Mavzu: tuyuq va tajnis san’ati


Download 17.44 Kb.
Sana29.03.2023
Hajmi17.44 Kb.
#1307979
Bog'liq
Tuyuq va tajnis san’ati




MAVZU: TUYUQ VA TAJNIS SAN’ATI
REJA:



  1. TUYUQ

  2. TAJNIS



TUYUQ VA TAJNIS
T u y u q – lirik janr. U arabiy va forsiy adabiyotda yo‘q. 
Bu janr namunalarini faqat turkiy she’riyatdagina uchratamiz.
Tuyuqlar aslan turkiy xalqlar og‘zaki adabiyoti ta’sirida 
shakllangan, takomil topgan. Keyinchalik yozma adabiyotga 
o‘tib, muayyan qoidalarga bo‘ysungan, talablari qat’iylashgan.
Bir necha adabiy-badiiy talab tuyuq janrining asosiy qoi-
dasiga aylangan:
Tuyuq, albatta, to‘rt misradan iborat bo‘lishi kerak. 
Tuyuq misralari, xuddi ruboiydagi kabi, a-a-a-a yoki a-a-b-a 
tarzida qo yalanishi zarur.
Tuyuq, albatta, ramali musaddasi mahzuf (yoki maqsur) 
vaznida, ya’ni «foilotun–foilotun–foilun (yoki foilon)» tarzida 
bo‘lishi shart. Taqte’si: – V – – / – V – – / – V – (yoki 
V – ~). 
Tuyuqda qo yaga olingan so‘zlar, albatta, tajnisli bo‘lishi, 
ya’ni omonim so‘zlardan yoki shakldosh so‘zlar turkumidan 
tashkil topishi darkor.
Ilgari tuyuqlar janrning ana shu talablaridan dastlabki uchta-
siga javob bergan, xolos. Lekin keyinchalik janrning to‘rtinchi 
sharti yuzaga kelgan. Shu tariqa tuyuqlarni tajnissiz tasavvur 
qilib bo‘lmay qolgan.
T a j n i s – badiiy san’atlardan biri. Lug‘aviy jihatdan jins-
dosh, ya’ni shakldosh degan ma’noni anglatadi. Bu nutqda 
shakli bir xil, ammo ma’nosi har xil so‘zlar yoki so‘zlar tur-
kumini qo‘llash, degani.
Ammo bu san’atni oddiygina qilib, omonimlar ishlatish 
ekan-da, deb hisoblamaslik kerak. Chunki omonimlar – tilda 
qat’iylashgan shakldosh so‘zlar. Tajnisni yuzaga keltirish uchun 
esa muallif bir necha so‘zlar ishtirokida ohoriy (original, ya’ni 
birmartalik) shakldoshliklar yaratishi mumkin. Masalan, ul Oy, 
u loy, uloy (ulay) so‘z birikmalari tilda o‘zaro omonim emas. 
Shoir she’rda bularni shunday qo‘llaydiki, natijada bir gal ul 
Oy (u Oy), boshqa safar u loy, uchinchi ko‘rinishda esa uloy 
(ulay) ma’nolarini anglatadi. Shundan ifoda go‘zalligi kelib 
chiqadi. O‘quvchi yo tinglovchi shuurida ajib bir badiiy zavq 
paydo bo‘ladi.
Turkiy tillar, jumladan, o‘zbek tili – tajnis yaratish uchun 
juda katta imkoniyatlarga ega. Hatto, tilimizdagi shu qulaylik 
adabiyotimizda tajnis ishlatish shart qilib qo‘yilgan alohida, 
maxsus bir janrning paydo bo‘lishiga olib kelgan.
Tuyuq – shunday janr. Unda qo yaga olingan so‘z yoki 
so‘zlar turkumi o‘zaro shakldoshlik paydo qilishi shart.
Lut yning mana bu tuyug‘i qo yasida tajnis bo‘lib kelgan 
so‘zlarni ko‘rib o‘taylik:
Ko‘ngluma har yonki boqsam, dog‘i bor, 
Har necha dardimni desam, dog‘i bor. 
Qilcha tanga bori ishqing yor edi, 
Bir sori bo‘ldi  roqing, dog‘i bor.
Birinchi misradagi dog‘i bor so‘zlari ko‘ngildagi dog‘ni
ko‘zda tutadi. Ikkinchi misrada esa xuddi shu so‘zlar otashi 
bor degan ma’noni anglatadi. To‘rtinchi misrada bu so‘zlar 
yana (tag‘in) bor ma’nosida kelgan.
Tajnis qo yaga olinganda shuning o‘zi qo ya vazifasini 
o‘taydi. Ya’ni ma’nosi har xil bo‘lgani uchun bu yerda tajnisli 
so‘zlarning takrorlanishi qo ya o‘rnida qabul qilinadi.
Shoir tajnisda aynan bor so‘zi mavjudligidan foydalanib 
uchinchi, ya’ni qo yasiz misrada ham ataylab bori so‘zini 
qo‘llaydi. Zimdan bu kalima bilan qo yadagi so‘zlar o‘rtasida 
ham boshqa bir tajnis yuzaga keladi.
Download 17.44 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling