Mavzu: Umumiy qoidalar haqida (Yo‘l harakati qoidalari)
Download 17.78 Kb.
|
Sinf soati 2
- Bu sahifa navigatsiya:
- Tegishli yo‘l belgilari o‘rnatilgan
- Piyodalar o‘tish joylari
Mavzu: Umumiy qoidalar haqida (Yo‘l harakati qoidalari). 2022-yil 1 maydan yangilangan O‘zbekiston Yo‘l harakati qoidalari kuchga kirdi. YHQdagi asosiy o‘zgarishlar YHQ yangi ta’riflar bilan to‘ldirildi, ularning soni 50 tadan 70 taga ko‘paytirildi (6-band). Ular orasida velosipedchi, velosiped yo‘lkasi, velosipedchilar uchun tasma, piyoda va velosiped yo‘lkasi, o‘zib ketish, xavfsizlik oroli, ko‘rinishi cheklangan joylar, pulli to‘xtab turish joyi, elektromobil, favqulodda vaziyat yaratish va boshqalar mavjud. «Haydovchilarning vazifalari» bobining (2-bob) nomi «Haydovchilarning umumiy vazifalari» deb o‘zgartirildi. U haydovchida biometrik pasport yoki ID-karta bo‘lsa, haydovchilik guvohnomasi, texpasport, ishonchnoma va FJM sug‘urtasi bo‘lishi shart emasligi haqidagi band bilan to‘ldiriladi (7-band). Aholi punktlarida harakatlanayotganda yo‘nalishli va yo‘nalishsiz taksi haydovchilariga xavfsizlik kamarlarini taqmaslikka ruxsat beruvchi bandlar chiqarib tashlandi. Haydovchi va old o‘rindiqdagi yo‘lovchilar harakatni boshlashdan oldin xavfsizlik kamarlarini taqib olishlari kerak (9). Haydovchining vazifalari ro‘yxati harakatlanish vaqtida avariya holatini yuzaga keltirmaslik majburiyati (11) bilan to‘ldirildi. Aholi punktlarida transport vositalarining magnitofon va ovoz chiqaruvchi boshqa apparaturalarini baland ovozda qilib foydalanish taqiqlanadi. Xuddi shu taqiq dvigatel tovushiga ham tegishli (12). Haydovchi yo‘lovchilar uchun o‘rnatilgan harakat vaqtida eshiklarni ochish yoki salondan tana qismlarini (qo‘ldan tashqari) chiqarish kabi taqiqlarga rioya etilishini nazorat qilishi shart (24). Tezkor va maxsus xizmatlarning yalt-yalt etuvchi mayoqchalar va maxsus tovushli ishoralar yoqilgan transport vositalarini kuzatib kelayotgan mashinalarda yaqinni yorituvchi chiroqlari yoqilgan bo‘lishi kerak (25). Tezkor va maxsus xizmatlar transport vositalarini quvib o‘tish taqiqlanadi (26). Bundan xalqaro hamda ikki va undan yuqori bo‘lakli yo‘llarda harakat xavfsizligini ta’minlangan holda o‘zib o‘tish mustasno. Yuk avtomobillari YHQda ko‘zda tutilgan istisnolardan tashqari, faqat chetki o‘ng qatorda harakatlanishi mumkin (68). Velosiped yo‘lkasi bo‘lmagan holda yo‘lning qatnov qismida harakatlanayotgan velosipedchilar sutkaning qorong‘i vaqtida va yetarlicha ko‘rinmaydigan sharoitda nur qaytargichli kamzulda yoki nur qaytaruvchi elementli parchalari bo‘lgan ustki kiyimda bo‘lishlari shart (167). Velosipedchilar uchun o‘lchami kichraytirilgan doirasimon ishoralarga ega bo‘lgan svetofor qo‘llanilishi mumkin. Bunday holda svetofor bilan velosiped tasviriga ega bo‘lgan tegishli belgi o‘rnatiladi (34). Velosipedchilarga velosiped yo‘laklari bo‘lgan taqdirda yo‘lning qatnov qismini velosipedda o‘tishga ruxsat berildi. Aks holda velosipeddan tushib, uni sudragan holda yo‘lni kesib o‘tish kerak bo‘ladi (168). Veloyo‘lak va piyodalar yo‘lkasi kesishmasida velosipedchilar piyodalarni yo‘l berishlari kerak (169). Yengil avtomobilning tom qismiga o‘rnatilgan yukxonasidagi yukning balandligi 1 metrdan (maxsus moslamalar bilan mustahkamlangan holda velosipedlarni tashish bundan mustasno) va uzunligi avtomobilning gabaritidan 0,5 metrdan oshmasligi kerak (162). Tashkilotlar va fuqarolarga yo‘lning harakat qismiga o‘zboshimchalik bilan sun’iy notekisliklar o‘rnatish taqiqlanadi (4). Agar svetoforning ishoralari ishlamayotgan bo‘lsa, haydovchi boshqa (ko‘ndalang) yo‘nalishdagi svetofor ishoralari ishlamayotganligiga ishonch hosil qilishi lozim (43-band). Tovushli ishoradan foydalanish taqiqlanadi, bunda zarur hollarda YTHlarning oldini olish yoki aholi punktlaridan tashqarida haydovchilarni quvib o‘tish haqida ogohlantirish uchun (48). Ruxsat berilgan eng yuqori tezlik o‘zgarishsiz qolmoqda, aholi punktlarida — 70 km/s, aholi puntlaridan tashqarida — 100 km/s. Yirik shaharlarda respublika komissiyasi cheklangan tezlikni ayrim uchastkalarda 60 km/s qilib belgilashi mumkin (78 — 79). Tegishli yo‘l belgilari o‘rnatilgan maktab va maktabgacha ta’lim tashkilotlariga yetmasdan va o‘tib ketish 300 metrdan kam masofada ruxsat berilgan tezlik 30 km/s. Turar joy dahalari va yondosh hududlarda esa 20 km/s dan oshmaligi kerak (78). Piyodalar o‘tish joylarida hatto piyodalar bo‘lmaganda ham quvib o‘tish taqiqlanadi (86). Piyodalar o‘tish joylari, velosiped yo‘lkasi bilan kesishuvda va ulardan oldin 10 metrdan kam (bunga qadar — 5 m) masofa qolganda hamda velosipedchilar uchun tasmada (odam tushirish va mindirish mustasno) to‘xtash taqiqlanadi (91). Qatnov qismi kesishmalarida va kesishayotgan qatnov qismi chetiga 30 metrdan kam masofada (avval — 5 metr) to‘xtash va to‘xtab turish taqiqlanadi, bunda uch tomonlama kesishadigan chorrahalarda yondan tutashgan yo‘lning sidirg‘a chiziq yoki ajratuvchi mintaqa bilan ajratilgan qarama-qarshi tomoni bundan mustasno (91). Transport vositalarining qayrilib olish joylarida va unga 30 metr yetmasdan va o‘tib turib to‘xtash taqiqlanadi (91). Sutkaning yorug‘ vaqtida kuchli yog‘ingarchilik (yomg‘ir, qor) sharoitida haydovchilar yaqinni yorituvchi fara chiroqlari yoqilishi kerak (138). Transport vositalarining texnik tavsifnomasida ko‘zda tutilgan miqdordan ortiq odamlarni tashish taqiqlanadi. Mazkur banddan «12 yoshgacha bolalarni hisobga olmaganda» jumlasi chiqarib tashlandi (159). Download 17.78 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling