Mavzu: uch kaltsiyli silikat uchun xom ashyo aralashmasi xisobi
Download 16.52 Kb.
|
5 AMALIY MASHGULOT
5 AMALIY MASHG`ULOT MAVZU: UCH KALTSIYLI SILIKAT UCHUN XOM ASHYO ARALASHMASI XISOBI. Portlandtsement ishlab chiqarishda aralash xom ashyodan klinker olish, so`ngra uni gips xamda boshqa qo`shimchalar bilan birgalikda tuyib maydalash asosiy operatsiyalar xisoblanadi. Xom ashyoni kuydirib klinker olish eng mas’uliyatli birinchi operatsiyadir. Kuydirish jarayonida oxaktosh va gildan klinkerni tashkil qiluvchi boshqa minerallar bilan birga uch kaltsiyli silikat (alit) ZSaO – SiO xosil bo`ladi. Ikki va uch kalьtsiyli silikatdagi SaO va SiO miqdorlarini xisobga olgan xolda ikki noma’lumli tenglamani yechish yo`li bilan olingan formuladan 2SaO • SiO va ZSaO • SiO mikdorlari aniqlanadi. Uch kalьtsiyli silikatda 73,69% SaO va 26,31% SiO,, ikki kalьtsiyli silikatda esa - 65,12% SaO va 34,88% SiO, buladi. Shu ma’lumotlardan foydalanib kuyidagi ikki tenglamani tuzish mumkin: 0,7369 C3S + 0,6512 C2 S = S 0,2631C3S + 0,3488 C2 S = S Bu tenglamalarni yechib, quyidagilar xosil kilinadi: C 2S = (S -0 ,357C )- 86 Sz S = (S + 5 )=% S .8 bu yerda: S - silikatdagi SaO, %; S - silikatdagi SiO2, % da. Portlandtsement klinkeriniig mineralogik tarkibini xisoblash Klinkerni sovish vaktidagi to`liq kristallanish muvozanatida portlandtsement klinkerining mineralogik tarkibini xisoblashni V.A. Kind uslubi buyicha amalga oshirish mumkin. Bu uslub, klinkerni pishirish xaroratida u muvozanatga keladi (erish SaO ga tugrilanishini xisobga olib) va bu muvozanat sovish vaktida saklanadi degan taxminga asoslangan. Ammo, bunda kristallanish muvozanati faqat sovish vaktida suyuq va qattiq fazalar orasidagi o`zaro ta’sirlashuv reaktsiyalari natijasida vujudga kelishi mumkin. Klinkerdagi kalьtsiy silikatlar miqdorini hisoblash uchun V.A. Kind silikatlarning asoslili darajasi (AD) tushunchasidan foydalaniladi. Bu bitta SiO2, molekulasiga to`g`ri keladigan SaO molekulalari soni bilan belgilanadi. Asoslilik darajasi AD 3 ga teng bo`lsa to`yinuvchanlik koeffitsenti (TK) unda 3(TK) ga teng bo`lsa, bunda klinker tarkibidagi xamma SiO2, miqdori C2S bilan bog`langan bo`ladi, agar u 2 ga teng bo`lsa, unda xamma SiO2 miqdori C3S bilan bog`langan bo`ladi. Shulardan kelib chiqib SiO2 ning qancha qismi C2S ko`rinishida SaO bilan bog`langan va qancha qismi C3S ko`rinishda bog`langanligini quyidagi formulalardan foydalanib hisoblab topish mumkin. SiO2 (C2S ko`rinishda) = AD -2 SiO3, (C3S ko`rinishda) = 3 - AD 1% SiO2 2,8% SaO bilan bog`lanib 3,8% C3S hosil qilinishi va 1,87% SaO-2,87% C2S bilan bog`lanishini xisobga olgan holda C 2S va C3S larning foiz miqdorlarini xisoblash uchun quyidagicha formulalarni keltirib chiqarish mumkin: C3S = 38 SiO2 (AD - 2) = 3,8 SiO2 (3(TK - 2); Bu formulalarda SiO2 deganda faqat xomashyoni pishirish jarayonida uning ta’sirlashgan miqdori tushuniladi. Bu umumiy SiO2 miqdori bilan erkin SiO2 miqdori orasidagi farq bilan belgilanadi. V.A. Kind formulalarining qulayligi shundaki, ulardan foydalanish oldindan to`yinish koeffitsentini xisoblab topish kerak bo`ladi. Agar to`yinish koeffitsentini o`rniga, uning oksidlardagi qiymati qo`yilsa, unda C3S miqdorini oksidlarda ifodalangan kimyoviy tarkib bo`yicha xisoblab topish mumkin. Unda C3S miqdorini xisoblash uchun formula ko`rinishi quyidagicha bo`ladi: C3S = 4,07 S - 7,6 S - 6,72 A - 1,42 F; bu yerda: S, S, A, va F - tegishlicha klinkerdagi SaO, SiO2, Al2O3 va Fe2O3 larning foiz tarkibi. TOPSHIRIQ. Portlandtsement klinkeri uchun uch kalьtsiyli silikat miqdorini uch kalьtsiyli silikatni tashkil qiluvchilarni quyidagi protsent miqdorlari uchun aniqlang.
Download 16.52 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling