Mavzu: umumiy o’ta ta’lim tizimidagi milliy g’oya, ma’naviyat asoslari va huquq ta’limiga oid fanlarning o’qitilishi tahlili. Kirish I bob. Yoshlarni milliy g‘oya ruhida tarbiyalashda milliy qadriyatlarimiz


Download 56.88 Kb.
bet5/9
Sana25.06.2023
Hajmi56.88 Kb.
#1654754
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
UMUMIY O’TA TA’LIM TIZIMIDAGI MILLIY G’OYA, MA’NAVIYAT ASOSLARI VA HUQUQ TA’LIMIGA OID FANLARNING O’QITILISHI TAHLILI.

1.3. Milliy g‘oya – barkamol avlodni tarbiyalash omili

Milliy g‘oya O‘zbekiston xalqining tub manfaatlari, asriy orzu-umidlari, ezgu niyatlari, buyuk maqsadlarini o‘zida ifodalaydi. Yosh avlodni milliy g‘oya ruhida tarbiyalash O‘zbekiston fuqarolari uchun muqaddas burchdir. Insonni tarbiyalashning muhim jihati g‘oyaviy tarbiya bo‘lib, g‘oyaviy tarbiya insonning ongi va tushunchalari tizimiga hayot haqidagi ilmiy, falsafiy, siyosiy, huquqiy, estetik, axloqiy, diniy, badiiy, kasbiy qarashlarni maqsadli shakllantirish jarayonidan iboratdir10. Har qanday tarbiya jarayoni o‘z maqsadi va mohiyatiga ko‘ra g‘oyaviy tarbiyadir. Chunki insonga beriladigan ta’lim va tarbiya jarayonlari uning dunyoqarashini kengaytirish, ongini ilmiy asoslangan bilimlar bilan boyitish hamda jamiyat uchun, uning ravnaqi uchun kerak bo‘lgan sifatlarni kamol toptirishga yo‘naltirilgan bo‘ladi. G‘oyaviy tarbiya insonning dunyo haqidagi, olamning rivojlanish qonuniyatlari, axloqiy tamoyillar, go‘zallik haqidagi tushunchalarini kengaytirishga xizmat qiladi. Jamiyat hayotida mafkura muayyan ijtimoiy guruh a’zolariga xos o‘zlaridagi mavjud ehtiyojlar, tilak, orzu, umidlar hamda manfaatlar asosida o‘sha guruhning qarashlari, tasavvurlari dunyosi hamda g‘oyalarining mahsuli sifatida yaratiladi.


Mafkura insonni o‘z yurti bilan faxrlanishga, uning kelajagi uchun qayg‘urish, bu yo‘lda tinimsiz izlanish va mehnat qilishga undaydi. O‘zbekistonda erkin fuqarolik jamiyatini ma’naviy barkamol, ezgu g‘oyalar hayotiy e’tiqodi bo‘lgan insonlargina bunyod eta oladi. O‘zbekistonda barkamol insonni, barkamol avlodni tarbiyalash masalasi davlatimiz tomonidan olib borilayotgan siyosatdagi eng muhim masalalardan biridir.
Ma’lumki, yosh avlod tarbiyasi hamma zamonlarda ham muhim va dolzarb ahamiyatga ega bo‘lib kelgan, – deydi O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev – Ammo biz yashayotgan XXI asrda bu masala haqiqatan ham hayot-mamot masalasiga aylanib bormoqda.11 O‘zbekistonda barkamol avlodni tarbiyalashning nazariy va metodologik masalalari Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyevning asarlarida, O‘zbekiston Respublikasi Konstitusiyasida, “Ta’lim to‘g‘risida”gi Qonunda, Kadrlar tayyorlash milliy Dasturida va boshqa hujjatlarda har tomonlama ishlab chiqilgan. Shularga muvofiq ravishda, ta’lim tizimini yangi zamon talablari darajasiga ko‘tarish, sog‘lom, barkamol, ma’naviyatli yoshlarni tarbiyalash eng muhim vazifa ekanligi belgilab berilgan. Inson qanday xulq, axloqiy, madaniy sifatga ega bo‘lsa, faoliyat tarzini namoyon etsa, uning qadr -qimmati ham shunchalik yuksak bo‘ladi. Mehnat, aql, idrok, odob-axloq, odamlarga yaxshilik qilish – insonning milliy g‘oyaga asoslangan ma’naviy fazilatidir. Insonning ma’naviy kamolotida jismoniy go‘zallik ham muhim ahamiyat kasb etib, jismonan baquvvat, sog‘lom bo‘lish nafaqat shaxsiy, balki ijtimoiy qadriyatdir.
Inson jismoniy va ma’naviy barkamolligining yana bir muhim jihati uning vatanga, millatga, yurtga sadoqat bilan xizmat qilishidir. Inson ma’naviy barkamolligining muhim jihatlaridan biri uning ichki va tashqi dunyosi, sog‘lom fikri, oqilona so‘zi, amaliy faoliyati o‘rtasidagi uyg‘unlikdir. Insonning barkamolligi uning halolligi, mehnatsevarligi, insonparvarligi, adolatliligi, vatanparvarligi orqali namoyon bo‘lib, insonda shakllantirilgan mustaqil, ijodiy fikrlash qobiliyati uning tashqi olamga, boshqa insonlarga bo‘lgan munosabatini belgilaydi.
Chuqur bilimli, yuksak ma’naviyatli, ishbilarmon, tadbirkor, vatanparvarlik va insonparvarlik tuyg‘ulari kuchli bo‘lgan barkamol inson, barkamol avlod vatan ravnaqi yo‘lida fidokorona mehnat qiladi. Insonning vatan ravnaqi yo‘lida olib boradigan fidokorona faoliyati, mehnati, yurt tinchligi g‘oyasiga bevosita bog‘liq bo‘lib, yurtda tinchlik, totuvlik hukmron bo‘lsa, vatan ham ravnaq topadi, xalq ham farovon yashaydi. Vatanning ravnaq topishi, yurtda tinchlik-totuvlikning o‘rnatilishi, xalqning farovon hayot kechirishi O‘zbekistonda ozod va obod vatan, erkin va farovon hayotning barpo etuvchilari bo‘lgan barkamol avlodni tarbiyalash masalasiga bo‘lgan e’tiborni kuchaytirdi. Ijtimoiy hamkorlik, millatlararo totuvlik, dinlararo bag‘rikenglik g‘oyalarining jamiyat hayotida amal qilishi ham eng avvalo jamiyat a’zolari bo‘lgan insonlarning barkamolligi, fidoyiligi, insonparvarligiga bevosita bog‘liqdir. O‘zbekistonda ta’lim-tarbiya sohasida olib borilayotgan islohotlar jamiyatda mustaqil fikrlovchi erkin shaxsni tarbiyalashni o‘z oldiga maqsad qilib q o‘yadi. O‘zining qadrqimmatini anglaydigan, irodasi baquvvat, iymoni butun, hayotda aniq maqsadlarga ega b o‘lgan insonlarni tarbiyalash milliy g‘oyaning muhim vazifasidir. Inson barkamolligining muhim jihati boy tarixiy ma’naviy merosga, milliy va umuminsoniy qadriyatlarga tayangan holda insonda milliy g‘urur va iftixor tuyg‘usining yuksalishidir. Insondagi ma’naviy barkamollik insonning dunyoqarashi, e’tiqodi, ruhiyati, xulq-atvori me’yorlari, odob-axloqi bilan bevosita bog‘liqdir.
Ma’naviy barkamol inson, ma’naviy barkamol avlod vatan taqdiri va uning ravnaqi, xalq hamda millat taqdiri va farovonligi uchun o‘zining barcha kuch va imkoniyatlari, qobiliyatlarini sarflaydi. Yuksak darajada ma’naviyatli barkamol inson, barkamol avlod O‘zbekistonda ozod va obod vatan, erkin va farovon hayotni barpo etishda o‘zining fidoyiligi, jasorati, mardligi, vatanini qadrlashi, ajdodlaridan faxrlanishi kabi fazilatlari bilan ajralib turadi. Barkamol inson, barkamol avlodda milliy g‘urur va iftixor tuyg‘usi kuchli bo‘lib, milliy g‘urur bu o‘z xalqining barcha moddiy va ma’naviy boyliklari, tarixiy merosi, urfodatlari, an’analari, odob-axloqi, turmush tarzi, yuksak ma’naviyati, barcha tarixiy yutuqlari va saboqlariga cheksiz hurmat va e’zoz bilan munosabatda bo‘lish, asrabavaylashni o‘zida ifodalaydi. Barkamol insonning, barkamol avlodning sharqona fazilatlari ma’naviy merosimizda bir muncha mukammal tarzda ishlab chiqilgan bo‘lib, bular adolatparvarlik, halollik, soflik, poklik, to‘g‘rilik, rostgo‘ylik, insonparvarlik, ma’rifatparvarlik kabilardan iboratdir.
Xalqimiz tarixida komil insonning o‘ziga xos axloq kodeksi ishlab chiqilgan bo‘lib, bu sifatlarga ega bo‘lish har bir insonning orzu va armoni deb hisoblangan.
Ma’naviy hayot, ma’naviy omil masalasida qilinishi zarur bo‘lgan asosiy vazifalar haqida Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyevning Murojaatnomasida quyidagi fikrlar bayon qilingan. – Oldimizga qo‘ygan ulkan vazifalarni amalga oshirishda biz uchun kuch-qudrat manbai bo‘ladigan milliy g‘oyani rivojlantirishimiz zarur, – deydi.12 Prezidentimiz xususan, milliy o‘zligimizni anglash, vatanimizning qadimiy va boy tarixini o‘rganish, bu borada ilmiy tadqiqot ishlarini kuchaytirish, gumanitar soha olimlari faoliyatini har tomonlama qo‘llab quvvatlashimiz lozim. O‘tmishga berilgan baho, albatta, xolisona, eng muhimi, turli mafkuraviy qarashlardan xoli bo‘lishi zarur. Buyuk alloma va adiblarimiz, aziz-avliyolarimizning bebaho merosi, yengilmas sarkarda va arboblarimizning jasoratini yoshlar ongiga singdirish, ularda milliy g‘urur va iftixor tuyg‘ularini kuchaytirishga alohida e’tibor qaratishimiz kerak.


Download 56.88 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling