Jismoniy tarbiya daqiqalari-nazariy fanlar darslarida 3-6 mashqlardan iborat bo`lib o`tkaziladi va 2-3 minut davom qiladi. Vazifasi: charchashni kamaytirish, tananing majbur qilingan xolatiga salbiy ta’sir qilishni tushurish. O`quvchilar diqqatini aktivlashtirish va o`quv materiallarini o`zlashtirish qobiliyatini oshirish. Jismoniy tarbiya daqiqalarining ijobiy samarasi aktiv dam olishning fiziologik mehanizmiga asoslangandir.
Jismoniy tarbiya daqiqalari birinchi charchashlikni sezishdan keyin yoki dars boshlangandan 20-30 minut keyin o`tkaziladi.
Majmuaning mazmunini: tortilishi mashqlari (umurtqa pog`onani to`g`irlash, kerishish, nafas olishga), 1-2 mashq gavdaning yuqori qismidagi muskul guruppalari ishga solish, qad-qomatni to`g`irlashga qaratilgan mashqlardan iboratdir. Ayrim mashqlarni partada o`tirgan xolda bajarish mumkin. Xar bir mashqni 4-6 marta takrorlash.
Do'stlaringiz bilan baham: |