Mavzu: Ulug`bek davridagi O`rta Osiyo xalqlari madaniy hayotining tarixshunosligi


Download 0.5 Mb.
Pdf ko'rish
bet10/15
Sana05.01.2022
Hajmi0.5 Mb.
#206732
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   15
Bog'liq
mirzo ulugbekning tort ulus tarixi asari tarixiy manba

G’iyosiddin 

Jamshid asarlari: 

 «Suslam us-samo» («Osmon norvoni») 

 «Risolat ul-atvor val-jayb» («Vatarlar va sinus 

haqida risola») 



Ulug’bek akademiyasi olimlari ijodidan  namunalar 

Ali Qushchi asarlari: 

«Risola dor ilmi hisob» 

«Risolai qusur» 

«Risola dar handasa» 

«Risola dar falakiyot» 

«Risola dar ilmi hay’yat» 

«Risolai mantiq» 

Bu davrning yana bir muhim yutug’i-bu ijtimoiy fanlar, xususan, tarixshunoslik 

sohasida katta tadqiqotlarning yaratilganligidir. Bu xayrli ishlarning yuzaga 

chiqishida ham temuriy hukmdorlar tashabbusi va rahnamoligi beqiyos bo’lgan. 

Jumladan, Amir Temurning «Tuzuklari», Mirzo Ulug’bekning «To’rt ulus tarixi», 

Bobur Mirzoning «Boburnoma»si ijtimoiy fanlar rivojiga ayricha ta’sir 

ko’rsatganligi shubhasizdir. 

Temuriylar davrida salmoqli iz qoldirgan alloma olimlardan Nizomiddin Shomiy 

va Sharafiddin Yazdiyning «Zafarnoma», Xofizu Abruning «Zubdat at-tavorix», 



 

31 


Abdurazzoq Samarqandiyning «Matla ul-sa’dain» va «Majma’ ul-bahrayn» («Ikki 

saodatli yulduzning chiqish o’rni va ikki azim daryoning quyilish joyi»), Ibn 

Arabshohning «Amir Temur tarixi», Mirxondning etti jildli «Ravzat ul-safo» 

(«Poklik bog’i»), Xondamirning «Makorimul axloq» («Yaxshi fazilatlar»), 

«Xabibus siyar fi axboru afodul bashar» («Xabarlar va bashariyat odamlaridan 

dilga yaqin siyratlari») asarlari o’sha zamon tarixshunoslik ilmining yuksaklik 

darajasini o’zida ifoda etadi

1

. Хulosa qilib aytadigan bo’lsak Eng muhimi, bu davr 



AmirTemurdek buyuk siymoni tarix maydoniga chiqardi. Bu zoti sharif va uning 

avlodlarining  mislsiz sa’y-harakatlari, bunyodkorlik faoliyati tufayli 

Movarounnahr va Xuroson 

o’lkalari ulkan o’zgarishlarga yuz tutdi. Mo’g’ullarning bir yarim asrlik bosqini va 

zulmasoratidan butunlay xalos bo’lgan ona yurtimiz qudratli saltanat darajasiga 

ko’tarildi. Ayni chog’da u ijtimoiy-iqtisodiy, madaniy-ma’naviy jihatlardan 

yuksalib, jahonga dovrug’ taratdi. Ulug’ ajdodlarimiz tomonidan yaratilgan 

moddiy va ma’naviy madaniyatning yuksak namunalari, duru javohirlari mana 

necha asrlardirki, jahon ahlini hayratga solib, minnatdor avlodlar ardog’ida 

e’zozlanib kelmoqda. 

 

 

 



 

 

 



 

 

 



 

 

                                                           




Download 0.5 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   15




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling