Mavzu: umumiy energiya metabolizmi
Download 0.92 Mb. Pdf ko'rish
|
1 2
Bog'liqBiokimyo-1.ApexMed
- Bu sahifa navigatsiya:
- Kontrainsulyar gormonlar
- O’TA OCHLIK STATUSI
1- MAVZU: umumiy eNERGIYA METABOLIZMI Organizm ovqat mahsulotlarini CO2 va suvga parchalash orqali undan energiya oladi. Ushbu jarayon 4 ta bosqichda amalga oshadi =Organizmdagi metabolizm jarayonlarining boshqarilishi= -Bu organizmning ozuqaviy statusiga bog’liq ravishda boshqariladi: To’qlik -> Ochlik -> O’ta ochlik -Bundan tashqari insulin/glucagon nisbati ham metabolizm boshqaruvida asosiy rol o’ynaydi Ba’zi muhim tushunchalar: Kontrainsulyar gormonlar: glucagon, epinefrin, o’sish gormoni va kortizol Insulin uchun nishon to’qimalar: muskul, jigar va yog’ to’qimasi Insulinga sezgir bo’lmagan tuzilmalar: miya va RBC RBC har doim glukozani anaerob tarzda parchalaydi Oqsil zaxiralanmaydi, chunki har bir oqsilning o’ziga xos muhim vazifasi bor OCHLIK STATUSI -kontrainsulyar gormonlar miqdori yuqori O’TA OCHLIK STATUSI -glukagon va epinefrin miqdori juda yuqori -lipoliz yuqoriligi sabab ortiqcha asetil-CoA keton sintezi uchun sarflanadi -qonda yog’ va keton tanachalari ko’payadi -muskullar energiya uchun ko’p miqdorda ketonlarni ishlatishni boshlaydi -miya hujayralari ham oz-ozdan keton ishlatishni boshlaydi JIGAR Yo’qilg’i metabolizmida 2 ta asosiy funksiyasni bajaradi: Har qanday o’zgarishlarda ham glukoza levelini bir xilda ushlash Ortiqcha yog’ kislotalari oksidlangan vaqtda keton tanachalar sintez qilish Ortiqcha glukoza jigar tomonidan glikogenga aylantiriladi Jigarda ortgan glukoza esa acetyl-CoA ga aylantiriladi va yog’ kislotalar sintezi uchun sarflanadi Insulin miqdori yuqori bo’lgan vaqtda u glukozani glikogen va yog’ kislotalar sintezi uchun safarbar etadi Agar glukoza miqdori kamaysa u glikogen hisobidan to’ldiriladi Glikogen zaxirasi tugasa, glukoneogenez orqali glukoza hosil qilinadi Laktat, amino kislotalar va glitserin glukoza skeletini hosil qilishda ishtirok etadi YOG’ TO’QIMASI Yog’ to’qimasidagi kapillyarlar devorida insulinga sezgir ferment – lipoprotein lipaza mavjud bo’ladi va u insulin ta’sirida qondan yog’ to’qimasiga yog’ kislotalarni o’tkazib beradi Yog’ kislotalar trigliseridlar ko’rinishida zaxiralanadi Bundan tashqari insulin yog’ to’qimasidan yog’ kislotalar chiqishini supressiyalab turadi Ochlik vaqtida insulin miqdori kamayib, epinefrin miqdori ortadi Bu vaqtda gormonga sezgir lipaza ishga tushadi va yog’ to’qimasidan yog’ kislotalarni qonga chiqaradi Note: qondagi yuqori miqdordagi trigliseridlar diabetdan darak beradi* SKELET MUSKULI Download 0.92 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
1 2
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling