Mavzu: tuyuq va tajnis san’ati
Download 17.44 Kb.
|
Tuyuq va tajnis san’ati
MAVZU: TUYUQ VA TAJNIS SAN’ATI REJA: TUYUQ TAJNIS TUYUQ VA TAJNIS T u y u q – lirik janr. U arabiy va forsiy adabiyotda yo‘q. Bu janr namunalarini faqat turkiy she’riyatdagina uchratamiz. Tuyuqlar aslan turkiy xalqlar og‘zaki adabiyoti ta’sirida shakllangan, takomil topgan. Keyinchalik yozma adabiyotga o‘tib, muayyan qoidalarga bo‘ysungan, talablari qat’iylashgan. Bir necha adabiy-badiiy talab tuyuq janrining asosiy qoi- dasiga aylangan: Tuyuq, albatta, to‘rt misradan iborat bo‘lishi kerak. Tuyuq misralari, xuddi ruboiydagi kabi, a-a-a-a yoki a-a-b-a tarzida qo yalanishi zarur. Tuyuq, albatta, ramali musaddasi mahzuf (yoki maqsur) vaznida, ya’ni «foilotun–foilotun–foilun (yoki foilon)» tarzida bo‘lishi shart. Taqte’si: – V – – / – V – – / – V – (yoki V – ~). Tuyuqda qo yaga olingan so‘zlar, albatta, tajnisli bo‘lishi, ya’ni omonim so‘zlardan yoki shakldosh so‘zlar turkumidan tashkil topishi darkor. Ilgari tuyuqlar janrning ana shu talablaridan dastlabki uchta- siga javob bergan, xolos. Lekin keyinchalik janrning to‘rtinchi sharti yuzaga kelgan. Shu tariqa tuyuqlarni tajnissiz tasavvur qilib bo‘lmay qolgan. T a j n i s – badiiy san’atlardan biri. Lug‘aviy jihatdan jins- dosh, ya’ni shakldosh degan ma’noni anglatadi. Bu nutqda shakli bir xil, ammo ma’nosi har xil so‘zlar yoki so‘zlar tur- kumini qo‘llash, degani. Ammo bu san’atni oddiygina qilib, omonimlar ishlatish ekan-da, deb hisoblamaslik kerak. Chunki omonimlar – tilda qat’iylashgan shakldosh so‘zlar. Tajnisni yuzaga keltirish uchun esa muallif bir necha so‘zlar ishtirokida ohoriy (original, ya’ni birmartalik) shakldoshliklar yaratishi mumkin. Masalan, ul Oy, u loy, uloy (ulay) so‘z birikmalari tilda o‘zaro omonim emas. Shoir she’rda bularni shunday qo‘llaydiki, natijada bir gal ul Oy (u Oy), boshqa safar u loy, uchinchi ko‘rinishda esa uloy (ulay) ma’nolarini anglatadi. Shundan ifoda go‘zalligi kelib chiqadi. O‘quvchi yo tinglovchi shuurida ajib bir badiiy zavq paydo bo‘ladi. Turkiy tillar, jumladan, o‘zbek tili – tajnis yaratish uchun juda katta imkoniyatlarga ega. Hatto, tilimizdagi shu qulaylik adabiyotimizda tajnis ishlatish shart qilib qo‘yilgan alohida, maxsus bir janrning paydo bo‘lishiga olib kelgan. Tuyuq – shunday janr. Unda qo yaga olingan so‘z yoki so‘zlar turkumi o‘zaro shakldoshlik paydo qilishi shart. Lut yning mana bu tuyug‘i qo yasida tajnis bo‘lib kelgan so‘zlarni ko‘rib o‘taylik: Ko‘ngluma har yonki boqsam, dog‘i bor, Har necha dardimni desam, dog‘i bor. Qilcha tanga bori ishqing yor edi, Bir sori bo‘ldi roqing, dog‘i bor. Birinchi misradagi dog‘i bor so‘zlari ko‘ngildagi dog‘ni ko‘zda tutadi. Ikkinchi misrada esa xuddi shu so‘zlar otashi bor degan ma’noni anglatadi. To‘rtinchi misrada bu so‘zlar yana (tag‘in) bor ma’nosida kelgan. Tajnis qo yaga olinganda shuning o‘zi qo ya vazifasini o‘taydi. Ya’ni ma’nosi har xil bo‘lgani uchun bu yerda tajnisli so‘zlarning takrorlanishi qo ya o‘rnida qabul qilinadi. Shoir tajnisda aynan bor so‘zi mavjudligidan foydalanib uchinchi, ya’ni qo yasiz misrada ham ataylab bori so‘zini qo‘llaydi. Zimdan bu kalima bilan qo yadagi so‘zlar o‘rtasida ham boshqa bir tajnis yuzaga keladi. Download 17.44 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling