Mavzu: umumiy o’ta ta’lim tizimidagi milliy g’oya, ma’naviyat asoslari va huquq ta’limiga oid fanlarning o’qitilishi tahlili. Kirish I bob. Yoshlarni milliy g‘oya ruhida tarbiyalashda milliy qadriyatlarimiz
I BOB. YOSHLARNI MILLIY G‘OYA RUHIDA TARBIYALASHDA - MILLIY QADRYATLARIMIZ
Download 56.88 Kb.
|
UMUMIY O’TA TA’LIM TIZIMIDAGI MILLIY G’OYA, MA’NAVIYAT ASOSLARI VA HUQUQ TA’LIMIGA OID FANLARNING O’QITILISHI TAHLILI.
I BOB. YOSHLARNI MILLIY G‘OYA RUHIDA TARBIYALASHDA - MILLIY QADRYATLARIMIZ
1.1 Milliy g‘oya va uning qadriyatlarimiz bilan uyg‘unlig. Milliy g‘oya – milliy ongni uygotuvchi, millatning o‘zligini anglatuvchi, o‘ziga xoslikka, mentalitetga qiyofa baxsh etuvchi, milliy ruhiyat, g‘urur, iftixor, etiqod va masullik tuyg‘ularini shakllantiruvchi fikrdir. Milliy g‘oya har bir insonning o‘zini anglashi jarayonida shakllanadi. Milliy g‘oya tizimida milliy ong, milliy o‘zlikni anglash va tarixiy xotira, milliy meros, milliy mentalitet muhim o‘rin egallab, inson erkinligi, huquq va manfaatlari ham milliy o‘zlikni anglash jarayoniga bevosita bog‘liq bo‘lib hisoblanadi. Har qanday millatning taraqqiyoti jamiyatdagi yoshlar qatlamining milliy g‘oya va qadriyatlarga munosabati, uning yoshlar ongiga qanday ta’sir etayotganligiga hamda amaliy faoliyatlariga qanday tarzda tayanishlariga bog‘liq. Yoshlar respublikamiz aholisining yarmidan ko‘pini tashkil etadi. Shuning dek yoshlarning milliy g‘oyani anglashi, ishonch va e’tiqodiga aylanishi, qanday yangi qadriyatlar shakllantirilganligi bilan ham bog‘liq bo‘ladi. Chunki miliy g‘oya bir tomondan, yoshlarni o‘zining obyekti sifatida qarasa, ikkinchi tomondan yoshlar milliy g‘oyaning ilg‘or rivojlantiruvchilari va kelajak avlodga yetkazuvchilari hisoblanadilar. Uchinchidan, yoshlar qanchalik milliy g‘oya bilan qurollangan va uni anglab olgan bo‘lsa, jamiyat shunchalik taraqqiyotga erishadi. Bu holat milliy g‘oya va yoshlarning o‘zarobog‘liqligini belgilaydi. Boshqacha aytadigan bo‘lsak milliy g‘oya qanchalik mazmunli, har bir kishining uzoqqa mo‘ljallang maqsad va manfaatlari, pirovardida esa, millatning istiqbolini belgilashga xizmat qiladigan bo‘lsa, uni yoshlar shunchalik tez qabul qiladi va unga nisbatan o‘zining ijobiy munosabati shakllanadi. Demak jamiyat milliy mafkura orqali yoshlarga qanday g‘oya va fikrlarni taklif etsa, shunga mos ravishda g‘oyaviy jihatdan chiniqqan, vatanparvar. zamonaviy bilimlarni egallagan yoshlarga ega bo‘ladi. Eng muhimi shundaki, har bir jamiyatda qanday maqsadda bo‘lmasin yangi g‘oya va konsepsiyalarga nisbatan yoshlar o‘z munosobatini bildiradi va aholining boshqa qatlamiga nisbatan tezroq qabul qiladi. Chunki yoshlar psixologik jihatdan hali shakllanish bosqichida bo‘lgani uchun ularda yangiliklarga nisbatan qiziqish kuchli bo‘ladi va uni e’tiqodiga aylantirish ehtiyoji katta bo‘ladi. Shuningdek yoshlar o‘zlarining ijtimoiy-ruhiy va boshqa jihatlariga ko‘ra salbiy hodisalarga tez beriluvchanlik jamiyatdagi o‘zgaruvchan sharoitga moslashish qobiliyatining yuqori ekanligi bilan ajralib turadi. Ular jamiyatning shunday ijtimoiy guruhiga mansubki, ular o‘tkir hissiy bilish qobiliyatiga ega bo‘lib, so‘z bilan amaliyotning nomutanosibligi holatlarini kuchliroq sezadilar. Yoshlarning oldida haqiqatni aytishdan cho‘chimaslik soxtakorlikdan qochish, mavjud qiyinchiliklar, muammolarni ochiq-oydin bayon etish lozim. Milliy g‘oyaning yoshlarni safarbar etish, ilhomlantirish, buyuk kelajak sari chorlash uchun ahamiyati, ta’lim va tarbiyada tutgan o‘rni va ro‘li uning hayot haqiqatlariga, real borliqqa, xalq turmushiga qanchalik mos va muvofiqligiga qarab belgilanadi. Milliy gurur va or-nomus tuy g‘ularini shakllantirishda xalqning madaniy merosi, milliy qadriyatlari, ulug‘ mutafakkirlarning ibratli hayoti, bugungi erishilayotgan yutuqlar muhim. Yosh avlod ongiga milliy istiqlol mafkurasining ijtimoiy adolat haqidagi g‘oyalarini singdirishda Abu Nasr Forobiyning “Fozil odamlar shahri”, Yusuf Xos Hojibning “Qutadg‘u bilig”, Nizomulmulkning “Siyosatnoma”, Amir Temur “Tuzuklari”, Alisher Navoiyning “Mahbub ulqulub” nomli mashhur asarlari tarixiy-ilmiy manba bo‘lib xizmat qiladi. Yoshlarning milliy qadriyatlarga munosabati, milliy g‘oya asosida erkin hayot, obod va ozod Vatan qurish yo‘lidagi harakatlari, maqsad va manfaatlarini umumlashtiradigan, tahlil etadigan, shu g‘oyalarni boyitish va ishonch, e’tiqodga aylantirish bilan bog‘liq. Bu ishni yo‘lga qo‘ymoq uchun to‘rtta masalaga alohida e’tibor berish lozim va zarurligi ko‘rsatilgan: Birinchidan. mavjud vaziyatni, yaqin istiqbolimiz rivojlanish tamoyillarini, kerak bo‘lsa, undagi salbiy holatlarning ijtimoiy sabablarini xolis o‘rganadigan nodavlat, mustaqil tashkilotlar faoliyatini takomillashtirish, ularning imkoniyatlaridan to‘la foydalanish zarur. Ikkinchidan. shiddatli sur’atlarda o‘zgarayotgan, to‘xtovsiz yangilanayotgan zamon, hayotimizda muttasil ravishda ro‘y berib turgan voqea - hodisa va jarayonlar, O‘zbekiston davlat mustaqilligining ijtimoiy, iqtisodiy, siyosiy, huquqiy, madaniy, ma’naviy zaminlarini bundanda mustahkamlash va barqarorlashtirishga bo‘lgan talab va ehtiyojlar ma’naviy, ma’rifiy, mafkuraviy ishlarni yanada jadallashtirish, umumiy maqsad yo‘lida safarbar etish; Uchinchidan. milliy g‘oyaning kuchi bir tomondan ma’rifat targ‘ibot ishlari, uning samaradorligiga bog‘liq bo‘lsa, ikkinchi tomondan yoshlarning kundalik hayotda duch kelayotgan muammolarning tushunishlari, ularning munosabatlariga fikrga fikr bilan, g‘oyaga g‘oya bilan javob bera olish, uni qanday hal etayotganliklariga bevosita bog‘liqdir. Millat ravnaqi vatanga kerak bo‘lsa jonini jabborga berib faoliyat ko‘rsatadigan yoshlar bo‘lmasa, milliy istiqlol g‘oyasida ko‘zda tutilgan maqsadlarga erishib bo‘lmaydi. Bu yoshlarda milliy g‘ururni baland bo‘lishini taqozo etadi. Bizga bobokalonlarimizdan dinimiz, o‘zbekona turmush tarzimiz meros qolgan. Ana shuning uchun ma’naviy qadriyatlarga e’tibor berish, yoshlarning maqsadi va orzu - umidlariga munosib go‘zal hayot barpo etish juda katta ijtimoiy ahamiyat kasb etadi. Chunki “Kelajagi buyuk davlat, eng birinchi navbatda, bo‘lajak fuqarolarining madaniyati, ma’lumoti va ma’naviyati haqida g‘amho‘rlik qilmog‘i zarur. Yosh avlodga ozod va obod vatanni meros qoldirar ekanmiz, ular mutafakkirlarimizning, davlat rahbarlarining ulug‘ ishlarini davom ettirishlarini niyat qilar ekanmiz, yoshlarning ma’naviy uyg‘oqligiga ahamiyat berishimiz lozim. Gaflat uyqusidan uyg‘onib, yorqin ko‘z bilan kelajakka nazar tashlaydigan zamon keldi”. Qadriyat inson va insoniyat uchun ahamiyatli bo‘lgan millat, elat va ijtimoiy guruhlarning manfaatlari va maqsadlariga xizmat qiladigan va shu tufayli ular tomonidan baholanib, qadrlanadigan tabiat va jamiyat ne’matlari majmuidir. Qadriyatlar axloqiy qoida va me’yorlar, g‘oyalar va maqsadlardagi baholash mezoni hamda usullarini o‘zida aks ettiradi: Yoshlarda halollik, poklik, o‘zaroyordam va adolatliligi, mehr-muhabbat, mehnatsevarlik, vatanparvarlik kabi fazilatlar: burch, vijdon, or-nomus, mas’uliyat kabi axloqiy tushunchalar shaklida namoyon bo‘ladi. Millat uchun muhim ahamiyatga ega bo‘lgan etnik jihat va xususiyatlar bilan bog‘liq qadriyatlar milliy qadriyatlardir. Dunyoda o‘ziga xos qadriyatlari bo‘lmagan millat yo‘q. Milliy qadriyat millatning tarixi, yashash tarzi, ma’naviyati hamda madaniyati bilan bilan uzviy bog‘liq holda namoyon bo‘ladi.Milliy qadriyatlar-millat uchun muhim va jiddiy ahamiyatga ega jihatlar, xususiyatlar, moddiy va ma’naviy boyliklardir. Xalqimiz ma’naviyatini yuksaltirishda milliy urf-odatlarimiz va ularning zamirida mujassam bo‘lgan mehr-oqibat, insonni ulug‘lash, tinch va osoyishta hayot, do‘stlik va totuvlikni qadrlash, turli muammolarni birlashib hal qilish kabi ibratli qadriyatlar tobora muhim ahamiyat kasb etmoqda. Milliy qadriyatlar turmush tarzimiz, ma’naviy qiyofamiz, an’analarimiz va o‘zligimizni anglashga yordam beradi va bu borada xalqni-xalq, millatni -millat sifatida birlashtiradi. Zero, o‘z qadriyatlarini va qadrini bilgan xalq olomonga aylanmaydi, buyuk ishlarga qodir ekanini his qiladi, istiqlolni omon saqlaydi, farzandlarining kamoloti uchun qayg‘uradi va kurashadi. Aynan shuning uchun ham milliy qadriyatlar jamiyatni yangilashga xizmat qiluvchi muhim ma’naviy omil hisoblanadi. Milliy qadriyatlarning qudratli manbai kattalarni hurmat qilish, o‘zaro yordamlashish, kelajak avlod haqida g‘amxo‘rlik qilish hamisha uning asosiy qoidalari bo‘lib kelgan. “Barchangizga ayon, hozirgi kunda dunyo miqyosida beshafqat raqobat, qarama-qarshilik va ziddiyatlar tobora keskin tus olmoqda. Diniy ekstremizm, terrorizm, giyohvandlik, odam savdosi, noqonuniy migratsiya, “ommaviy madaniyat” kabi xavf-xatarlar kuchayib, odamzot asrlar davomida amal qilib kelgan e’tiqodlar, 1oilaviy qadriyatlarga putur etkazmoqda”5. 1998 yil 2 fevralda Respublika xotin qizlar qo‘mitasi xuzurida “Oila” ilmiy-amaliy markazining tashkil etilishi oilaga taalluqli milliy an’analarni, umumbashariy qadriyatlar bilan uyg‘unlashtirish, oila a’zolarining huquqiy savodxonligini oshirish yo‘lida katta qadam qo‘yildi. Jamiyat taraqqiyotining hozirgi bosqichida shaxsni ijtimoylashtirish, uni har tomonlama shakllantirish, komolga etkazish, rivojlantirish eng muhim vazifa sifatida insonni tarbiyalash, unga ta’lim berish, yuksak qudratli, dunyoqarashi keng qamrovli chuqur, bilimdon hamda sog‘lom yosh avlodni tarbiyalash ayniqsa, dolzarbdir. Inson - eng oliy qadriyat, shu bois, bizning Konstitutsiyamiz nafaqat demokratik tamoyillar, balki milliy va umuminsoniy qadriyatlar ruhi bilan sug‘orilgan. Milliy qadriyatlarimizning asosiy xazinaboni-oila deb oladigan bo‘lsak, bu xazinani asl san’at asari darajasiga ko‘taruvchi naqqoshlar mahalla va maktabdir. Muxtasar aytganda, maktab degan ulug‘ dargohning inson va jamiyat taraqqiyotidagi hissasi beqiyosdir. “Mahalla-ham ota, ham ona” degan hikmatli naql haqiqat, bejiz aytilmagan.. Prezidentimiz Sh.M. Mirziyoyev ta’kidlaganidek “Bir bolaga yetti mahalla ham ota, ham ona” degan maqolning haqiqiy ma’nosini anglaydigan vaqt keldi. Anglab, shu asosida yashaydigan vaqt keldi. Har qanday millatning ma’naviy boyligi milliy va umuminsoniy qadriyatlar uyg‘unlashuvidan tarkib topadi. SHu boiz milliy qadriyatlarga e’tiborni ko‘chaytirish kerak. CHunki, milliy qadriyatlarga etibor kamayar ekan, bu o‘z navbatida umuminsoniy qadriyatlarning boyishiga salbiy tasir etadi.6 Bugun yurtimizda qadriyatlarimizni qadrlaydigan, ezgu an’analarga o‘z hayotiy mo‘ljalida muhim omil sifatida munosabatda bo‘ladigan yoshlar ko‘p. Lekin hayoti va istiqbolida milliy qadriyatlarning o‘rnini biroz to‘g‘ri tushunmaydigan yoki o‘zini undan xoli holda ko‘rib milliy madaniyatimizga e’tiborsizroq bo‘lgan yoshlarimiz borligini ham hozircha inkor etolmaymiz.Bugungi kunda yoshlarimizni ma’naviy olamini yuksaltirish, ularni milliy va umuminsoniy qadriyatlar ruhida tarbiyalash masalasi biz uchun eng dolzarb vazifa bo‘lib qolmoqda. Download 56.88 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling