Mavzu: Tuxum hujayrasining qobiqlari. (birlamchi, ikkilamchi, uchlamchi) Qobiqlarning funksional ahamiyati Reja
Download 1.38 Mb.
|
Tuxum hujayrasining qobiqlari (Gistologiya va embriologiya)
- Bu sahifa navigatsiya:
- Tayanch tushunchalar
Mavzu: Tuxum hujayrasining qobiqlari. (birlamchi, ikkilamchi, uchlamchi) Qobiqlarning funksional ahamiyati Reja: Urug’ va tuxum hujayralarning xilma-xilligi Tuxum hujayralarining klassifikatsiyasi. Tuxum xujayrasining qobiqlari va ularning shakllanishi. Qobiqlarning funksional ahamiyati Tayanch tushunchalar: tuxum hujayra, somatik, jinsiy hujayralar, Somatik hujayra –( soma- tana), tana hujayrasi. Gonoblast- Embrionning birlamchi jinsiy hujayralarini hosil qiluvchi blastameri. Ektosoma- Gonotsitlarning sitaplazmasida topilgan xarakterli ultra sturukturasi. Mezaderma- embrionning o’rta qavati 1880-yilda Nussbaum birinchi marta jinsiy va samatik hujayralar farqini va jinsiy hujayralarning ontogenezning embrion davrida hosil bo’lish yo’lini aytgan edi. Bu g’oyani A. Vesman rivojlantirdi. Murtak yo’li g’oyasining mazmuni shundan iboratki, jinsiy va samatik hujayralar rivojlanishi ontagenezda juda erta farqlanadi. Haqiqatdan ham jinsiy hujayralar, yoki birlamchi jinsiy hujayralar (gonotsitlar) ancha erta samatik hujayralardan yirikligi, yadrosining kattaligi, sitologik hususiyatlari bilan farqlanadi. Gonotsitlarning sitaplazmasida topilgan xarakterli ultra sturuktura ektosoma deyiladi uning bo’lishi gonotsitning asosiy belgisi hisoblanadi. Embrionning birlamchi jinsiy hujayralarini hosil qiluvchi blastamerini gonoblast deb ataladi. Umurtqali hayvonlarda birlamchi gonotsitlar umrtqasiz hayvonlarga nisbatan kechroq paydo bo’ladi. Ammo dumsiz amfibyalarda jinsiy plazma, tuxum urug’lanishidan oldin paydo bo’ladi. Dumli amfibyalarda esa jinsiy determinant urug’lanmagan tuxumdan topilmagan ularda gonotsit tuxumdan lichinka chiqishi oldidan paydo bo’ladi. Chunki ularda gonotsit mezadermadan hosil bo’ladi. Uzoq yillar davomida yuksak hayvonlar—molyuskalar, bo’g’imoyoqlilar, ninatanlilar, umurtqali hayvonlarda birlamchi jinsiy hujayralar jinsiy hujayralarning yagona manbaimi yoki keyinchalik samatik hujayralardan hosil bo’ladimi degan savol turardi bu savolga tajriba yo’li bilan javob topildi. Bu tajribalardan malum bo’lishicha umurtqalilarda va umrtqasizlarda birlamchi gonotsitlarning yagona manbai rivojlanishning dastlabki davrlarida paydo bo’ladi. Boshqacha aytganda jinsiy va samatik hujayralarga ajraladi Download 1.38 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling