Mavzu: “undov so’zlar”


Download 10.31 Kb.
bet3/4
Sana17.06.2023
Hajmi10.31 Kb.
#1542526
1   2   3   4
Bog'liq
UNDOV SO\'ZLAR (1)

Undovlar modal so’zlar kabi qo’shimchalar olib o’zgarmaydi.Masalan,hoy undovi egalik,kelishik qo’shimchalarini olmaydi,unga qo’shimchalar qo’shish bilan yangi so’z yasab bo’lmaydi.Ayrim undovlar otlashganda ya’ni ot vazifasini bajarganda egalik qo’shimchasini olishi mumkin.masalan,Ohi olamni tutdi. Bu o’rinda ohi-nimasi? so’rog’iga javob bo’lib,oh deyishning ,nola qilishning nomini bildirib kelyapti.Undov so’zlar boshqa so’zlar bilan grammatik aloqa bog’lamaydi. Ba’zan kishilarning undov so’zlar orqali ifodalagan his-hayajonini,buyruq-xitobini tasvirlash uchun undov so’zlarga demoq,solmoq,urmoq,tortmoq, singari fe’llar qo’shilib keladi va qo’shma fellar hosil qiladi:voy demoq,dod solmoq,oh urmoq,uh tortmoq.

Undovlar deb so’zi bilan qo’llanilib,hol; (U voy deb yonboshiga yiqildi);

degan so’zi bilan qo’llanilib gapda sifatlovchi aniqlovchi(Ko’chada dod degan ovoz eshitildi.) vaziflarida kelishi mumkin.


Undovlarning sintaktik xususiyatlari

! Undov so’zlar undov ohangi bilan ajralib turadi,bunda so’zlar turli ohang bilan talaffuz qilinib,har ma’nolarni ifodalashi mumkin. Hay-hay,qanday mazali!(rohatlanish) Hay-hay,tegmang.(buyurish) Hay-hay,yigitlar bu yoqqa!(undash,chaqirish)

  • ! Undov so’zlar otlashganda quyidagi vazifalarda keladi:
  • Ega- Uning dod-voyi osmoni-falakka chiqdi.
  • Kesim- Endi uning holiga voy.
  • Qaratqich aniqlovchi-oh-vohning foydasi yo’q.
  • To’ldiruvchi-uning ohiga kim quloq soladi?
  • Undov so’zlar yakka holda kelganda gapda kirish so’z yoki dialoglarda so’z-gaplar bo’lib kela oladi.

Undovlarning uslubiy xususiyati

Nutq jarayonida so’zlovchining yoshi,amali nuqtayi nazaridan undov so’zlardan foydalanish ma’lum darajada farq qiladi,xususan,o’zidan katta yoshdagilarga murojaat qilinganda yoki ma’lum lavozimni egallagan shaxslarga uning qo’l ostidagi kishilar hoy deb murojaat qilmaydi. Balli,barakalla undovlari esa kattalar tomonidan kichiklarning qilgan yoki qilayotgan ishlaridan mamnunligini ifodalash,ular mehnatini baholash maqsadida ishlatiladi,lekin kichiklar tomonidan kattalarning ishlariga nisbatan bunday undovlar qo’llanilmaydi. Bunday holatda gap mazmuni mamnuniyatdan kesatiq tomon o’zgarib ketishi mumkin. Shuningdek,undovlar og’zaki so’zlashuv, badiiy, qisman publisistik uslubda keng qo’llanilib,rasmiy va ilmiy uslub doirasida qo’llanilishi cheklangan.


Download 10.31 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling