Mavzu: UmurtQalilar (Vertebrata), ya’ni boshskeletlilar (Craniata) kenja tipining umumiy tavsifi va
Download 24.44 Kb.
|
Mavzu: UmurtQalilar (Vertebrata), ya’ni boshskeletlilar (Craniata) kenja tipining umumiy tavsifi va SISTEMATIKASI. JAG’SIZLAR BO’LIMI. tO’GARAK OG’IZLILAR SINFI reja: 1. Umurtqalilar kenja tipining umumiy tavsifi va sistematikasi. 2. Jag’sizlar (Agnatha) katta sinfining umumiy tavsifi. 3. To’garak og’izlilar (Cyclostomata) sinfi vakillarining o’ziga xos tuzilish xususiyatlari. 4. To’garak og’izlilar sinfining tasnifi va ularning ahamiyati. Umurtqalilar xordalilar tipining, umuman hayvonot dunyosining eng yuksak rivojlangan guruhi hisoblanadi. Umurtqalilar faol harakat-lanib hayot kechirishga o’tgan boshskeletsizlardan kelib chiqqanligi taxmin qilinadi. Irsiy o’zgaruvchanlik va tabiiy tanlanish natijasida boshskeletsizlar orasida aktiv oziqlanishga moslashgan, ya’ni nerv, Hara-katlanish sistemasi va boshqa organlari birmuncha yaxshiroq rivojlangan shakllari ajralib chiqqan. Evolyutsiya jarayonida ularning tuzilishi tobora murakkablashgani tufayli ulardan umurtqalilar kelib chiqqan. Umurtqalilarning tanasi bosh, bo’yin, gavda, oyoqlar va dum bo’lim-laridan iborat. Terisi ko’p qavatli epiteliy va uning ostida joylashgan biriktiruvchi to’qima qavatidan iborat. Teri hayvon organizmini turli mexanik va tashqi muhitning boshqa zararli ta’siridan himoya qiladi. Teri turli o’simtalar, xususan suyak yoki muguz tangachalar, pat, yung va har xil bezlarni hosil qilishi mumkin. Teridan hosil bo’lgan o’simtalar har xil sistematik guruhlarda turli xil bo’ladi. Umurtqali-lar odatda umurtqasizlarga nisbatan ancha yirik, kattaligi bir necha mm-dan (ayrim baliqlar) 33 m-gacha (ayrim kitlar) bo’ladi. Ichki skeleti bosh skeleti, o’q skeleti (xorda yoki umurtqa pog’onasi) va boshqa bo’limlardan iborat. Bosh skeleti bosh miya va sezgi organlari (hid bilish, ko’rish, eshitish, muvozanat saqlash), Hazm qilish sistemasining oldingi qismi va u bilan bog’langan jabralarni mustahkamlab turish funktsiyasini bajaradi. Bosh skeleti 2 qismdan – miya qutisi (bosh miya va sezgi organlarini himoya qilib turuvchi) va vistseral (hazm qilish va jabralar bilan bog’langan) qismlardan iborat. Xorda umurtqalilar embrional rivojlanishi davri uchun xos bo’ladi. Voyaga etish davrida xorda tog’ay yoki suyak bilan almashinadi. Faqat to’garak og’izlilar va tog’ayli baliqlarda xorda hayoti davomida saqlanib qoladi. Harakatlanish organlari dastlabki suvda yashovchi hayvonlarda suzgichlardan iborat. Quruqlikda yashashga moslashgan umurtqalilarning oyoq-lari va qanotlari rivojlangan. Birlamchi suv hayvonlar tana tuzilishi murakkablashib borishi bilan birga muskullari ham tobora ko’proq ixtisoslashib, ularning xilma-xilligi ham orta boradi. Hamma umurtqalilarning yuragi bo’ladi. Yurak boshskeletsizlarning qorin tomiridan kelib chiqqan bo’lib, yurakoldi xaltasi bilan o’ralgan. Qonida gemoglobin bilan to’yingan eritrotsitlar bor. Eritrotsitlar nafas olish organlaridan kislorodni qon plazmasiga nisbatan ancha ko’p miqdorda shimib oladi va tanadagi organlarga oson beradi. Limfa siste-masi va to’qima suyuqligi qon kapillyarlari bilan tanadagi to’qimalarni bog’lovchi bo’g’im Hisoblanadi. Limfa yo’llari vena tomirlariga kelibtutashadi. Limfa va to’qima suyuqligi och sarg’ish tusda bo’ladi. Nafas olish organlari boshskeletsizlarnikiga nisbatan juda murakkab tuzilgan. Birlamchi suv hayvonlarida jabra yoriqlari yaqinida har xil o’simtalar (plastinkalar, varaqlar va boshqalar) joylashgan. Qalin kapillyarlar bilan qoplangan bunday o’simtalar jabralarning gaz almashinuvi yuzasini keskin oshiradi. Quruqlikda yashovchi va ikkilamchi suvda yashashga o’tgan hayvonlarning nafas olish organlari o’pkalardan iborat. Birlamchi suvda yashovchi hayvonlarda va suvda ham quruqlikda yashovchilarda teri ham nafas olishda ishtirok etadi. Asosiy ayirish organlari boshskeletsizlarning ko’p sonli sodda tuzilgan naychalarining qo’shilib ketishi natijasida hosil bo’lgan bir juft buyraklardan iborat. Sudralib yuruvchilar va qushlardan boshqa barcha hayvonlarda dissimilyatsiya mahsulotlari nafas olish organlari orqali, sutemizuvchilarda esa terisi orqali ham chiqariladi. Boshskeletsizlarga nisbatan ularning ovqat hazm qilish sistemasi ancha murakkab tuzilgan. Xususan, oziqni ushlashga moslashgan og’iz teshigi hosil bo’lgan. Hazm qilish sistemasi nayi uzaygan bo’lib har xil bo’-limlar (oshqozon, ingichka va yo’g’on ichaklar)dan iborat. Oshqozon, oshqo-zonosti va ingichka ichak devorida hazm qilish bezlari kuchli rivojlangan. Bu bezlarning suyuqligi ovqat tarkibidagi oqsil, yog’, uglevod va boshqa moddalarni hazm qilishga yordam beradi. Boshskeletsizlar sodda tuzilgan o’rta ichagi o’simtasidan murakkab tuzilgan parenximatoz organ – jigar hosil bo’lgan. Jigar ovqat hazm qilishda ishtirok etish bilan birga murakkab biokimyoviy jarayonlar kechadigan joy hisoblanadi. Markaziy nerv sistemasi bosh miya va orqa miyadan iborat. Bosh miya nerv nayining oldingi qismining yo’g’onlashuvidan hosil bo’ladi. Bosh miya 5 xil o’zaro tutashgan bo’limlar: oldingi, oraliq, o’rta, uzunchoq va miyachadan iborat. Har bir bo’limda muayyan funktsiyani bajaradigan organlarning markazlari joylashgan. Masalan, ovqatlanish markazi uzunchoq miyada, Harakatni boshqarish markazi miyachada joylashgan. Sezgi organlari juda yaxshi rivojlangan. Umurtqalilarning ichki sekretsiya bezlari barcha jarayonlarni idora qilib turadi. Asosiy sekretsiya bezlari gipofiz, buyrakusti, ayrisimon, qalqonsimon, qalqonoldi va jinsiy bezlardan iborat. Umurtqalilar jinsiy usulda ko’payadi, ko’pchilik turlari ayrim jinsli. Faqat ayrim turlari germafrodit hisoblanadi. Juda ko’pchilik baliqlarning va suvda ham quruqlikda yashovchilarning tuxumi tashqi muhitda; sudralib yuruvchilar, qushlar va sutemizuvchilar tuxumi esa ona organizmida urug’lanadi. Ko’pchilik to’garak og’izlilar, baliqlar, suvda ham quruqlikda yashovchilarning tuxumidan chiqqan lichinkasi o’zgarish orqali; sudralib yuruvchilar, qushlar va sutemizuvchilarning tuxumidan chiqqan nasli esa o’zgarishsiz rivojlanadi. Umurtqalilar kenja tipi 2-ta bo’limga, ya’ni murtak pardasiz umurtqalilar (Anamnia) va murtak pardali umurtqalilar (Amniota)ga bo’linadi. Bundan tashqari, umurtqalilar kenja tipi jag’sizlar (Agnatha), baliqlar (Pisces) va quruqlikda yashovchi umurtqali hayvonlar, ya’ni to’rtoyoqli umurtqalilar (Tetrapoda) katta sinflariga bo’linadi. Jag’sizlar-dengizlarda va qisman chuchuk suvlarda hayot kechiradigan tuban tuzilgan umurtqalilar. Skeletida suyak to’qimasi rivojlanmagan, xordasi hayoti davomida saqlanib qoladi. Juft suzgichlari va haqiqiy jag’lari bo’lmaydi. Og’zi to’garak shaklida. Xaltasimon jabralari endodermadan kelib chiqqan. Jabra skeleti teri ostida joylashgan. Ichki qulog’ida faqat ikkita chala doira naylar bo’ladi. Jag’sizlar – eng qadimgi umurtqalilar. Qadimgi geologik davrlarda ular juda xilma-xil va ko’p bo’lgan. Hozirgi davrgacha faqat miksinalar va minogalar saqla-nib qolgan. Bu katta sinfga faqat to’garak og’izlilar sinfi kiradi. To’garak og’izlilarning tuzilishi minoga misolida ko’rib chiqiladi. Minogalarning gavdasi uzun ilonga o’xshaydi va 3 qismga – bosh, tana va dumga bo’linadi. Boshining oldingi past qismida og’iz oldi voronkasi bor. Og’iz oldi voronkasida shox tishlari bo’ladi. Boshining ikki yon tomonida bir juft ko’zi bo’ladi. Ikki ko’z orqasida toq burun teshigi bor. Orqa tomonida oldingi va keyingi toq orqa suzgich qanotlari hamda dumida toq dum suzgich qanotlari joylashadi. Gavdaning ostida, tana bilan dum qo’shilgan erda orqa chiqaruv teshigi va siydik-tanosil teshigi o’rnashgan. Teri qoplag’ichlari yumshoq terisida bir hujayrali bezlar juda ko’p. Skeleti asosan tog’aydan tashkil topgan. o’q skeleti bo’lib umrbod saqlanadigan xorda xizmat qiladi. Xordani va orqa miyani biriktiruvchi to’qimali parda o’rab turadi. Orqa miya kanalining tashqi devorida xordaning chetlari bo’ylab mayda tog’aylarning juft qatori bor. Bu tog’aylar umurtqalar murtagi hisoblanadi. Bosh skeleti miya qutisi, og’iz oldi voronkasi skeleti va vistseral skeletidan iborat. Og’iz oldi voronkasi skeleti faqat to’garak og’izli-larga xosdir. U voronka devorining yuqori va yon tomonlaridan tutib turadigan tog’aylardan tuzilgan. Muskul sistemasi mioseptalar yordamida qator miomerlarga aniq ajraladi. Nerv sistemasi juda sodda tuzilgan. Bosh miyaga nisbatan kichik miyacha uzunchoq miyadan ajralmagan va bosh miyaning bo’limlari bitta gorizontal tekislikda joylashgan. Oldingi miya yarim sharlarining tagi targ’il tanadan tuzilgan, usti yupqa epiteliy bilan qoplangan. Bosh miyadan 10 juft bosh miya nervlari chiqadi. Orqa miyasi tasmasimon shaklida bo’ladi. Sezuv organlari sust taraqqiy etgan. Eshitish organi faqat ichki quloqdan tashkil topgan va unda ikkita yarim doira kanali bor. Ko’zida shox parda rivojlanmaydi. Hid bilish organi toq. Yon chiziq organi teri yuzasida joylashgan. Ovqat hazm qilish organlari og’iz oldi voronkasidan boshlanadi. U og’iz bo’shlig’iga ochiladi. Og’iz bo’shlig’ida shox tishlari va tili bo’ladi. Og’iz bo’shlig’ida faqat to’garak og’izlilarga xarakterli 2-ta nay – pastda nafas nayi va ustida qizilo’ngach nayi ketadi. Kizilo’ngach ichakka ochiladi. Ichakning oldingi past tomonida jigar joylashadi. Oshqozon osti bezi ichakning butun devoriga tarqalgan. Jabra orqali nafas oladi. Yaproqsiz tashqi jabra teshiklari jabra xaltachalariga ochiladi. Jabra xaltachalarning ichki tomonida yaproqsiz ichki jabra yo’llari ochiladi. Ichki jabra yo’llari nafas nayiga chiqadi. To’garak og’izlilarning jabra xaltachalari va ularning yaproqlari baliqlardan farqli ravishda endodermadan rivojlanadi. Qon aylanish sistemasi lantsetnikning qon aylanish sistemasinikiga o’xshaydi. Lekin minogalarda yurak bo’lmasi va yurak qorinchasidan iborat 2 kamerali yurak bor. Qon yurak qorinchasidan qorin aortasiga chiqadi. Uning har qaysi tomonidan qon olib keluvchi jabra arteriyalari chiqib, jabra oraliq to’siqlaridagi jabra yaproqlariga keladi. Oksidlangan qon olib ketuvchi jabra arteriyalari toq aorta ildiziga aylanadi. Aorta ildizidan oldingi tomoniga qarab gavdaning bosh tomonini qon bilan ta’minlovchi uyqu arteriyasi, keyingi tomonga qarab butun gavdaning qolgan qismini arterial qon bilan ta’minlovchi orqa aortasi chiqadi. Gavdaning bosh tomonida venoz qon juft kardinal venalarga yig’iladi. Bularning har qaysisi mustaqil ravishda vena sinusiga quyi-ladi. Ichakda venoz qon jigar qopqa venasiga yig’iladi. Bu erda venoz qon jigar venasi nomi bilan vena sinusiga ochiladi. Ayirish organi bir juft mezonefros buyrakdan iborat. Bu buyrak gavda bo’shlig’ida joylashgan. Buyrakning oldingi chetida bosh buyrak qoldig’i bor. Siydik kanali bo’lib Volf kanali xizmat qiladi va siydik-tanosil teshigiga ochiladi. Ko’payish organlari toq bo’ladi. Etilgan jinsiy hujayralar gavda bo’shlig’iga tushadi va siydik-tanosil teshigi orqali tashqariga chiqadi, urug’lanish suvda o’tadi. Minogalar metamorfoz orqali, miksinalar esa metamorfozsiz rivojlanadi. To’garak og’izlilar sinfi 2-ta turkumga bo’linadi. 1. Download 24.44 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling