Mavzu: ulug’ ajdodlarimiz. Alisher navoiy, zahiriddin muhammad


Download 1.76 Mb.
Pdf ko'rish
Sana23.04.2023
Hajmi1.76 Mb.
#1390052
Bog'liq
2 5397916546880251669



TAQDIMOT
MAVZU: ULUG’ AJDODLARIMIZ.ALISHER NAVOIY, ZAHIRIDDIN MUHAMMAD 
BOBUR HAYOTI VA IJODI
TOPSHIRDI: Saminov Diyorbek
TOSHKENT 2023
O’Z


Saminov Diyorbek 
YMTY-17
Ulug’ ajdodlarimiz. Alisher
Navoiy, Zahriddin Muhammad 
Bobur hayoti va ijodi.


Ko’plab asrlardan buyon muqaddas o’zbek yerida ulug’ shoirlar, 
faylasuflar, davlat arboblari yashab o’tgan. O’zbek adabiyoti va ilmiga
ozlarining cheksiz hissalarini qo’shgan.
Alisher Navoiy, Zahriddin Muhammad Bobur, Abu Rayhon Beruniy, Abu Ali 
Ibn Sino, Al-Xorazmiy, At-Termiziy va yana ko’plab ustoz alomalar.


Alisher Navoiy
Alisher Navoiy (1441, 9 
fevral-1501, 3 yanvar) 
ulugʻ oʻzbek va boshqa
turkiy xalqlarning shoiri, 
mutafakkiri va davlat
arbobi boʻlgan.
G‘arbda chigʻatoy
adabiyotining buyuk vakili
deb qaraladi, sharqda
„nizomi millati va d-din“ 
unvoni bilan ulugʻlanadi.
Davlat arbobi, Faylasuf, 
Shoir


Alisher Navoiy 1441-yil 9-fevralda Amir Temurning
o'g'li Shohruh Mirzo hukmronligi davrida Hirotda
tug'ildi.
Uning otasi G'iyosiddin Muhammad (uni
G'iyosiddin Kichkina ham der edilar) temuriylar
saroyining amaldorlaridan edi. Onasi amirzoda
Shayx Abusaid Changning qizi bo’lgan.
Kichiklik chog'idan she'r va musiqaga ishqi tushdi. 
Olim-u fozillar davrasida bo'ldi. Uch- to'rt
yoshlarida davrining mashhur shoiri U bo'lajak
sulton Husayn Boyqaro bilan birga o'qidi.


Husayn Boyqaro Xuroson taxtiga
oʻtirgach (1469), Navoiy hayoti va
ijodida yangi bosqich boshlanadi, 
muhrdorlik (1469) mansabiga, vazirlik
(1472) va Astrobod hokimligi (1487)ga
tayinlanadi. 1480—1500 yillar
mobaynida oʻz mablagʻlari hisobidan
bir necha madrasa, 40 rabot
(safardagi yoʻlovchilar toʻxtab oʻtish
joyi), 17 masjid, 10 xonaqoh, 9 
hammom, 9 koʻprik, 20 ta hovuz
qurdiradi. Husayn Boyqaro Alisher
Navoiyga „muqarrabi hazrati sultoniy“ 
(„sulton hazratlarining eng yaqin
kishisi“) degan unvonni beradi. Unga
koʻra Navoiy davlatning barcha
ishlariga aralasha olardi.


Alisher Navoiy ijodining yuksak choʻqqisi „Xamsa“ asari (1483-85)dir, shoir birinchilardan boʻlib, turkiy tilda
toʻliq „Xamsa“ yaratdi va turkiy tilda shunday koʻlamdor asar yozish mumkinligini isbotlab berdi. Ushbu
toʻplamni Nizomiy Ganjaviyning „Panj Ganj“ („Besh xazina“) asariga havas sifatida yozilganligini
oʻquvchilarga anglatmoq maqsadida „Xamsa“ning kirish qismida:
„Emas oson bu maydon ichra turmoq, Nizomiy panjasigʻa panja urmoq.“
deya taʼkid etadi.
„Xamsa“ tarkibiga "Hayrat ul-abror", "Farhod va Shirin", „Layli va Majnun“, „Sabʼai sayyor“, „Saddi
Iskandariy“ kabi dostonlar kiradi.


Alisher Navoiyning eng mashhur
ruboiylaridan biri:
Gʻurbatda gʻarib shodmon boʻlmas
emish,
El anga shafiqu mehribon boʻlmas
emish.
Oltun qafas ichra gar qizil gul butsa,
Bulbulgʻa tikondek oshyon boʻlmas
emish.


Bobur (taxallusi; toʻliq ismi
Zahiriddin Muhammad ibn 
Umarshayx Mirzo) (1483.14.2, 
Andijon 1530.26.12, Agra) —
oʻzbek mumtoz adabiyotining
yirik vakili: buyuk shoir; tarixchi, 
geograf; davlat arbobi, 
isteʼdodli sarkarda; boburiylar
sulolasi asoschisi, temuriy
shahzoda.
Shoir, tarixchi, geograf, davlat
arbobi, sarkarda, boburiylar
sulolasi asoschisi, temuriy
shahzoda


Boburning otasi — Umarshayx Mirzo Fargʻona viloyati hokimi, onasi — Qutlugʻ Nigorxonim
Moʻgʻuliston xoni va Toshkent hokimi Yunusxonning qizi edi. Boburning onasi oʻqimishli va oqila
ayol boʻlib, Boburga hokimiyatni boshqarish ishlarida faol koʻmak bergan, harbiy yurishlarida
unga
hamroxlik
qilgan.
. Boburning yoshligi Andijonda oʻtgan. Bobur barcha temuriy shahzodalar kabi maxsus
tarbiyachilar, yirik fozilu ulamolar ustozligida harbiy taʼlim, fiqx ilmi, arab va fors tillarini
oʻrganadi, koʻplab tarixiy va adabiy asarlar mutolaa qiladi, ilm-fanga, sheʼriyatga qiziqa
boshlaydi. Dovyurakligi va jasurligi uchun u yoshligidan „Bobur“ („Sher“) laqabini oladi.


Bobur otasi yoʻlidan borib, 
mashhur sufiy — Xoja Ahrorga
ixlos qoʻyadi va uning tariqati
ruhida voyaga yetadi, umrining
oxiriga qadar shu eʼtiqodga
sodiq qoladi. Keyinchalik, 
„Boburnoma“ asarida Bobur 
Xoja Ahror ruhi bir necha bor uni
muqarrar halokatdan, xastalik va
chorasizliqdan xalos etganini, 
eng ogʻir sharoitlarda rahnamolik
qilganligini taʼkidlaydi. Otasi
Axsida bevaqt, 39 yoshida fojiali
halok boʻlgach, oilaning katta
farzandi, 12 yoshli Bobur valiahd
sifatida taxtga oʻtiradi


Boburnoma — jahon adabiyoti va manbashunosligidagi muhim va noyob yodgorlik; oʻzbek
adabiyotida dastlabki nasriy memuar va tarixiyilmiy asar. Muallifi Zahiriddin Muhammad 
Bobur. Eski oʻzbek (chigʻatoy) tilida yozilgan (taxminan 1518/19—1530). "Boburiya", "Voqeoti
Bobur", "Voqeanoma", "Tuzuki Boburiy", "Tabaqoti Boburiy", "Tavorixi Boburiy" kabi nomlar bilan
ham maʼlum. Boburning oʻzi esa "Vaqoye" va "Tarix" degan nomlarni ishlatgan. 1494—1529 
yillarda Markaziy Osiyo, Afgʻoniston va Hindistonda sodir boʻlgan tarixiysiyosiy voqealar yilmayil
oʻta aniqlik bilan bayon qilingan boʻlib, ular muallif hayoti va siyosiy faoliyati bilan bevosita
bogʻlikdir.


Shunday buyuk insonlarning avlodi
bo’lganimizdan g’urur ila
fahrlanishimiz kerak, biz ularga
munosib farzand, munosib avlod
bo’lishga qatiyan harakat qilishimiz
kerak. Chunki ular bizga o’z
bilimlarini, yutuqlarini meros ila
qoldirishgan.

Download 1.76 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling