Mavzu: Undosh tovushlar va harflar
Download 472.09 Kb.
|
5-sinf Ona tili fanidan Undosh tovushlar va harflar mavzusida dars ishlanma
- Bu sahifa navigatsiya:
- O`qituvchi: Unli tovushlar nechta va qaysilar O`quvchi
- O`quvchi: Uch
- O`qituvchi
O`quvchilar bilimlari izohlanadi, rag`batlantiriladi. Dam olish daqiqasi: Bo`yin cho`zib qarag`ay, Yon atrofga qaragay. Der u:barcha daraxtdan, Baland akang qarag’ay. O`qituvchi: O`zbek tilida unli tovushdan tashqari yana qanday tovush bor, u qanday hosil bo`ladi? O`quvchi: Undosh tovush to`siqqa uchraydi, cho`zilmaydi. O`zbek tilida 23 ta undosh harf bor. Dars maqsadi e’lon qilinadi. Yangi mavzu bayoni: O`qituvchi: Mana, sizlar bilan bugun undosh tovushlarni takrorlaymiz. Sinf daftariga sana, mavzuni yozing. Lug`at diktanti (qish, qalam, kitob, shavla, burgut, bulbul). Undosh harflarning tagiga chiziladi. Sinf taxtasidagi so`zlar bilan tekshiriladi. Darslik bilan ishlash: O`quvchilarga undoshlar haqida, ularning yozilishini o`rgatish. O`qituvchi: Quyidagi topishmoqning javobini toping: Ikki yoni tog`, o`rtasida sarig` yog`. (yong`oq) Darsligimizning 17-betidagi 24-mashqda Ibrohim Donishning “Yong`oq” she`ri berilgan. (5 daqiqa) O`quvchilar o`qib, undoshlar tagiga chizish topshiriladi. Nechta undosh borligi aniqlatiladi (15 xil undosh, 9 xil undosh ishtirok etmagan). Sinf taxtasiga yozilgan she`r matnini daftarlariga ko`chiriladi.O’quvchilarga chiroyli yozish qoidalari eslatiladi. Dam olish daqiqasi: Olma yedim baqalog’idan, Anjir yedim yapalog’idan. Olcha yedim qo’shalog’idan, Dehqon boboning shapalog’idan. “So`z tuz!” mashqi proektor orqali beriladi. O`quvchilarga proektor haqida tushuncha beriladi..Mashq shartini tushuntiriladi.O’quvchilar har bir shakldan oltitadan so’z tuzishlari kerak. (3 daqiqa) Qatorlar bo’yicha tuzilgan so’zlar o’qitilib,rag’batlantiriladi. (2 daqiqa) 25-mashq asosida rasmli diktant o`tkaziladi. Darslikdagi lug`atdan tekshiriladi. Sabzavotlarning foydasi, vitaminlarga boyligi, ularni yetishtirishda dehqonlarning mehnati haqida suhbat o`tkaziladi. Daftarga yozilgan sabzavot nomlaridagi undoshlarning tagiga chizish topshiriladi.
Download 472.09 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling