Mavzu: Umumiy kollektorli kaskadni loyihalash va uni hisoblash


-rasm – Sun’iy neyron strukturasi


Download 56.97 Kb.
bet5/8
Sana16.04.2023
Hajmi56.97 Kb.
#1359638
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
Kurs ishi Boshqarish nazariyasi 123555

1.2.1-rasm – Sun’iy neyron strukturasi
Sun’iy neyro-tarmoqlarni o‘rgatish. Sinaptik vaznlarni identifikatsiyalash amali SNT larni o'rgatish yoki shug'ullantirish deyiladi. SNT larni o'rgatish odatda yoki real foydalanish jarayonida yoki imtatsin modellashtirish usuli bilan amalga oshiriladi. O'rgatishning ikkita asosiy turini ajratib ko'rsatish mumkin: nazorat qilinadigan o'rgatish va o'zi o'rganish [36]. Nazorat qilinadigan о 'rgatishcla tashqi “o'qituvchi” bo'ladi va u tarmoqning kirish ta'sirlarini berilgan vektoriga reaksiyasini nazorat qiladi va uning parametrlarini takomillashtiradi. O'zi o 'rganishda esa tarmoq tashqi muhit ta’sirida. o'qituvchisiz o'zini-o'zi tashkil qiladi. O'zinio'zi tashkil etish, neyron tarmog'i berilgan kirish vektorida maksimal chiqishga ega bo'ladigan qilib amalga oshiriladi.
Adabiyotlarda o'zini-o'zi tashkil etuvchi tarmoqlar Koxonen tarmog'i sifatida ma’lum bo'lib, ular timsollarni tanish va ularni tasniflash masalalarida ishlatiladi. Nazorat qilinadigan o'rgatishning ikki turi mavjud: bevosita nazorat qilinadigan o'rgatish va o'rganishni rag'batlantirish. Bevosita nazorat qilinadigan о'rgatishda, etalon kirish va chiqish signallaridan iborat shug'ullantiruvchi ma’lumotlar mavjud deb faraz qilinadi. O'rgatish jarayonida "o'qituvchi” va neyron tarmoqning 270 kirishiga bir xil shug'ullantirish shabloniga mos keluvchi signal beriladi. "O'qituvchi” berilgan signalga qanaqa reaksiya berish kerakligini tarmoqqa xabar qiladi. Real va kutilgan chiqishlar o'rtasidagi xatolikka ko'ra. ma’lum algoritm bo'yicha tarmoqning vazn koeffitsiyentlarini sozlash amalga oshiriladi. Bevosita o'rgatish yordamida ko'pincha funksiyalarni silliqlantirish va dinamik obyektlarni identifikatsiyalash kabi masalalar vechiladi. Rag‘batlan1iru\'chi o'rgatishda "o'qituvchi” bilimidan foydalanilmaydi. O'rgatish biron-bir tashqi mezon bahosi natijalariga ko'ra olib boriladi. Neyrokontrollerni boshqarish tizimi bunga eng yaxshi misol bo'la oladi. Boshqarish sifatini faqatgina obyektning chiqish signali bo'yicha baholash mumkin. Bevosita nazorat qilinadigan o'rgatishning eng mashhur algoritmlari - xatolarni teskari taqsimlash algoritmi va genetik algoritmlarning turli modifikatsiyalari. Neyronli tarmoqlarni amaliy qoMlashga misollar. Yechilishida bugungi kunda neyrotarmoqli texnologiyalar keng qo'llanilayotgan masalalar sinfini keltiramiz.



Download 56.97 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling