Mavzu: Umumiy lisoniy malaka va ijtimoiy xoslangan lisoniy malaka
Download 160.74 Kb.
|
akt10
Mavzu: Umumiy lisoniy malaka va ijtimoiy xoslangan lisoniy malakaTaʼlim jarayoni asosan til vositasida kechar ekan, ona tili taʼlimi taʼlim tizimidagi fanlar orasida alohida oʻrin tutadi. Boshqa fanlarning oʻzlashtirilishi oʻquvchining oʻz ona tilida yozma matnni, ogʻzaki matnni tushunish, oʻz fikrini yozma va ogʻzaki shaklda izchil bayon eta olish koʻnikmasi bilan bevosita bogʻliq. Aytish mumkinki, ona tili taʼlimi har qanday bosqichdagi taʼlimning negizini tashkil etadi. Tilning eng birinchi vazifasi maʼlumotni kodlash va dekodlashdir, yaʼni soʻzlovchi oʻz fikrini toʻgʻri ifodalashi kerak va qabul qilingan nutqda berilgan maʼlumotni toʻgʻri tushunishi kerak. Oʻrta maktabda ona tili taʼlimi tilning aynan shu – birlamchi funktsiyasini qoʻllash malakasini shakllantirishga qaratilishi kerak.
Psixolingvistik tadqiqotlardan maʼlumki, insonning til qobiliyati toʻrt xil kognitiv malakaning oʻzaro bogʻliqligida rivojlanadi:
Bir qarashda mazkur farqlar muhim emasday tuyuladi, chunki asosda semantik tizim bitta boʻladi, semantik tizim qolgan hammasini boshqaradiganday tasavvur qilamiz, chunki sogʻlom odamda mazkur toʻrt malakaning jiddiy farqi sezilmaydi. Koʻp kitob oʻqigan odam yaxshi gapiradi, yaxshi yozadi deb qaraladi, bunday boʻlmasa u istisno sifatida eʼtiborga olinmaydi. Mazkur yondashuvga neyrolingvistik tadqiqotlar chek qoʻygan. Download 160.74 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling