Mavzu: umarali normatovning “qodiriy mõjizasi” asarini õqib õrganish reja: 1 umarali normatov haqida 2 asar haqida 3 xulosa
Download 101.68 Kb.
|
2 5436218030138853081
- Bu sahifa navigatsiya:
- UMARALI NORMATOV
URGANCH DAVLAT UNIVERSITETI FILOLOGIYA FAKULTETI ÕZBEK TILI(SIRTQI) YÕNALISHI 192-GURUH TALABASI OTAMURODOVA QUVONCHOYNING ADABIYOTSHUNOSLIK FANIDAN MUSTAQIL ISHIMAVZU: UMARALI NORMATOVNING “QODIRIY MÕJIZASI” ASARINI ÕQIB ÕRGANISHREJA: 1)UMARALI NORMATOV HAQIDA 2)ASAR HAQIDA 3)XULOSAUMARALI NORMATOVUMARALI NORMATOV 1931-YIL 3-YANVARDA FARĞONA VILOYATI BESHARIQ TUMANIDAGI RAPQON QISHLOĞIDA TUĞILGAN.TOSHKENT DAVLAT UNIVERSITETINING (HOZIRGI ÕZBEKISTON MILLIY UNIVERSITETI) FILOLOGIYA FAKULTETIDA, SÕNG ASPERANTURADA TA’LIM OLGAN. 1962-YILDAN MILLIY UNIVERSITET ÕZBEK ADABIYOTI KAFEDRASIDA ISHLAYDI, FILOLOGIYA FANLARI DOKTORI,PROFESSOR. 1974-2000-YILLARI HOZIRGI ÕZBEK ADABIYOTI KAFEDRASIDA MUDIRLIK QILGAN. BU YILLARI KAFEDRADA O.SHARAFIDDINOV, A.ALIYEV, A.RASULOV, N.XUDOYBERGANOV, S.SODIQOV, B.KARIMOV,BA.ULUĞOV, R.QÕCHQOROV, D.QURONOV, U.HAMDAM SINGARI ISTE’DODLI MUNAQQID-ADABKYOTSHUNOSLARDAN IBORAT ILMIY JAMOA SHAKLLANDI, MAZKUR JAMOANING SAY HARAKATI TUFAYLI O.SHARAFIDDINOV BOSHLIQ MILLIY TANQIDCHILIK MAKTABIGA ASOS SOLINDI. Umarali Normatov adabiy tanqidchilik faoliyatini 1957-yildan boshlagan, hozirgacha 20 dan ortiq kitobi, 500 dan ortiq maqola, taqdizlari bosilgan. Adabiyotshunos olimning faoliyati yaxlot holda zamonaviy adabiy jarayon hamda yangi õzbek adabiyoti tarixi, taraqqiyoti masalalari yechimiga yõnaltirilgan.1962-yilda filologiya fanlari nomzodi, 1978-yilda filologiya fanlari doktori ILMIY darajasini olgan. “Nasrimiz ufqlari”, “Yetuklik”, “Qalb inqilobi”, “Qodiriy boği”, “Umidbaxsh tamoyillar” singari asarlarida yangi õzbek adabiyoti, uning namoyandalari ijodining mühim tomonlari yoritib berilgan.Umarali Normatov 1991-yildan umumta’lim maktablari uchun tubdan yangilangan adabiyot dasturi va darsliklari yaratish bõyicha mualliflar guruhiga rahbarlik qildi, 5, 9,11-sinflar uchun darslik, qõllanmalar muallifi sifatida qatnashdi. Uning ishtirokida oliy õquv yurtları uchun “XX asr õzbek adabiyoti tarixi”, “Yangi õzbek adabiyoti” kitoblari yaratildi.U.Normatov adabiyotshunoslik, ta’lim-tarbiya sohasidagi xizmatlari uchun munosib taqdirlangan. U Õzbekiston respublikasi Fan arbobi, Õzbekiston davlat mukofoti laureati, Õzbekiston respublikasi xalq maorifi pedogogi unvoni sohibi. Adabiy-tanqidiy maqolalari uchun “Sharq yulduzi”, “Tafakkur”, “Guliston” jurnallari mukofotlarini olgan.“Qodiriy mõjizasi” kitobi orqali õquvchi olimning qalb haroratini his etadi, zavq-shavqqa tõla hayajonli adabiy-ilmiy tahlillarga guvoh bõladi. Albatta, olim bu kitobni bir-ikki yıl ichida yoki bir õtirishda yozgan emas. Abdulla Qodiriy hayoti va ijodining barcha qirralarini, adibga munosabat bildirgan ilmiy asarlarni õrganish, tadqiq etish – uzoq davom etgan mashaqqatli ish. Umarali Normatov bu ish bilan umri davomida mashğul bõldi.Õrni kelganda izlanishlarini, kuzatishlarini qoğozga tushirdi. Agar diqqat qilinsa, U.Normatovning vaqtli matbuotda bosilgan maqolalarining soni besh yuzdan kõp, alohida nashr qilingan kitoblari soni yigirmadan ortiq. Ammo, mening nazarımda, “Qodiriy mòjizasi” – bu mutlaqo õzgacha, zavq-shavq bilan, tõlib-toshib, mehr-muhabbat yozilgani jihatidan barchasidan ajralib turadi. Kitobning “Qodiriy boği” deb nomlagan dastlabkiBõlimida adibning hayot yõlini, boshidan õtgan yaxshi-yomon kunlarni, olim u yashagan murakkab adabiy-ijtimoiy muhit ruhini, uning atrofida kechgan iğvoyu malomatlar mohiyatini chuqur his etib yozadi: “Qamoqda, tergov paytida ustiga bõhtondan iborat ayblar qõyilganda, ayniqsa, hamkasblarining yuzsizlarcha munofiqlik qilganini kõrganda adib qanday ahvolga tushganini, bu imoni butun, õta Halil, rostgõy, mard yiğitQalbida qanday tuğyonlar kechganligini hayolan tasavvur qilish mumkin. Agar õsha keskin dramatik ruhiy holat tõla tiklansa, shekspirona tragediya tuğilishi aniq”. Bunday fikr-mulohazalarni manbalarni chuqur õrgangan va adibning ruhiy va psihologik holatini hayolan tugal tasavvur qilgan odamgina yoza olası.Umarali Normatov yozuvchining asarlarini va arxiv hujjatlarini, mavjud ilmiy tadqiqotlar hamda biografik malumotlarni qayta nazardan õtkazadi, yozuvchi dunyosini, ham iste’dodli ijodkor, ham õz zamonasining ziyolisi sifatidagi xususiyatlarini teran tushunadi. Adib dunyoqarashi shakllangan muhitga, ta’lim-tarbiya maskanlarining saviyasiga tõğri tashxistashxis qõyadi, bir qancha chigal masalalarga oydinlik kiritadi. Olim muayyan muammo istifa FIKR yuritar ekan, õz talqinlarida ijod psixologiyasiga, inson tabiatiga xos barcha xususiyat va mayllarni inobatga oladi.Kitobdan õrin olgan “Õtgan kunlar”ning ma’no va badiiyat jilolariga, “Mehribdan chayon” va “Obid ketmon” asarlarining yangicha talqinlarida bağishlangan sahifalarda ham olimning qalb harorati ufurib turadi.TOPSHIRDI: Otamurodova Quvonchoy QABUL QILDI: SAIDJONOVA ZEBO Download 101.68 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling