik
masalaga keltirilgan mexanik masala shunday qiyinlashadiki uni echish amri- mahol bo’ladi. Shuning uchun ham matematik ko’rinishga keltirilgan mexanik masalani echish matematikaning yoki matematiklarning ishi emas, balki mexanikaning, xususan mexaniklarning ishi hisoblanadi. Chunki ana shunday masalalar mexanik gipoteza va mulohazalar asosida soddalashtirilib, keyin echilishi mumkin. Shunday qilib, tutash muhitlar mexanikasining uslublari mexanik masalani matematik masalaga keltirish va uni echish uslublaridan iboratdir.
Shunday qilib quyidagi asosiy gipotezalarga ega bo’ldik.

  1. jism zarrachalari jism joylashgan fazo bo’lagini (qismini) tutash, (bo’shliqlarsiz) to’ldiradi. Bu zarrachalar cheksiz kichik hajmga ega bo’lib mexanik parametrlarga egadir (zichlik, harorat va h.k.);

  2. Jism harakat qiladigan fazo Evklid fazosi bo’lib, bu shunday fazoki unda hamma nuqtalar uchun umumiy bo’gan Dekart koordinatalari sistemasini kiritish va ixtiyoriy nuqtalar orasidagi masofani aniqlash uchun yagona formula beriladi. Masofaning o’lchov birligi sifatida Parij meridianining milliondan bir bo’lagi – metr qabul qilingan.

  3. Vaqt absolyutdir. Ya’ni u har qanday koordinatalar sistemasida bir xil va bir tekis o’tadi, boshqacha aytganda koordinatalar sistemasining nisbiy harakati bilan uzviy ravishda bog’langan. Vaqt birligi sifatida o’rtacha quyosh sutkasining 86400 dan bir qismi – sekund qabul qilingan.

Download 25.24 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling