Mavzu. Umumiy psixologiya fani predmeti, ilmiy tadqiqot metodlari
Download 365.03 Kb.
|
umumiy 1 mavzu
Psixologiya fanining bugungi kundagi vazifalari, tabiiy, uning predmetiga biroz o’zgarishlar kiritadi. Zero, inson ongi va qalbi uchun kurash muammosi butun dunyo miqyosida dolzarb turgan masala sifatida qaralishini inobatga olsak, jamiyatimizning har bir a’zosi, mustaqil yurt fuqarolari ongining milliy-madaniy muhit ta’sirida, milliy hamda umuminsoniy qadriyatlar asosida shakllanishi, ular qalbida sof imon va sog’lom dunyoqarashlar, mustaqil fikrlashning shakllanishi mexanizmlarini o’rganish ham fanning muhim predmeti hisoblanadi.
bugungi kunda neosferik ta'limotga binoan fazoviy munosabatlar, sayyoralararo aloqalar, o'zaro ta'sirlar, moddalar, zarrachalar, nurlar harakati, almashinishi, qo'shilishi to'g'risida faraziy asosda bo'lsa ham mulohazalar yuritilmoqda. Shunga muvofiq, biosferaga kirib kelayotgan moddalar o'zaro birikib, ayniqsa, muayyan fazoviy maydonning hosil qilishi, to'planishi inson tana a'zolariga ijodiy ta'sir ko'rsatmoqda, natijada favqulodda holatlar sodir bo'lishi, kashfiyotlar yuz berishi, intuitiv (lotincha intueri — sinchkovlik, diqqat bilan qaramoq yoki ichki sezgirlik demakdir) shakldagi ruhiy holatlarning kuchayishi namoyon bo'lishi kutilmoqda.
Download 365.03 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling