Krossvord – O’yin metodi bolalar faqat ular o’zlari ixtiro qilgan narsalar borasidagina haqiqiy tushunchaga EGA bo’ladilar va har safar, biz ularga bir narsani tez o’rgatmoqchi bo’lganimizda


Download 1.89 Mb.
bet1/3
Sana30.10.2020
Hajmi1.89 Mb.
#138855
  1   2   3
Bog'liq
6-sinf bo'yicha metodik qo'llanma


Tarix fanini mukammal o’zlashtirish bo’yicha 8-bosqichli tizim 6-sinf



KROSSVORD – O’YIN METODI
Bolalar faqat ular o’zlari ixtiro qilgan narsalar borasidagina haqiqiy tushunchaga ega bo’ladilar va har safar, biz ularga bir narsani tez o’rgatmoqchi bo’lganimizda, biz ularni narsalarni qaytadan kashf etishdan ushlab qolamiz.

J. Puaje
Krossvord o’yini XX asrning boshlarida paydo bo’ldi va o’zining qiziqarliligi bilan qisqa vaqt ichida butun dunyoga keng tarqaldi.

Krossvord” so’zi inglizcha so’zdan olingan bo’lib, kross – “kesib otish” va “word” - “so’z” so’zlarining birikmasidir va u boshqotirma ma’nosini anglatadi. Krossvord tuzish uchun “o’zaro kesishuvchi” katakchalarga so’zlar yozilishi va yozuvda umumiy katakchalarda bir xil harflar qatnashishi kerak. Krossvordlar shakli va hajmi jihatidan juda ko’p turli bo’ladi.

Krossvordning vatanini aniqlash borasida uch davlat baxs yuritadilar. Ular, AQSh, Angliya va JAR davlatlaridir. Krossvordning gazeta sahifasida birinchi marta chop etilishi 1913-yilning 21-dekabriga to’gri keladi va bu kun birinchi gazeta krossvordining tug’ilish kuni sifatida Ginnes rekordlar kitobiga rasman kiritilgan. Bu krossvord AQShda Artur Uinn tomonidan tuzilgan bo’lib, “Hew York world” gazetasida e’lon qilingan.

Krossvordga oid muhim pedagogik-psixologik jihatlar ustida to’xtalib o’tamiz.


Abuturient, talaba uchun krossvord:

1. O’yin xarakteriga ega. Bu xususiyat mavzuni oson egallash imkonini beradi. Chunki insonning ruhiyati mavzuni o’yin orqali qabul qilishga moyildir.

2. Xotirani chiniqtiradi.

3. Fikrlash doirasini kengaytiradi, aqlni peshlaydi.

4. Anglash va fahmlash qobiliyatini rivojlantiradi.

5. So’z boyligini oshiradi.

6. Izlanuvchanlikni vujudga keltiradi.

7. Intellektual salohiyatni kengaytiradi.

8. Mustaqil fikrlash ko’nikmasini hosil qiladi va shakllantiradi.

9. Bo’sh vaqtni mazmunli o’tkazish imkonini beradi.


O’qituvchi uchun:

1. Krossvord o’quv jarayonida o’quvchilarning olgan bilimini aniqlashning barcha nazorat bosqichlarida (joriy, oraliq va yakuniy nazorat bosqichlarida) qo’llanishi mumkin.

2. Krossvorddan o’quvchilarning mustaqil bilim olishini tashkil qilishda foydalanish mumkin. Masalan, o’qituvchi tuzgan krossvordlardan talabalar mustaqil yoki birgalikda ta’lim olishlarida foydalansalar bo’ladi. Shuningdek, o’quvchilar o’zlashtirishi kerak bo’lgan mavzu bo’yicha mustaqil ravishda krossvord tuzish topshirig’ini bajarishi ham mustaqil bilim olishning bir turini tashkil etadi.

3. Krossvord barcha fanlar bo’yicha tuzilishi mumkin.

Krossvordning yuqorida keltirilgan jihatlari tarix darslarida qo’llanishi uchun to’liq asos bo’ladi, deb hisoblaymiz.

Quyida 6-sinf Qadimgi dunyo tarixi darsligining bo’limlar yuzasidan tuzilgan krossvordlar jamlanmasini tavsiya etamiz.


1-5-MAVZULAR BO’YICHA KROSSVORDLAR


1-VARIANT

KROSSVORD (Ismlar bo‘yicha)

ENIGA

2. To'qqiz kitobdan iborat "Tarix" asarining muallifi.

4. Maqbarasiga temirdan bezak ishlatgan Misr fir'avni.


BO'YIGA

1. "Aleksandr anabasisi" asarining muallifi.



3. Miloddan avvalgi I asr oxirlarida yashab ijod qilgan. O'z asarida O'rta Osiyo xalqlari madaniyati haqida ma'lumotlar keltirib o'tgan qadimgi yunon tarixchisi va geografi.



2-VARIANT

KROSSVORD (Geografik nomlar va tushunchalar bo‘yicha)

ENIGA

2. Boshqirdistondagi so'nggi paleolitga oid qoyatosh rasmlari topilgan g'or

6. Surxondaryo vohasidan qadimgi ziroatchilar manzilgohlaridan biri
BO'YIGA

1. Qoyatosh rasmlari ancha mufassal o'rganilgan yurtimizdagi Mezolit davriga oid bo'lgan manzilgoh

3. Bronza davriga oid mis ko'zgular topilgan manzilgoh

4. Dajla va Frot oralig'idagi jahonga mashhur qadimgi shahar



5. Ispaniyadagi so'nggi paleolitga oid qoyatosh rasmlari topilgan g'or




24-VARIANT

KROSSVORD (Atama va tushunchalar bo'yicha)

ENIGA

1. Rimda yig'ilish joyi va savdo-sotiq maydoni bo'lib xizmat qilgan shahar markazi

3. Rimda xalq majlisi patritsiylardan ikki kishini bir yil muddatga hokim qilib saylagan oliy siyosiy lavozim

5. 10 ta kogorta

6. Qadimgi Rimda ibodatxona yonida qurbonlik baxshida etiladigan ko'tarma joy

7. Ma'lum bir lavozimni egallashga harakat qiluvchi nomzod shaxs



BO'YIGA

2. "umumiy ish" ma'nosini anglatadigan tuzum nomi

3. Bir necha senturiyalar

4. Lotinchadan tarjima qilinganda "oqsoqollar kengashi" degan ma'nonini anglatuvchi atama






41-44-MAVZULAR BO’YICHA KROSSVORDLAR

25-VARIANT

KROSSVORD (Ismlar bo‘yicha)

ENIGA

2. Dunay daryosi bo'yida yashovchi daklar bilan urush olib borgan imperator

4. 395-yil vafot etgan imperator

5. Yuliy Sezarga qarshi uyushtirilgan fitnaga boshchilik qilgan shaxs

6. 452-yil Rimga bostirib kirgan sarkarda

8. Rimni tor-mor etgan gotlar boshlig'i

9. So'nggi Rim imperatori

10. Oktavianning laqabi

11. Mark Antoniy uylangan Misr malikasi

BO'YIGA

1. Rim imperiyasining asoschisi

3. Rim imperiyasining poytaxtini Vizantiyga ko'chirgan imperator

7. Oktavian Avgust vorisi
















Download 1.89 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling