Mavzu: Umumjahon savdo tashkiloti va O’zbekiston reja
Tashkilot savdo tizimining afzalliklari
Download 48.57 Kb.
|
global iqtisodiyot kurs ishi
- Bu sahifa navigatsiya:
- 2. Jahon savdo tashkilotining vazifalari.
Tashkilot savdo tizimining afzalliklari
Jahon savdo tashkilotiga a’zo bo‘lish, a’zo mamlakatlarga iqtisodiy manfaat keltiradi. Tashkilotga a’zo bo‘lishning ijobiy jihatlari quyidagilar: - iqtisodiy manfaat eng avvalo o‘zaro mahsulot ayriboshlash yo‘lidagi to‘siqlarni olib tashlashga sharoit yaratadi; - mamlakatdagi ijtimoiy va siyosiy vaziyatga iqtisodiy nizolar tinch yo‘l bilan hal etilishi evaziga ijobiy ta’sir qiladi; - aholi turmush darajasini yaxshilanishiga turtki beradi, insonlarga sifatli mahsulot iste’mol qilish imkonini yaratadi; - liberal savdo mamlakat va alohida vatandoshlarning daromadlarini oshiradi; - mehnat bandligi sohasida ijobiy ta’sir qiladi; - savdo sohasidagi ortiqcha xarajatni kamaytiradi; - iste’molchilar uchun tanlash imkoni berib, eksport qilinayotgan mahsulotlar hisobiga milliy mahsulotlar tannarxini tushirishga xizmat qiladi; - milliy ishlab chiqarish hajmini oshiradi, budjetga pul tushumlarini ko‘paytiradi; - tovar ayriboshlanishi texnologiyalar rivojiga hissa qo‘shadi. 2. Jahon savdo tashkilotining vazifalari. Avvalo qayd etish lozimki, JST (WTO, ingl. World Trade Organization)ning asosiy maqsadlaridan biri oʻzini oʻzi himoya qilishni kuchaytirish va proteksionizm qoʻllanishini bekor qilishdan iborat. Mazkur tashkilot xalqaro tijorat uchun qulay huquqiy tizimni taqdim eta oladigan cheksiz imkoniyat eshigi. Oʻzaro qabul qilingan muhim hujjatlar davlatlarning oʻz savdo siyosatlarini kelishilgan mezonlarda olib borishlarida masʼuliyat yuklaydi. Bundan koʻzlangan maqsad — jahon bozorida muvaffaqiyatli faoliyat yuritishda tovarlar va xizmatlarni ishlab chiquvchilar, eksportyor va importyorlarga koʻmak berishdir. Xalqaro savdoni liberallashtirish, savdo bitimlarining odilligini taʼminlash, iqtisodiy oʻsish va xalq farovonligini oshirish JSTning asosiy funksiyalari sirasiga kiradi. JST unga aʼzo boʻlgan mamlakatlardan ichki bozorni erkinlashtirishni qatʼiy talab qiladi. Ushbu vazifani bajarish esa unchalik oson kechmaydi. Sababi arzon va sifatli mahsulotlar ishlab chiqaruvchi chet el korxonalariga raqobat qila olmagan milliy korxonalar tanazzulga uchrashi ayni haqiqatdir. Download 48.57 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling