Mavzu: Umumjahon savdo tashkiloti va O’zbekiston reja
-bob. Idoralararo komissiyaning vazifalari va funksiyalari
Download 48.57 Kb.
|
global iqtisodiyot kurs ishi
2-bob. Idoralararo komissiyaning vazifalari va funksiyalari
6. Quyidagilar Idoralararo komissiyaning asosiy vazifalari hisoblanadi: JST Kotibiyatiga yoki JSTga a’zo mamlakatlarga kelgusida yuborish uchun Idoralararo komissiyaga ko‘rib chiqish uchun taqdim etilgan hujjatlarni kelishish va tasdiqlash; JST qoidalari va tamoyillariga muvofiqlashtirish va uyg‘unlashtirish maqsadida Idoralararo komissiya a’zolari va sohaga oid ishchi guruhlarning O‘zbekiston Respublikasi qonunchilik hujjatlariga zarur o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risidagi takliflarini kelishish; 7. Idoralararo komissiya unga yuklangan vazifalarga muvofiq quyidagi asosiy funksiyalarni amalga oshiradi: JSTga a’zo bo‘lgan mamlakatlar bilan maslahatlar va muzokaralarni tashkil etadi va o‘tkazadi, shu jumladan, maslahatlar va muzokaralarning formati, kun tartibi, muddatlari va o‘tkazilish joyi, bunday maslahatlar va muzokaralarda O‘zbekiston Respublikasi delegatsiyasining tarkibi va boshqa masalalarni ko‘rib chiqadi; JST bilan o‘zaro faoliyat masalalari bo‘yicha xalqaro donorlar tomonidan O‘zbekiston Respublikasiga berilayotgan texnik ko‘makdan samarali foydalanish bo‘yicha takliflarni baholaydi va ishlab chiqadi; JST bilan ishlash bo‘yicha muzokaralar guruhi va sohaga oid ishchi guruhlarning ishini muvofiqlashtiradi; respublikaning mas’ul vazirlik va idoralari vakillaridan iborat tarkibda sohaga oid ishchi guruhlarning tarkibini shakllantiradi va tasdiqlaydi; Idoralararo komissiyaga yuklangan vazifalarni amalga oshirish uchun zarur bo‘lgan axborotni, hujjatlarni, ma’lumot va materiallarni davlat organlari, mahalliy ijroiya hokimiyati organlari va xo‘jalik birlashmalaridan belgilangan tartibda so‘raydi va oladi; Idoralararo komissiya tarkibini o‘zgartirish yuzasidan O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritadi; zarur hollarda Idoralararo komissiya yig‘ilishlarida ishtirok etish uchun xalqaro ekspertlarni, vazirliklar va idoralarning vakillarini, shuningdek, Idoralararo komissiya tarkibiga kirmaydigan boshqa shaxslarni jalb qiladi; o‘ziga yuklangan vazifalardan kelib chiqib boshqa funksiyalarni bajaradi. Download 48.57 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling