Mavzu: Ulug`bek Hamdam. “Muvozanat”, “Isyon va itoat”, “Na’matak” romanlari. Reja


Download 78 Kb.
Sana08.01.2022
Hajmi78 Kb.
#242306
Bog'liq
Gulandom


Mavzu: Ulug`bek Hamdam. “Muvozanat”, “Isyon va itoat”, “Na’matak” romanlari.

Reja:

  1. Hozirgi o’zbek romannavisligi va unda Ulug’bek
    Hamdam ijodining o’rni

  2. “Muvozanat” romanida yangi shaxs ma’naviy axloqiy qiyofasining shakllanishi muammosi

  3. “Isyon va itoat”da ma’naviy-axloqiy muammolarning inson va uning taqdirga munosabati fonida talqin etilishi

  4. “Na’matak” romanida uch avlod taqdiri

Istiqlol davri o’zbek nasri g’oyaviy-badiiy yangilanishlar, o’zgarishlar bilan xarakterlanadi. Inson ruhiyatini taftish qilish, davrning dolzarb ijtimoiy-siyosiy o’zgarishlariga hozirjavoblik bugungi kun adabiyotining eng muhim xususiyatlaridandir.Davr nasrida Xurshid Do’stmuhammad, Nazar Eshonqul, Asad Dilmurod,Zulfiya Qurolboy qizi, Salomat Vafo kabi o’ziga xos uslubiga ega bo’lgan ijodkorlar qatorida Ulug’bek Hamdam ijodining ham muayyan o’rni bor.


O’zbek romani tarixi va tadriji I.Sulton, M.Qo’shjonov, O.Sharafiddinov.
S.Mamajonov, U.Normatov, S.Mirvaliyev, L.Rasulov, X.Boltaboyev, A.Rahimov,
D.Turayev, H.Umurov, D.Quronov, Y.Solijonov. Z.Pardayeva kabi o’zbek
adabiyotshunoslari tomonidan o’rganilgan. Qariyb bir asrlik ijodiy tajribaga ega
bo’lgan o’zbek romanchiligining so’nggi davr namunalariga xos xususiyatlar,
erishilayotgan yutuq va kamchiliklarni o’rganish adabiyotshunoslikning dolzarb
masalalaridan biridir.
Ulug’bek Hamdam ijodi ham boshqa iste’dodli o’zbek nosirlari ijodi qatorida
adabiyotshunoslar, tanqidchilarning diqqat markazida bo’lib kelmoqda.Ulug’bek Hamdam romanlariga munosabat, avvalo, adabiy-tanqidiy maqolalarda ko’zga tashlandi. Yozuvchining ilk romani ―”Muvozanat”ning nashr etilishi munosabati bilan Dilmurod Quronov unga so’nggi so’z yozib, roman xususida ilk fikrlarni bildirdi. Olim romanning pishitilishi lozim bo’lgan jihatlari borligini ta’kidlay turib, adibning eng katta yutug’i – yangi davr kishisi ruhiy olamidagi ijobiy va salbiy taraflarni jur’at bilan badiiy talqin qilganligida deb hisoblaydi. Bu romanni o’z vaqtida akademik Matyoqub Qo’shjonov ham yuksak baholab, ―”Shiddat bila yozilgan roman”, deya baholagan edi. Jumladan, u shunday yozadi: ―: muallif roman chop qildirib, ko’zga tashlanish maqsadida ish ko’rmaydi. U hayot haqida, hayotda ro’y berayotgan keskin burilishlar haqida, o’ta ziddiyatli voqealar xususida chuqur o’ylaydi. Faqat o’ylaydigina emas, u o’zida nimalardandir qanoat hosil qilsa, nimalardandir ko’ngli to’lmaydi, bular xususida teran bezovta bo’ladi, kuyunadi, qayg’uradi. Mana shu kuyunish va qayg’urishlar uni qo’lga qalam olishga undaydi.
O’zbekiston Qahramoni Ozod Sharafiddinov ham romanni yuqori baholagan.Yosh olima Zulxumor Mirzayeva esa romanning Amerikada nashr qilinishi vatadqiq etilishi masalasiga diqqat qaratgan. U Kolumbiya universitetida faoliyat ko’rsatayotgan Richal Narrining roman xususidagi tadqiqotiga munosabat
bildiradi.
Ulug’bek Hamdamning ―Isyon va itoat romani ham kitobxonlarda, ham olim-u adabiyotshunoslarda katta qiziqish uyg’otdi. Yozuvchining navbatdagi bu romani zamonamiz kishisining ma’naviy-axloqiy qiyofasini inson va uning taqdirga munosabati fonida badiiy talqin qilishga qaratilgan. Chindan ham asarda bosh qahramon Akbarning taqdir va Xudoga isyoni, ammo uzoq izlanish va
mashaqqatlardan so’ng itoatga kelish jarayonlari falsafiy-psixologik talqinda
tasvirlangan. Aslini olganda ―”Isyon va itoat” intellektual kitobxonga mo’ljallangan bo’lib, oddiy o’quvchi asardan to’la bahra ololmaydi, asardagi falsafiy mulohazalar uni zeriktirib qo’yadi. Boshqacha aytganda bu roman ―”Muvozanat” singari yengil o’qilmaydi. Professor Muhammadjon Xolbekov asarning mana shu jihatlaridan kelib chiqib bo’lsa kerak, o’zining ―”Isyon va itoat” haqidagi maqolasini ―”Isyon va itoat” aro (U.Hamdamning g’alati qahramonlari) deb nomlaydi (―Mejdu buntom I smireniem (strannыe geroi Ulugbeka Xamdama). Olim asarni chuqur tahlil qilaturib, jumladan, shunday yozadi: ―”Isyon va itoat” romanining g’oyaviy-badiiy xususiyatlarini tahlil qilaturib, alohida ta’kidlash lozimki, roman yozuvchining boshqa asarlaridan muammoning qo’yilishi jihatdan farq qiladi. Adibning boshqa romanlari aniq shaxs qismatiga bag’ishlangan bo’lsa, ―Isyon va itoatda muallif birinchi marta XXI asr boshlari yoshlari qiyofasini yaratadiUlug`bek Hamdamni el og`ziga tushirgan «Muvozanat» romani e`lon qilinganiga ham bir necha yil bo’ldi. Asli adib bunga qadar ham ancha-muncha she`riy mashqlari, bir –ikki hikoyasi-yu yana ―”Yolg`izlik” qissasini e`lon qilib, kichikroq davralarga xiyla tanilib ulgurgandi. Shu asno «Jahon adabiyoti»da «Muvozanat» e`lon qilindi-yu, munosabat ham tubdan o`zgardi: M.Qoshjonov, O.Sharafiddinov, U.Normatov, A.Rasulov kabi ustoz adabiyotshunoslar, P.Qodirovdek katta adiblar romanga yuksak baho berdilar... anchadan beri sokinlik hukm surayotgan adabiy jarayon jonlangandek bo`ldi: asarni quvib izlash-u topib o`qish, u haqdagi qizgin fikr almashuvlar, katta-kichik davralarda muhokama-yu munozaralar o`tkazish, tahririyatga xatlar bitish, asar e`lon qilingan jurnal sonlarining qoldan qolga o`tavergandan titilib ketishi... kabi deyarli unutilayozgan hodisalar kuztila boshladi.
Mustaqillikdan keyingi o’zbek romanchiligidagi katta muammolardan birini
istiqlol yillari, xalqning o’tish davri ziddiyatlari hamda unga nisbatan munosabati,
qiyinchiliklar oldida turgan odamlarning o’zini tutishi masalasidir. Bunday
romanlarining eng yorqin belgilarini Ulug’bek Hamdamning «Muvozanat», «Isyon
va itoat» asarlari o’zida aks ettiradi. Asarda mustaqillik davri odamlarining turli
qiyofadagi vakillari o’zining badiiy timsolini namoyon etgan. Masalan, millatning
ziyoli qatlami, uning oldida turgan qiyinchiliklar (bosh qahramon Yusuf timsoli
orqali), o’zini islom dini vakili sanagan musulmonnamo odamlar hamda ularning
bosayotgan izi (Yusuf ning akasi Amir timsoli orqali), jamiyatning yuqori tabaqasi
vakillari hamda ularning insoniylik mezonlari oldida tutayotgan yo’li (Yusuf ning
do’sti Said timsoli orqali), tadbirkor, boy lar toifasi va ularning insoniy qiyofasi
(Yusuf ning yana bir o’rtog’i Mirazim timsoli orqali) masalalari teran badiiy ifoda
etilgan. Asar orqali mustaqillikdan keyingi davrda yurtimizning ijtimoiy hayoti
haqida to’liq tasavvurga ega bo’lish mumkin. Yozuvchi davrimiz hayoti qiyofasini
jonli chizib berish, odamlarimizning o’zlarini ko’zguga solib ko’rishlari uchun
imkon yaratilgan holda bugungi kun kitobxonini, zamonamiz yoshlarini fikrida,
ahdida sobitlik, nafs qutqusining fojialari, odamiylik mezonlari, me’yor masalalari
haqida chuqurroq o’yga toldirish maqsadini ko’zlaydi.
Mazkur roman syujeti asosan bosh qahramon Yusuf taqdirini ko’rsatgandek
tuyuladi. Yozuvchi Istiqlol davridagi yangi shaxs muammosini shu obrazda
umumlashtirgandek. Ammo adib Yusuf ning intilishlarini, undagi muvozanatga
kelish jarayonlarini yorqin ko’rsatish uchun uning paralleliga yana uchta –
Mirazim, Said va Amir obrazlarini qo’yadi. U.Hamdam mana shu to’rt qahramon
sarguzashtlari fonida, ularning birortasi tutgan yo’lni ma’qullamaydi, balki insonga
xos bo’lgan mana shu to’rt holat muvozanatga kelishi, shundagina insonning
ma’naviy-axloqiy qiyofasi mukammal bo’ladi, deb hisoblaydi. Bu qahramonlarning to’rtalasi ham bugungi zamon qahramonlari. Biroq to’rtta
qahramon — to’rtta hayot yo’li. Mana shu to’rtta hayot yo’lining birligi romanda
aks etgan voqelikning qay darajada dolzarb ekanini ko’rsatib turibdi. Ulardan biri
ziyoli, o’zini ilm-ma’rifatda biror ulug’ maqsadga chog’lagan yosh olim (Yusuf );
ikkinchisi hayotning hamma jihatlarini pul bilan o’lchaydigan, boylik va imkondan
o’zga bironta kasb-korni nazar-pisand qilmaydigan «tadbirkor» (Mirazim);
uchinchisi yoshlikdan katta-katta mansablarni orzu qilgan, bunga erishish uchun
yo’l izlab, muayyan sabablar tufayli niyatiga erishgan, o’zi istagan cho’qqini
egallay olgan mansabdor (Said) va nihoyat, to’rtinchisi – hayotning ma’nosini faol
turmush tarzidan chekinib, toat-ibodatdan izlayotgan, bu dunyodan yuz o’girgan
―dindor (Amir).
Kasbikor jihatidan ham, xarakter jihatidan ham bir-birlariga o’xshamagan
to’rtta shaxs. Talabalik vaqtlarida birga o’qib, birga ulg’ayganlari uchun, ikkisi esa
aka-uka bo’lgani uchun hayotda bir-birlari bilan to’qnash keladilar. Bir-birlarining
hayotlaridan xabardor bo’ladilar. Asardagi dramatizm, ba’zi hollardagi fojeiy
manzaralar ayni xabardorlik bilan ham bog’lanib ketadi.
Ma’lum bir davrlarda mansabdorning ishi yurishib ketadi, qo’li uzatgan
joyiga yetadigan bo’ladi. Biroq oxir oqibatda fojea bilan yakunlanadi. Aksariyat
hollarda «tadbirkor» qahramonning oshig’i olchi — ko’plar uning xizmatida, pul
va mol-mulkining son-sanog’i yo’q. Lekin uning ham hayoti sekin-asta inqirozga
yuz tutayotganini payqash qiyin emas. Romanning uchinchi qahramoni haqiqiy
ziyoli. Biroq u sezadiki, faqat kitob titishu ilm egallash uni har doim ham baxtli
aylayvermaydi. U o’z idealini, hayotga munosabatini o’zgartirish ustida bosh
qotiradi. Nimalarnidir topgandek bo’ladi. Biroq uning topganlari kitobxonni to’la
qanoatlantiravermaydi. Demak, kitobxon mansabdor fojeasiyu «tadbirkor»ning
achchiq qismati ustida qancha o’ylansa, yosh ziyoli hayot yo’li to’g’risida ham
shunday iztirob bilan bosh qotiradi. Ayni chog’da Ulug’bek Hamdam romanda
qo’yilgan muammolarni shu yerning o’zida hal qilib berishni maqsad qilmaydi,
balki ularni kitobxonning teran mushohadasiga havola etadi.
Jamiyat hayotidagi har qanday o’zgarish, avvalo, ziyolilar ruhiyatida kurtak
yozadi, zero, jamiyatning mavjud holati, uning qay tomon borayotgani xususida
o’ylash, qayg’urish ziyolilar haqi. Shu jihatdan «Muvozanat»ning markazida ziyoli
— tarixchi olim Yusuf ning harakatlanishi tabiiy ko’rindi. Muallifning qahramon
tanlashdagi jiddiy yutuqlaridan biri, menimcha, uning yoshi bilan — qirq yosh
chegarasidagi odam ekanligi bilan bog’liq. Sababiki, ayni shu yosh chegarasidagi
avlod yurtimizda istiqbol sog’inchi chinakam ijtimoiy dardga aylangan davrda
shakllangan, ular bu sog’inchni juda teran his etganlar. Ikkinchi tomondan, bu
avlod ayrimlar qo’msayotgan «o’tmish» haqida eshitibgina bilmay, uni hozir bilan
xolis qiyoslash imkoniga egalar. Roman qahramoni Yusuf ning o’y-hislaridagi
ziddiyatlar ayni shu vaziyat bilan bog’liq. U istiqlolning chinakam ne’mat
ekanligini teran his qiladi va ayni paytda o’tish davridagi holatlarni ikki tomonni
ko’zda tutgan holda xolis baholash va tushunishga intiladi. Inson taqdiri va inson hayotining mohiyatini ifodalovchi falsafiy, axloqiy motivlar yig’indisidan tarkib topgan ekzistensializm adabiyotining mazmun doirasi jahon adabiyoti ko’lamida kengayib bordi. Jamiyatdan uzilib qolgan shaxs va uning ichki olami, hayotning mazmuni va ma’nosizligi, be’mani – absurd turmush tarzi, bunday hayotning sehrli changalidan chiqib keta olmaslik ekzistensial adabiyotning mazmunini tashkil qilyapti. Bunda, masalan, vatanparvarlik, mehnatsevarlik, do’stlik, sevgi-muhabbat kabi barqaror sanalgan qadriyatlar olamining inqirozi, tartibsizlik, hayotning mayda-chuyda tashvishlari, zaruriy ehtiyojlarni qondirish uchun intilish, baxtning erishib bo’lmaydigan narsa ekanligiga e’tibor qilinadi. Bu adabiyot qahramonlari hayot tashvishlarining og’irligidan tiklana olmay, egilib yuraveradi, u doim o’limini kutib, undan qo’rqib kun kechiradi. Beistisno, bu barcha jahon adabiyoti uchun xos mavzu. Hozirgi o’zbek adabiyoti ham shu jumladan.
Shopengauer ―”Olam – erk va tasavvur in’ikosi” asarida ―Odamni azob uqubatdan nima xalos etadi? degan savolga, ―eng avvalo, o’zgalarning azob uqubatini tushunish, nafaqat uni ko’rish va sezish, balki o’zining azob-uqubatiday
his etish; o’zgalarning bebaxt taqdirini anglash o’zimizning taqdirimiz haqida
o’ylashimizga yordam beradi»,- degan edi. Yozuvchining o’z qahramoni obraziga
singib ketishi va uning dardiga malham bo’lishga intilishi kabi holati bugungi
o’zbek romanchiligida yaqqol ko’rinyapti.
Xuddi shuningdek, yosh yozuvchi Ulug’bek Hamdamning ―”Isyon va itoat”
romani qahramoni – asar oxirida yoshi oltmishlarni qoralab qolgan Akbar butun
ongli hayot davomida ―”Nahotki inson hayoti hech nimaga arzimasa?”- degan
savolga javob qidirib o’tdi. Adolatli hukm chiqaraman, deb qasam ichgan
hakamning yuzsizligi tufayli kesilib ketishi, ozodlikka chiqqach ham tushungan
odamlar tomonidan kamsitilishi, oila boshlig’i bo’la turib, bir tishlam go’shtga zor
bolalarning ehtiyojini qondira olmayotganligi, rus mafiyasining zulmiga chidash,
tibbiyot professorining «grippga o’xshagan kasalliklarni vaqti-vaqti bilan
kuchaytirish kerakligi, ―o’shanda mo’rtroqlaru zaifroqlardan tozalanib turishlik,
shunda ―dori-darmondan ancha-muncha pul ishlab olish mumkinligi» haqidagi
nazariyasi va boshqa qator-qator o’ylab chiqarilmagan, hayotiy ziddiyatlar asar
qahramonining isyoniga sabab. Akbar Shopengauerga quloq soladi. K.Uilson
aytganidek, ma’naviyatga intiladi, tinmay kitob mutolaa qiladi, qalbida ma’rifiy
inqilob yuz beradi. Insoniy qadr-qimmati toptalgan fohisha Dianani yangi, pokiza
hayotga chorlaydi, himoyasiz kampir qo’shnisiga beminnat g’amxo’rlik qiladi. Shu
tariqa isyonkor qalb itoatga keladi.
Ulug’bek Hamdamning ―Isyon va itoat‖ deb nomlangan muxtasar romani
falsafa va adabiyotdagi taqdir va inson munosabatlari masalasiga bag’ishlangan.
O’z taqdirining quli bo’lgan inson qalb isyoni tufayli va o’z ahvolini yaxshilash
yo’lidagi urinishlari oqibatida faqat soxta erkinlikka erisha oladi. Haqiqiy
erkinlikka erishish uchun esa u taqdir qulligidan qutilishi lozim qabilidagi aqida
bilan tanishadi kitobxon.
Bizningcha, o’zbek xalqiga xos xususiyatlar, ma’naviy-axloqiy qadriyatlar
Tursunboy obrazida o’zining yorqin ifodasini topgan. Tursunboy, u qanchalik
fojeiy siymo bo’lmasin, nihoyat samimiy va mahorat bilan yaratilgan. Uni salbiy
obraz ham deb bo’lmaydi, chunki haqiqiy mehnatkash, dala ishlari va uy
yumushlarini birinchi o’ringa qo’yadi, ijobiy obraz ham deyish qiyin, chunki u
ma’naviy jihatdan kitobxonga o’rnak bo’la olmaydi. Tursunboy ―sira tin olmagani, doim ―ish, ish, ish‖ deb yurgani uchun odamlar uning nomiga orqavarotdan laqab taqib aytishadi: Tursunboyning joni talash – jontalash. Ha, haqiqatan ham butun umri davomida bechoraning joni turmushning ikir-chikirlari orasida taloshda qoldi.
Biroq uning o’zi buni bilmadi, hayot shu, tiriklik shu, deya keldi…‖ (86-bet).
Rostdan ham hayotiy obraz. Bundaylar kammi dunyoda! Ish deb ota-ona,
qarindosh-urug’, yoru birodarlardan xabar olishni unutayozganlar yo’qmi! Lekin
koshkiydi, shunday mehnat evaziga uyida qozon qaynab tursa. ―Qozon o’lgurning
go’sht ko’rmaganiga ham ikki oy bo’ldi‖, deb uy bekasining kuyinishida ham jon
bor. ―Dunyoda kolbasa, pishloq degan narsalar ham borligini bilasizmi siz?‖,
degan so’rog’iga Tursunboy o’zicha munosabat bildirib, ularni ―kofirning yemishi‖ deydi. Qahramon shunday hayotga ko’nikib ketgan, uningcha, hech narsani o’zgartirib bo’lmaydi. Bu — taqdir. Peshona. O’zi – taqdirning quli. Qalbida shunday hayot tarziga nisbatan isyon tugul uning uchquni ham yo’q…
Tursunboyning antiqaligi shundaki, u hamma narsani o’z qarichi bilan
o’lchaydi. Yarim kechada ishdan kelib, ―oshxonaga o’tib, qozonning qopqog’ini
ko’tardi. Suyuq ovqat. Cho’michni aylantirib ko’rdi — uch-to’rtta kartoshka va
tuxum bo’laklari: demak tuxum sho’rva‖ (34-bet). U o’zicha doim haq. Unga bir
burda qattiq non, termosda choy, choyga solgani bir dona oq qand bo’lsa bo’lgani.
Mana, Jontalashning og’ir mehnat evaziga mukofoti – bir kunlik emishi. Bu —
hayot. Qahramon bunday hayotdan nolimaydi. Faqat uning atrofidagilar qalbidagi
isyon kuchli. Lekin, baribir, bu isyon qahramonimizga ta’sir eta olmaydi. U
bamisoli robot, hatto uni manqurt, zombiga o’xshatging keladi. Unda isyon yo’q.
Itoat bor xolos.

Kitobxonlarga ham, adabiyotshunoslarga ham yaxshi ma’lum: Ulug’bek


Hamdam Istiqlol davrining eng sermahsul va serqirra ijodkorlaridan. U ham nasr,
ham nazm, ham adabiyotshunoslik va adabiy-tanqid sohasida salmoqli ishlarni
amalga oshirdi. Ammo gap faqat sonda emas. Adib va adabiyotshunos Ulug’bek
Hamdam she’riyat sohasida modernistik izlanishlari bilan tanilgan bo’lsa,
adabiyotshunoslikka oid tadqiqotlariga germenevtik, psixoanalitik usullarni
dadillik bilan olib kirmoqda. Masalan, u ―Tadrij‖ deb nomlangan maqolasida yillar o’tishi, tafakkurning o’sa borishi bilan kitobxon-o’quvchining sevib o’qiydigan mualliflari, asarlari ham o’zgara borishi xususidagi kutilmagan bir fikrni bayon qiladi. Deylik, uning o’zi dastlab Hamid Olimjon she’riyatiga maftun bo’lgan bo’lsa, keyinchalik Abdulla Oripov ijod olami bilan tanishgach, ilk o’qigan she’rlari judayam sodda-jo’n bo’lib ko’ringanini; o’qib-ulg’aya borgan sari bu shoirning yozganlari ham tafakkurini qoniqtirmay, izlagan-istaganini Rauf
Parfining serqatlam-ramziy she’riyatidan topganligini yozadi. Yana bir maqolasida
esa Rauf Parfining birgina ―Seni ko’zlarimga mil kabi tortarman, Vatan‖ she’rini
tahlil qiladi. Shubhasiz, bunday tadqiqotlar o’zbek adabiyotshunosligiga yangi
nafas olib kirdi.
Ulug’bek Hamdamning nasriy asarlari – hikoya, qissa va romanlari ham
dastlabki qarashda an’anaviy usulda yozilgan kabi ko’rinsa ham, unda mazmuniy
jihatdan yangilanish, ta’bir joiz bo’lsa, ―to’ntarish‖ ko’zga tashlanadi. Ulug’bek
Hamdam nasriy asarlarida ko’proq insonning ichki-ruhiy dunyosini taftish qiladi.
Uning qahramonlari tashqi olamdan ko’ra ko’proq o’z ichki dunyosi bilan to’qnash
keladi. O’z-o’zini shafqatsiz so’roq qiladi, o’z gunohlarini tan oladi, o’zini
ayblaydi – shu jarayonlarning natijasi o’laroq tozalanish sari boradi, hidoyatga yo’l
axtaradi.
Download 78 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling