Eshitish tahlil tizimi orqali nutq tovushlari qabul qilinib olar ekan, u audio-kirish leksikonidagi mavjud soʻzlar bilan solishtiriladi va soʻz nutqiy oqimdan ajratib, soʻz sifatida anglanadi, mazkur shaklga bogʻlangan maʼno faollashadi. Mohiyatan olganda biz nutqni turli chastotalarga ega tovush toʻlqinlari sifatida qabul qilamiz. Mazkur toʻlqinlar insonning quloq pardasini turli chastotalarda tebratadi. Bu tebranishlar insonning eshitish tizimi orqali bosh miyaga uzatiladi. Biz eshitib tanigan soʻz – bu bir xilda takrorlangan toʻlqin chastotalari demak. Uning maʼnosi esa oʻsha toʻlqin chastotalari guruhi qabul qilinganda inson turgan vaziyat bilan bogʻliq holda shakllangan boʻladi. Shu zaylda insonda audio-kirish leksikoni shakllanad - Eshitish tahlil tizimi orqali nutq tovushlari qabul qilinib olar ekan, u audio-kirish leksikonidagi mavjud soʻzlar bilan solishtiriladi va soʻz nutqiy oqimdan ajratib, soʻz sifatida anglanadi, mazkur shaklga bogʻlangan maʼno faollashadi. Mohiyatan olganda biz nutqni turli chastotalarga ega tovush toʻlqinlari sifatida qabul qilamiz. Mazkur toʻlqinlar insonning quloq pardasini turli chastotalarda tebratadi. Bu tebranishlar insonning eshitish tizimi orqali bosh miyaga uzatiladi. Biz eshitib tanigan soʻz – bu bir xilda takrorlangan toʻlqin chastotalari demak. Uning maʼnosi esa oʻsha toʻlqin chastotalari guruhi qabul qilinganda inson turgan vaziyat bilan bogʻliq holda shakllangan boʻladi. Shu zaylda insonda audio-kirish leksikoni shakllanad
- Oʻqib tushunish
- Maktabda birinchi sinfda harflar va yozma matnni oʻqish oʻrgatiladi. Keyinchalik oʻqish darslarida matnni oʻqib tushunish koʻnikmasiga eʼtibor qaratiladi. 5-sinfdan keyin matnni tushunish faqat adabiyot darslari bilan cheklanadi. Ona tili darslarida ham baʼzan matndan parchalar beriladi, ammo ular bevosita oʻqib tushunish koʻnikmasini rivojlantirishga qaratilmagan. Adabiyot fani badiiy matn bilan ishlaydi. Badiiyat obrazlar bilan ish koʻrar ekan, unda matnda qoʻllangan vositalarni toʻgʻri dekodlash masalasiga alohida eʼtibor qaratilmaydi. Ona tili fani doirasida esa grammatik qonun-qoidalar matndan uzib olingan alohida gaplar misolida tushuntiriladi, matnni til birligi sifatida oʻrganish, tahlil qilishga koʻp eʼtibor qaratilmaydi.
- Matnni oʻqib tushunish murakkab psixolingvistik jarayon boʻlib, grafemalarni tanish, oʻqish, soʻzning lugʻaviy maʼnosini, kontekstual maʼnosini anglash, sintaktik strukturani toʻgʻri hal etish (yaʼni soʻzlarning oʻzaro munosabati, qaysi soʻz gapdagi asosiy tushunchani, qaysilari unga tobe tushunchalarni ifodalayotganini anglash), shuningdek, matn mazmuniy bloklarining oʻzaro bogʻlanishini tushunish kabi darajalardan iborat boʻladi . Mazkur darajalar matnni tushunish, uning mazmuniy proyektsiyasini ongda hosil qilgunga qadar kechadigan jarayonlar boʻlib, matnni oʻqib chiqqan har bir oʻquvchi mazkur darajalardan oʻtib matnni toʻliq tushunadi deb boʻlmaydi.
Do'stlaringiz bilan baham: |