Mavzu: Usmoniylar davlatining tashkil topishi va taraqqiyoti Bajardi: Ilmiy rahbar
Download 1.18 Mb.
|
Mavzu Usmoniylar davlatining tashkil topishi va taraqqiyoti
1.3. Imperiyaning iqtisodiy ahvoli
Usmoniylar imperiyasidagi aholining koʼpchiligi qishloqlarda yashar, qishloq xoʼjaligi bilan band boʼlib, dexqonlarning koʼpchiligi davlatga yoki katta yer egasiga qaram edi. Dastlab aholining tarkibi har xil edi. Biroq XVI asr davomida ular bir xil, huquqsiz, shafqatsiz ekspluatatsiya qilinadigan olomonga aylanishdi. XVI asrga tegishli soliq roʼyxatlari va qonunchilik dalolatnomalari aholining asosiy qismi band boʼlgan qishloq xoʼjaligi qanday ahvolda boʼlganligini tasavvur qilishga yordam beradi. Dehqon xoʼjaliklari asosan, don ekinlari – bugʼdoy, arpa, tariq yetishtirishardi, koʼpchiligi esa sabzavotchilik bilan band edi. Kamroq miqdorda paxta yetishtirilardi. Juda koʼplab tumanlarda uzumchilik, bogʼdorchilik va asalarichilik yaxshi rivojlangan boʼlsada, biroq umumiy olganda, qishloq xoʼjalik ishlab chiqarishi juda qoloq edi. Xoʼjalik taraqqiyotidagi jonlanish asosan shaharlarda sezilarli edi. Masalan, shu davrda Usmoniylar imperiyasidagi 14 ta yirik shaharning aholisi (Istambuldan tashqari) oʼrtacha 41% ga oʼsdi. Shaharlar aholisi tez koʼpayib borishining asosiy sabablaridan biri, hunarmandchilik mahsulotlariga boʼlgan talabning oshib borishi edi. Yirik yer-mulk va boyliklarni qoʼllarida toʼplab olgan turk feodallari keng qurilishlar olib borishi, qimmatbaho buyumlar sotib olish, koʼplab hunarmandlar va rassomlar mehnatiga haq toʼlay olish kabi katta imkoniyatlarga ega edi. Shuning uchun ham shaharlarda zodagonlar va yirik feodallarning ehtiyojlari uchun mahsulotlar ishlab chiqaruvchi hunarmandlarning soni tez oʼsib bordi. Ishlab chiqarishda asosan toʼqimachilik – jun va ipak matolar toʼqish, teriga, metallga ishlov berish, har xil turdagi qurol-yarogʼlar ishlab chiqarish ayniqsa oʼsdi. Bu paytda hunarmandchilikda mayda ishlab chiqarish hukmron boʼlib, yollanma ishchi kuchidan foydalanilmas edi. Hunarmandchilik butunlay qoʼl mehnatiga asoslangan edi. Tor doirada ishlab chiqarish hunarmandlarni oʼz ishining usta mutaxassisi boʼlib yetishuviga imkon yaratdi. Imperiyaning oʼzida va Yevropada Bursada ishlab chiqarilgan barqut, Ushak va Konyeda toʼqilgan gilamlar, Аnqaradan keltiriladigan, echki junidan toʼqilgan matolar ayniqsa mashhur edi. Bolgariyaning Somonovo shahrida koʼplab temir buyumlar, Diyorbakir, Erzurum, Kastomon shaharlarida misdan buyumlar yasash, Iznik shahrida esa koʼproq kulolchilik yaxshi rivojlangan edi. Shaharlarning oʼsib borishi va hunarmandchilikning kengayishi bilan savdo-sotiq ham rivojlanib bordi. Dehqonlarning xarid quvvati cheklangan boʼlishiga qaramasdan, ular shahardan ayrim hunarmandchilik mahsulotlarini, jumladan, tuz, matolar, ayrim mehnat qurollari va kundalik xoʼjalik mollarini sotib olishga majbur edilar. Аlbatta, qishloqdan shaharga dehqonchilik va chorvachilik mahsulotlari ham keltirilar edi. Savdo operatsiyalarining asosiy qismi bozorlarda maʼlum belgilangan kunlarda, koʼproq juma kunlari boʼlib oʼtar edi. Usmoniylar imperiyasining ayrim hududlarida, xususan, Bolqonda yarmarka savdosi ham kengayib bordi. Biroq yarmarkalardagi savdoning umumiy hajmi unchalik kata emasdi. Koʼplab savdogarlar tashqi savdo bilan ham shugʼullanishar edi. Yevropa mamlakatlaridan, Eron va Hindistondan matolar, metall, bezak buyumlari va turli taqinchoqlar keltirilardi. Hukumat esa xazinaga yaxshigina daromad keltiradigan ichki rivojlanishdan koʼproq manfaatdor edi. Sulton hukumati yoʼllar va koʼpriklarni tiklash va qoʼriqlash boʼyicha bir qancha chora-tadbirlar koʼrdi. Аsosiy karvon yoʼllarida koʼplab karvonsaroylar qurildi. Biroq ogʼir feodal munosabatlar sharoitida savdo-sotiq erkin rivojlana olmasdi. Koʼp sonli ichki bojlar, transport vositalari ning rivojlanmaganligi, dengiz aloqalarining ogʼirligi – bularning hammasi savdoning rivojlanishiga toʼsqinlik qilar edi. Download 1.18 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling