Mavzu: umumiy sport patologiyasi asoslari


Download 33.71 Kb.
bet4/5
Sana04.01.2023
Hajmi33.71 Kb.
#1077779
1   2   3   4   5
Bog'liq
UMUMIY SPORT PATOLOGIYASI ASOSLARI

Charchash, toliqish, horish — organizmga haddan tashqari zoʻr kelishi natijasida mehnat qobiliyatining pasayishi bilan kechadigan fiziologik holat. Aqliy Ch. intellektual mehnat mahsuldorligining kamayishi, eʼtiborning buzilishi, fikrlashning susayishi va boshqalar bilan belgilanadi. Jismoniy Ch. muskullar kuchi va bir tekisda harakatlanishi kabi funksiyalarning buzilishi bilan kechadi.
Oʻta va surunkali Ch. farq qilinadi. Oʻta Ch. zoʻr berib jismoniy mehnat qilish natijasida roʻy beradi. Surunkali Ch. turli funksional sistemalar va butun organizmdagi oʻzgarishlarning oylar va yillar davomida toʻliq tiklanmasligi bilan bogʻliq.
CH.ning tezligi mehnatning xususiyati bilan belgilanadi: bir tarzda turib muskullarga zoʻr keladigan ish bajarilganda kishi ancha tez, bir maromdagi ish bajarilganda birmuncha kam toliqadi. Ch.ning yuzaga kelishida odamning bajarilayotgan ishga nisbatan munosabati ham muhim rol oʻynaydi. Koʻpchilik odamlarda emotsional qoʻzgʻalish davrida uzoq vaqtgacha Ch. belgilari paydo boʻlmaydi.
Yetarli dam olmaslik yoki uzok, vaqt haddan tashqari zoʻriqib ishlash Ch.ga yoki mador qurishiga olib keladi. Aqliy va ruhiy toliqish farq qilinadi. Yosh va nerv sistemasi maʼlum bir tuzilishga ega boʻlgan kishilarda jadal aqliy mehnat nevrozlargya olib keladi. Ruhiy toliqish "yurak hissiyotiga" toʻlibtoshgan va turli majburiyatlari boʻlgan shaxslarda kuzatiladi.
Miriqib uxlash va faol dam olish ish qobiliyatini tez tiklaydi.
Ogʻir kasalliklarni boshdan kechirgan kishilarda Ch. tez yuz beradi. Arzimagan va uncha uzoq davom etmaydigan zoʻriqish ham ularda bosh ogʻrigʻi, harsillash, tez yurak urishi, terlash va quvvatsizlikka sabab boʻladi. Bunday kishilar mehnat rejimiga va iloji boricha uzoqroq dam olishga qatʼiy amal qilishlari zarur.
Bolalar organizmining anatomofiziologik xususiyatlariga koʻra hatto unchalik urinmaganida ham (mac, goʻdak uyqudan qolganida, maktabda partada uzoq oʻtirganida) tez charchab qolishi mumkin. Kun tartibining notoʻgʻriligi, bir turdagi mashgʻulot, ortiqcha oʻyinkulgi ham tez Ch.ga olib keladi.
Bolalarda Ch. belgilari koʻpincha xattiharakatning buzilishida koʻrinadi: ular toqatsiz, eʼtiborsiz, dars vaqtida gaplashadigan, yaʼni intizomsiz boʻlib qoladilar. Baʼzi hollarda, ayniqsa, kasalliklarni boshidan kechirgan bolalar boʻshang, sustkash, xorgʻin, kuchsiz boʻlib, fikrlaganda bosh ogʻrigʻi sezadi.
CH. baʼzan boshdan kechirilgan kasallikning oqibati emas, balki uning boshlangʻich belgisi boʻlishi ham mumkin. Bolada boshdan kechirilgan kasallikka yoki aqliy va jismoniy zoʻriqishga bogʻliq boʻlmagan tez charchab qolish hollari yuz berganida, albatta, vrachga murojaat etish lozim.
Ish qobiliyatini uzoq vaqtgacha saqlab qolishning taʼsirli vositalaridan biri — mehnat faoliyatining aniq maromda boʻlishidir. Tez Ch.ni oldini olishda mehnat va dam olishni toʻgʻri yoʻlga qoʻyish, ish kuni davomida qisqa muddatli tanaffuslar tashkil qilish, shuningdek, ish joyini tartibga solish, va oʻzini sal horigan his qilganda, charchogʻini yozadigan mashqlar bajarishga muhim eʼtibor berish zarur.
Bolalarda tez charchab qolishning oldini olish uchun ularning kun tartibi maromining buzilishiga yoʻl qoʻymaslik (toʻyib uxlashiga, ish ogʻirlik qilmasligiga, ish bilan mashgʻulotni toʻgʻri navbatlashtirishga, ularning ochiq havoda uzoqroq boʻlishiga imkoniyat tugʻdirish) kerak.

4.Patologik holatni oldini olishda takroriy nazorat qilish va sportchilar jismoniy ish qobiliyatini murakkab sinamalar orqali nazorat qilishning ahamiyati haqida nazariy ma`lumotlarga ega qilish.

Patogenezning har jihatlarini tahlil qilishda organizmda paydo bo'lgan shikastlanish alom atlari bilan uning him oya-m oslashuv xususiyatlari o'rtasidagi o'zaro munosabatlarni o'rganish masalasi muhim ahamiyatiga ega. Birlamchi shikastlanish organizmning turli integral darajasida molekulyar, hujayra, organ, tizim va yaxlit organizmda paydo bo'lishi mumkin. Shu darajalarning hammasida shikastlanish va unga javoban himoya-moslashuv reaksiyalari qo'shilib ketadi. Masalan, mutagen etiologik omillar ta’sirida shikastlanish odatda genetik apparatda, ya’ni molekulyar darajada o'zgarish sifatida sodir bo'ladi. Bunda moddalar almashinuvining buzilishi qayd qilinadi, bu esa organlar, tizimlar va qolaversa, butun organizm faoliyatiga salbiy ta’sir qiluvchi morfologik hamda funksional o'zgarishlarning paydo bo'lishiga olib keladi. Natijada organizm ning rezistentligi pasayadi, genlar yoki xrom osom alar shikastlanishiga xos patologiya yuzaga keladi. Bunday shikastlanishga javob tariqasida organizmning organlari va tizimlarida spetsifik va nospetsifik himoya-kompensator mexanizmlari paydo bo'ladi. H ujayralar shikastlanganida va halok bo'lganida kom pensator mexanizmlar ular atrofini o'rab turgan shikastlanmagan hujayralar populyatsiyasining regeneratsiyasi hisobiga amalga oshadi. Agar bunday 34 www.ziyouz.com kutubxonasi kom pensator o 'rin bosish reaksiyasining im koniyati bo'lm asa, yetishmovchilik biriktiruvchi to'qima hisobiga bo'ladi. Hujayratar ichidagi tuzilmalar ham regeneratsiyaga uchraydi. Bunday reaksiya ko'payish qobiliyatiga ega bo'lmagan hujayralarda ayniqsa yaxshi rivojlangan. Birlamchi shikastlanish a ’zo darajasida bo'lishi mumkin bularga: yurak poroklari, nefritlar, pnevmoniyalar, gepatitlar kolitlar va boshqalar misol bo'ladi. Bunday hollarda kompensator-himoya reaksiyalari organlar, tizimlar va butun organizm darajasida kuzatiladi. Masalan, yurak qopqoqlari (klapanlari) shikastlanganida yurakning gipertrofiyasi, o'pkaning bir tomoni ishdan chiqqanda, qolgan sog'lom qismining funksional faolligining ortishi, xuddi shuningdek, buyraklardan biri olib tashlanganda saqlanib qolgan buyrakning funksional faolligi, ortishi - vikar gipertrofiya yuzaga keladi, organizm dan zararli qoldiq mahsulotlarning ajratib chiqarilishi ta’minlanadi. Shikastlanish tizim darajasida yuzaga kelganida murakkab patologik o'zgarishlar paydo bo'lib, organizm organlari va tizimlarining tuzilishi va funksiiyasiga salbiy ta’sir ko'rsatadi. Bunday vaqtda organlar funksiiyalari va moddalar almashinuvining gumoral va asab-reflektor boshqarilishi buziladi. Ammo himoya-kompensator mexanizmlar bu holda ham paydo bo'lib, ular o'zgargan muvozanatni - gomeostazni tiklashga qaratilgan bo'ladi. Shuni qayd qilish kerakki, ko'pchilik hollarda birlamchi shikastlanish hujayra va uning organoidlari darajasida kuzatiladi. Bunday vaqtda hujayra organellalarining qaysi biriligi va membranalarining buzilish darajasi muhim ahamiyatga ega. Birlamchi shikastlanishlar, albatta, kasallikka olib kelishi shart emas. Bu organizmning himoya-moslashuv qobiliyatlarining yetarli darajada yaxshi namoyon bo'lishiga, organlar va tizim larning tuzilishi va funksional jihatdan to'la qimmatligiga, rezervlar (zahiralar)ga va h.k. bog'liq. Demak, kasallikning paydo bo'lish yoki bo'lmaslik masalasi pirovardida shikastlanishning darajasi bilan organizmning himoyamoslashuv reaksiyalarining o'zaro nisbatiga bog'liq bo'ladi. Kasallik hamma vaqt shikastlanishning salmog'i katta, organizmning himoyakompensator reaksiyalari esa zaif bo'lganda yuzaga keladi. Aks hollarda esa organizm hamma vaqt sog'lomdir.
Organizm hujayralari, organlari va tizimlari funksiiyalarining buzilishi morfologik o'zgarishlar bilan chambarchas bog'liq. Ilgarilari (ba’zan 35 www.ziyouz.com kutubxonasi hozirgi vaqtda ham) kasallikda morfologik o'zgarishlar bo'lmasa ham funksional o'zgarishlar bo'lishi mumkin, degan noto'g'ri va xato fikrlar hukmronlik qilgan edi. Aslida esa morfologik o'zgarishlarsiz funksional kasalliklar bo'lm aydi. H aqiqatdan ham, b a’zida kislorod keskin yetishmasligi oqibatida yuz bergan o'limda, bosh miyada morfologik o'zgarishlar butunlay oshkor bo'lmaydi yoki ular nisbatan, nihoyatda kuchsiz namoyon bo'ladi. Ammo bundan bosh miyada va boshqa organ hamda tizimlarda morfologik o'zgarishlar yuzaga kelmaydi, degan xulosa kelib chiqmaydi. Hozirgi vaqtda morfologik o'zgarishlarning molekulyar tuzilma darajasida sodir bo'lishi isbot etilgan. Tuzilishdagi bunday o'zgarishlam i oddiy morfologik usullar yordamida so'zsiz aniqlab bo'lmaydi, buning uchun maxsus hal etish kuchi yuqori darajada bo'lgan asbob-uskunalar, uslublar (elektron-m ikroskop, gistokim yoviy, immunomorfologik yondashishlar va b.) kerak. Oddiy morfologik usullar esa har holda qo'pol va taxminiy bo'lganligi tufayli hujayralar va to'qimalardagi nozik, fizik-kimyoviy va biokimyoviy o'zgarishlami aniqlash imkoniyatiga ega emas. Shuni qayd qilish kerakki, muayyan organning hujayralari va to'qimalaridagi strukturaviy o'zgarishlari uning funksiiyalarida turli buzilishlami keltirib chiqaradi. Masalan, yurakning o'tkazuvchi tizimi, m orfologiyasining h atto chegaralangan, uncha o g 'ir bo'lm agan shikastlanishi uning faoliyatining nihoyatda og'ir o'zgarishiga olib keladi va butun organizmning umumiy holatiga salbiy ta’sir ko'rsatadi. Shu bilan birga ayrim hollarda yurak mushaklarining nisbatan kattagina shikastlanishi odam ning tirikligida hatto oshkor ham bo'lm asligi mumkin. Kompensatsiyalangan yurak nuqsoni bor ba’zi insonlar (sportchilar) hatto og'ir jismoniy yuklamalarni ham bajarishlari va o'zlarini sog'lom his qilishlari haqida maxsus ishonchli axborotlar bor. Ularda yurak kasalligi uchun xos alomatlar, simptomlar aniqlanmaydi. Bunda boshqa ichki organlar (jigar, buyraklar, o'pka) ham yaxshi kompensatsiyalangan holatda bo'ladi, demak, bu organlar kompensator imkoniyati yaxshi va keng bo'lgan organlar qatoriga kiradi. Shunday qilib, hujayraning funksiiyasi va morfologiyasi bir-biriga cham barchas bog'liq, yaxlit xususiyatdir. Patogen etiologik omil ta’sirida organizmning hujayralari, to'qimalari va tizimlarining tuzilishi ham funksiiyalari ham bir vaqtda o'zgaradi. D em ak, kasallik patogenezi o 'rg an ilg an d a organ va tizimlarning morfologik hamda funksional o'zgarishlarini birgalikda tekshirish lozim. 36 www.ziyouz.com kutubxonasi PATOGENEZDA SABAB-OQIBAT MUNOSABATLARI: BIRLAMCHI VA IKKILAMCHI SHIKASTLANISHLAR Ekzogen etiologik omillar (biologik, fizik, mexanik, kimyoviy va h.k.) organizm hujayralari, to ‘qimalari, organlari va tizimlarida birlamchi shikastlanish chaqiradi. Bu holda ekzogen etiologik omillar bevosita sabab rolini o'taydi, hujayralardagi shikastlanish reaksiyalari esa oqibat hisoblanadi. Shikastlangan hujayralarda har xil biologik faol moddalar (gistamin, hujayra parchalanishi mahsulotlari va h.k.) hosil bo'ladi va ular o'z navbatida ikkinchi tartibdagi sabab sifatida hujayralar va to'qimalarda yangi buzilishlami chaqiradi. Shikastlanishning birlamchi sababining oqibati o'z navbatida ikkilamchi shikastlanishni chaqiruvchi sababga aylanib, hujayralarning yangi, keyingi shikastlanishiga olib keladi. Oqibati jarayon davom etib, uchinchi tartibli sababga o'tib, uning oqibati esa navbatdagi to'rtinchi tartibli sabab sifatida hujayralarning shikastlanishini borgan sari kuchaytirishi mumkin va h.k. Kasalliklar patogenezida dinamik ravishda murakkab sabab-oqibatlar munosabati yuzaga keladiki, kasallik jarayonini bartaraf etish, surunkali tus olmasligi va asoratlarining oldini olish uchun ulami e’tiborga olish zarur. PATOGENEZDA SHIKASTLANISH LOKALIZATSIYASI VA GENERALIZATSIYASINING AHAMIYATI K asallliklarda bevosita shikastlangan hujayra to'qim alarining chegaralangan, m ahalliy (lokal) reaksiyalaridan tashqari yaxlit organizmning umumiy reaksiyalari ham kuzatiladi. Shikastlanishdan so'ng kasallik vaqtida butun organizmda paydo bo'lgan mahalliy va umumiy o'zgarishlar o'rtasida ikki tomonlama m urakkab gum oral va neyrogen aloqalar yuzaga keladi. H ar bir shikastlanish butun organizm kasalligining mahalliy ravishda namoyon bo'lishidir. Yaxlit organizm bilan bog'lanmagan yoki ajralgan, faqat m ahalliy b o 'lg an shikastlanishlar uchram aydi. K asallik butun organizm ning um um iy sh ik astlan ish i b o 'lib , o 'zg arish lar esa to 'q im ala rd a, organlarda sodir b o 'la d i. M asalan, pnevm oniya organizmning umumiy kasalligi bo'lib, o'zgarishlar asosan o'pkalarda lokalizatsiyalangan bo'ladi. Shu bilan birga shikastlanishning organlarda aniq joylashuvi belgilanmagan kasalliklar ham uchraydi. Bunga yaqqol misol qilib 37 www.ziyouz.com kutubxonasi organizm ning reaktivlik va rezistentlik qobiliyati pasayganda kuzatiladigan patologiyaning nihoyatda og'ir shakli - sepsisni ko‘rsatish kifoyadir. Mahalliy patologik jarayon organizmga jiddiy ta ’sir ko'rsatadi. Kasallik qandaydir organning mahalliy shikastlanishidan boshlanib, so'ngra organizmning umumiy kasalligiga aylanishi mumkin. Masalan, chuvalchangsim on o'sim taning m ahalliy yallig'lanishi butun organizmning umumiy kasallanishini keltirib chiqaradi. Kasallik - organizmning umumiy reaksiyasi bilan boshlanib, so'ngra tananing chegaralangan qismida yoki qandaydir organda joylashishi mumkin. Masalan, umumiy infektsion kasalliklardan biri - ich terlamada bo'rtgan mahalliy o'zgarishlar ingichka ichakda xuddi shunga o'xshash, umumiy bolalar kasalligi - qizilchada esa tomoqning shilliq pardasida joylashgan bo'ladi. K asalliklar patogenezida mahalliy va umumiy o'zgarishlarning ahamiyati turlicha bo'ladi, ularning umumiy o'zgarishlarini o'zaro aloqalarida shartli tarzda quyidagi asosiy turlari farq qilinadi. 1. Patologik jarayon ekzogen (mexanik, termik va h.k.) yoki endogen (tromboz, emboliya, ateroskleroz va h.k.) etiologik omillar ta ’sirida birlamchi mahalliy shikastlanishidan boshlanadi. Bu vaqt evolyutsion taraqqiyot davomida shakllangan organizmning himoyam oslashuv reaksiyalari eng a w a l shikastlanish o 'ch o g 'i tom on y o 'n alg a n b o 'lib , oqib atd a granulyatsion to 'q im a to 's ig 'i - kapsulasining hosil bo'lishi va limfatik tugunlarning barer funksiiyalari kuchayishidan iborat bo'ladi. Organizmning umumiy holatida (tana harorati, leykotsitlar, modda almashinuvi va h.k.) jiddiy o'zgarishlar sodir bo'lmasligi mumkin. 2. Patologik jarayon organizmning hujayra va to'qim alarining birlamchi mahalliy shikastlanishidan boshlanadi, ammo keyinchalik shikastlangan o'choqdan turli (parchalanish mahsulotlari, bakteriya toksinlari, buzilgan almashinuv mahsulotlari va h.k.), ya’ni biologik faol m oddalarning qonga o 'tish i butun organizm ning umumiy generalizatsiyalangan) reaksiyalarini keltirib chiqaradi va organizm gomeostazining har xil parametrlarini o'ziga xos jiddiy o'zgarishlari kuzatiladi. Bunday holda himoya-moslashuv reaksiyalari asosan umumiy patologik o'zgarishlarning halokatli oqibatlarining oldini olishga, shuningdek m ahalliy patologik jarayonning salbiy ta ’sirlarini chegaralashga qaratilgan bo'ladi. 3. Patologik jarayon organning mahalliy shikastlanishidan emas, butun organizmning umumiy reaksiyasi bilan boshlanadi va biror 38 www.ziyouz.com kutubxonasi organda shikastlanish joyi aniqlanmaydi (umumiy intoksikatsiya, sepsis va h.k.). Bunday holda gomeostazning parametrlari jiddiy o ‘zgaradi va shu sababli organizmning halok bo‘lish xavfi tug'iladi. Patologiyaning bunday shakllarida butun organizm darajasidagi himoya-moslashuv mexanizmlari imkoni boricha zo'rayadi. 4. Kasallik birlamchi umumiy (generalizatsiyalangan) jarayon bilan boshlanadi, mahalliy patologik o'zgarishlar esa ikkilamchi paydo bo'ladi. Bularga dizenteriyada (ich ketarda) - yo'g'on ichakning, meningitlarda - miya pardalarining, ba’zi toksinlardan zaharlanilganda - buyraklarning zararlanishlarini misollar tarzida ko'rsatish mumkin. O rganizm da m ahalliy va umum iy reaksiyalarning o 'zaro munosabatlari boshqa ko'p omillar ta ’siriga ham bog'liq. Bularga organizmning irsiy, konstitutsional va boshqa xususiyatlari kiradi.

Adabiyotlar




  1. Download 33.71 Kb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling