Psixologik xizmatning vazifalari:
--ta’lim jarayoni barcha subyektlarining psixologik
salomatligini
muhofaza qilish, o‘quvchilar jamoasi va
pedagogik jamoada sog‘lom psixologik iqlimni saqlash,
kelib chiqishi mumkin bo‘lgan nizolarning eng maqbul
yechimlarini topish;
-muassasada o‘quvchilarning ta’lim
va tarbiyasi,
o‘smirlar va yoshlar xulqidagi og‘ishlar, shaxsning
oilada va jamiyatda moslashuvi va
ijtimoiylashuvi
muammolari bo‘yicha psixologlar,
pedagoglar, ota-
onalar yoki qonuniy vakillarning samarali hamkorligini
ta’minlash;
Psixologik xizmatning vazifalari:
-"xavfli guruh"ga kiruvchi o‘smirlarni psixologik
qo‘llab-quvvatlash, ular uchun tegishlicha psixologik
tavsifnomalarni rasmiylashtirish va zarur bo‘lganda
voyaga yetmaganlar ishlari bo‘yicha komissiyalarga
taqdim etish, tarbiyasi og‘ir o‘smirlarni
(huquqbuzarlarni) ijtimoiy
reabilitatsiya qilish
bo‘yicha tadbirlarni amalga oshirish, ularning huquq
va manfaatlarini himoya qilish;
-iqtidorli bolalar va o‘smirlarning ijodiy rivojlanishiga
imkon berish maqsadida psixologik kuzatish va
qo‘llab-quvvatlash.